O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti



Download 2,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/192
Sana24.09.2021
Hajmi2,03 Mb.
#184336
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   192
Bog'liq
jismoniy mashqlar fiziologiyasi va biomexanikasi

Havoning 
 
harorati 
va 
namligini 
 
sportchining 
mehnat 
qobiliyatchanligiga ta’siri 
 
Tez  va  davomli  jismoniy  yuklama  mo’tadil  tashqi  muhit  sharoitida 
ishlayotgan  muskullarda issiqlik  ishlab  chiqarishni    asosiy  almashinuvga  nisbatan 
bir necha marta ortirib yuboradi. Hosil bo’layotgan issiqlik qonga o’tib, organizmga 
tarqab, tanaga haroratini 39-40
0
 S ga ko’taradi. (ishchi gipertermiya). 
 
Jismoniy  ish  vaqtida  issiqlikni  hosil  bo’lishini  ortishi,  tanadan  issiqlikni 
chiqarib tashlash mexanizmiga tegishli o’zgartirishlar kiritadi. 
 
Mo’tadil sharoitda tanadan issiqlikni chiqarib tashlash quyidagi yo’llar orqali 
amalga oshiriladi: 


         -15% konduktsiya va konvektsiya orqali 
         -55 % radiatsiya orqali 
         - taxminan 30% teri va nafas yo’llari yuzasidan suvni bug’latish orqali; bunda 
1 litr suyuqlikni bug’latish uchun 580 kkal energiya sarflanadi. 
 
Muhim haroratini ortishi radiatsiya va konvektsiya orqali issiqlikni chiqarib 
yuborishni keskin kamaytirib, terlash orqali issiqlikni chiqarishni orttiradi. 
 
O’z  navbatida  terlashni  kuchayishi  organizmda  suv  balansini  buzadi, 
degidrotatsiya-suvsizlanish  yuzaga  kelib,  yurak-qon  tomir  tizimi  funktsiyasini 
zo’riqib  ishlashiga  sabab  bo’ladi.  Havo  namligini  ortishi  terlash  orqali  issiqlikni 
organizmdan  chiqarib  yuborishni  qiyinlashtiradi.  Natijada  organizmda  issiqlik 
to’planib issib ketish xafvi va issiq urish holati yuzaga kelishi  mumkin. Tabiiyki 
bunday sharoitda sportchining mehnat qobiliyatchanligi sezilarli darajada pastlaydi. 
 
SHunday  qilib,  muhit  harorati  va  namligi  baland  sharoitda  sportchilarning 
mehnat  qobiliyatchanligini  pastlashi  yurak-qon  tomir  tizimining  kislorod  tashish 
funktsiyasini yomonlashuvi, organizmni suvsizlanishi va issib ketishi natijasida ro’y 
beradi. 
 
Organizmni  issib  ketishini  oldini  olish  o’z-o’zini  boshqarish  mexanizmi, 
uchta fiziologik jarayonlar  orqali amalga oshadi.  
 
Birinchisi teri orqali qonning oqishini kuchayishi tana yadrosidan issiqlikni 
teriga  kelishini  va  ter  bezlarini  suv  bilan  ta’minlanishini  yaxshilaydi.  Yuqori  
haroratli  muhitda  jismoniy  ish  vaqtida  teri  orqali  qonning    oqishi  tinch  holatga 
nisbatan 10-15  martaga  ortadi,  yurakni  minutlik  hajmini  taxminan  20%  ni  tashkil 
qiladi. Mo’tadil sharoitda bunday ishni bajarganda yuqoridagi ko’rsatkich 5% dan 
ortmaydi. 
 
Ikkinchisi  ter  hosil  bo’lishi  va  bug’lanishni  tezlashishi  hisoblanadi. 
Marofoncha  yugurayotgan  sportchilarda  ter  ajralishi    soatiga  12-15  litrga  yetishi 
mumkin. Tinch holatda oddiy sharoitda bu ko’rsatkich sutkasiga 0,5-0,6 litrni tashkil 
qiladi.   
 
Uchinchi yuqori haroratli muhitda organizmni kislorod iste’molini tezligi va 
energiya sarfi kamayadi, bu issiqlik hosil bo’lishini kamaytiradi. 
 
Issiq  sharoitli  muhitda  chiniqish    mashg’ulotlari  va  musobaqalarda  ishtirok 
etish jarayonida organizm sutkasiga 8-10 litr suvni terlash orqali yo’qotishi mumkin. 
Bundan tashqari o’rtacha 1 litr suv siydik tarkibida va 0,75 litr suv nafas yo’llaridan 
bug’lanish orqali organizmdan chiqib ketadi. SHu sababli organizmni suvga bo’lgan  
extiyojini  o’z  vaqtida  to’ldirib  turish  kerak.    Qo’shimcha  suvni  oz-ozdan  tuz  va 
vitaminlarni qo’shgan holda iste’mol qilish tavsiya etiladi.    
 
Xavoning  harorati  va  namligi  yuqori  muhitda  odamni  doimo  bo’lishi  va 
chiniqish    mashg’ulotlari  bilan  muntazam  shug’ullanishi  natijasida  tana 
temperaturasini  ortishi,  organizmni  issiqqa  adaptatsiyalanishiga  olib  keladi. 
Adaptatsiyalangan  organizmni  mehnat  qobiliyatchanligi  ortib,  havo  harorati  va 
namligini  ortishiga  chidamliroq  bo’ladi.  Xavo  harorati  yuqori  iqlimli  sharoitda 
musobaqalarga  tayyorlanish  uchun  sportchilarni  chiniqish  mashg’ulotlarini 
musobaqa o’tkaziladigan joyga mos keladigan sharoitda 10-14 kun avval o’tkazish 
maqsadga muvofiq hisoblanadi. 


 
Xavo harorati past sharoitda odam organizmida  ATF ning energiyasi asosan 
issiqlik ishlab chiqarishga sarflanib, muskul ishini ta’minlashga oz qismi sarflanadi. 
Tana yadrosida issiqlikni saqlash uchun teridan qonni oqishini kamayishi hisobiga 
uning  issiqlikni  saqlash  qobiliyati  6  martaga  ortadi.    Organizmda  moddalar 
almashinuvi  jarayonlarida  o’zgarishlar  yuzaga  keladi.  Yog’lar  iste’moliga  talab 
ortadi.  Xavo  haroratini  oylik  o’rtacha  ko’rsatkichini  10  S  ga  pastlashi  iste’mol 
qilinayotgan  ovqatlarni  kalloriyasini  5%  ortishi  talab  qilinadi.  Buyraklar  orqali  
suvda  eriydigan  vitaminlar  ko’p  chiqariladi,  biroq  yog’da  eriydigan  vitaminlarni 
o’zlashtirish yaxshilanadi. 
          Organizmda uglevodlar zahirasi kamayadi va lipidlar zahirasi ortadi. Qonda 
glyukazaning  miqdori  hech  qanday  kasalllik  belgilarisiz  45-50  mg%  ga  tushib 
qoladi. Tana haroratini kamayishi asosiy almashinuvni orttiradi. Yuqoridagi barcha 
o’zgarishlar  organizmni  jismoniy  mehnat  qobiliyatchanligini  pasayishiga  sabab 
bo’ladi. 

Download 2,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish