Har qanday mamlakatning iqtisodiy qudrati ogʻir sanoatining qanchalik


podshoh qarorgohga kirib kelganida bir dam gangidi. Sirasini



Download 210,28 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/14
Sana25.09.2021
Hajmi210,28 Kb.
#184919
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
O‘zbek romanchiligi haqida

podshoh qarorgohga kirib kelganida bir dam gangidi. Sirasini 

aytganda, u 

– jurʼat, oʻktamlik bilan yurtni qoʻlida itoatli tutsada, yosh 

juvon (kechagi qizaloq) edi

” yoki Sayyid ibn Usmon haqidagi: “U ayolmi, 



erkakmi oʻzidan aqlliroq kishi oldida doim bir nima deyishga qurbi 

yetmay, sarosimalanardi

”, singari qisqa tasvirlar yordamida har bir 

timsolning ichki dunyosini koʻrsatishga erishadi. Koʻngil mayli, visol ishtiyoqi 

bois, biri olis sahrodan Buxoro tomon, ikkinchisi Buxorodan sahro sari ot 

surib, bir-

biriga yetay deb qolganda, koʻngil mayli bois ortga qaytgan Sayyid 

va Oynur holatlari tasviri taʼsirli chiqqan. Shuningdek, yozuvchi badiiy 

adabiyotda ilk bor Buxorodagi turkiylar bilan forsiylar munosabatidagi nozik 

jihatlarning ildizi borasida ishonarli toʻxtamlarga keladi. 

Ayni vaqtda, “Xotin podshoh” asarida usluban badiiy yaratiqdan koʻra 

maʼrifiy yoʻnalishdagi tadqiqotga oʻxshab qolgan oʻrinlar borligini taʼkidlash 

kerak. Asarda keragicha rivojlantirilmagan badiiy topilmalar, 

yakunlanmagan taqdirlar borligi ham oʻqirmanda eʼtiroz uygʻotadi. 

Jumaqul Qurbonovning “Sardoba” asari inqilobiy toʻntarish yillarida 

Qashqadaryo choʻllarida yashagan kishilar hayotini aks ettirishga 

bagʻishlangan. Romanning koʻp oʻrinlari katta harorat bilan yozilgan. Muallif 

tasvir qamrovini keng oladi. Asarda tasvirlangan bir necha taqdirlarni 

tutashtiruvchi umumiy nuqtalar topishda rivoyat va afsonalardan oʻrinli 

foydalanilgan. 

Zulfiya Qurolboy qizining gʻoyat qiziqarli syujet va shirali tilga ega 

Mashaqqatlar girdobi” romanida asosan shiddatli voqealar tasviriga 

intilingani uchun ham timsollarning ruhiyati, ularning individual qiyofasini 

aks ettirish borasida kutilgan samaraga erishilmagan. Asarda 

qahramonlarning koʻngil holatlari, ruhiy kechinmalaridan koʻra, ular 

kechirgan sarguzashtalarni tasvirlashga koʻproq eʼtibor qaratilgan. Garchi, 

asardagi deyarli barcha tasvirlarda mantiqiy izchillik, sabab-oqibat 




bogʻliqliklari boʻlishiga erishilgan esada, alohida shaxsning individual 

dunyosiga kirishga yetarlicha eʼtibor qilinmagani uchun voqealarning xayrli 

oqibati borasidagi axborotni taʼkidlash ustuvorlik qilgan. Ayni shu holat 

ravon tilda, juda savodli yozilgan asarning yetarlicha salmoqli estetik yukka 

ega boʻlmasligiga olib kelgan. 

Nurilla Abbosxonning “Shoʻrqishloq” romani fojiaviy ruh va yumoristik 

ohang uygʻunlashgani bilan eʼtiborni tortadi. Qahramonlar tabiati va taqdiri 

barcha anʼanaviy romanlardagi kabi toʻligʻicha ijtimoiy muhitning oqibati 

sifatida qaralgan bu asarda bir qishloq ahlining keyingi yuz yillik turmushini 

tasvirlash orqali millat maʼnaviyati va axloqida yuz bergan evrilishlarning 

sabab va omillarini koʻrsatishga urinilgan. Asarda obrazlar tabiatini yaxshi 

ochi


lgan oʻrinlar bor. Chunonchi, Sotimboy traktorchi, xotini Orifa, oʻgʻli 

Malik munosabatlari ishonarli tasvirlangan. Yozuvchi personajning asl 

mohiyatini ochishda baʼzan yumordan oʻrinli foydalangan. Garchi, bir oz 

oshirib yuborilgan boʻlsada, Salim kaptarbozning afgʻonlar qoʻliga tushib 

qolgandagi holati ham oʻziga xos tasvirlangan. Erining boshqa ayolga 

uylanganini bilgach ham uning yuziga chopmagan mushfiq Oyxon, haqiqiy 

hayotda emas, balki oʻzining telba-teskari oʻylari ogʻushida yashaydigan 

noshud Oktyabr timsollari ham esda qolarli chizilgan. 

Oʻz holicha qiziqarli va ayrim obrazlar ancha tabiiy aks ettirilgan ushbu 

romanning asosiy kamchiligi barcha timsollarning muallif yetovida yurishida 

namoyon boʻladi. Ular oʻz tabiatlaridan kelib chiqib yashamaydi, balki 

koʻproq muallif bergan rollarni “oʻynaydi”. Asarda voqea, harakat, 

chopachop koʻp, oʻy, ruhiyat tasviri esa juda kam. Eng achinarlisi, asar tilida 

shira, joziba, individuallik yoʻq. Muallif qahramonlaridagi har bir jihatning 

ijtimoiy asosini koʻrsatishga urinadi. Bosh qahramonlar yashagan oiladagi 

bemehrlik ildizlarini: “Yoqub, Shokir va Nasiba hovlini boshiga koʻtarib, 




Download 210,28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish