O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti


Suzish vaqtida organizm funktsiyalariningfiziologik o’zgarishlari



Download 2,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/192
Sana24.09.2021
Hajmi2,03 Mb.
#184336
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   192
Bog'liq
jismoniy mashqlar fiziologiyasi va biomexanikasi

Suzish vaqtida organizm funktsiyalariningfiziologik o’zgarishlari 
Odamning suvda suzish faoliyati bir qator fiziologik xususiyatlari bilan oddiy 
havo  sharoitidagi  jismoniy  ishdan  farq  qiladi.  Bu  xususiyatlar  zich  suvli  muhitda 
harakatlanish, tananing gorizantal holati va suv issiqlik sig’imining kattaligi bilan 
tushuntiriladi. 
Suvning  zichligi  havoning  zichligidan taxminan  775  marta  kattaligi  sababli 
harakatlanish  qiyin,  tezlik  chegaralangan  va  katta  energiya  sarfi  hisobiga  amalga 
oshadi.  Suzish  vaqtida  muskul ishining  asosiy  qismi  tanani  suvda  ushlab turishga 
emas,  balki  harakatlanishda  suvning  qarshilikni  yengishga  ketadi.  Qarshilikning 
kattaligi  suvning  yopishqoqligiga,  tananing  shakli  va  kattaligiga  va  suzishning 
tezligiga bog’liq bo’ladi. 
Suzish tezligi turlicha usullarda 1,5 m/sek dan (brass), 1,8 m/sek gacha (krolь) 
bo’ladi. Turli masofaga suzishda organizmning energiya sarfi, masofaning uzunligi 
va  ishning  quvvatiga  bog’liq  bo’ladi.  1000-1500  metrli  uzunlikda  bu  ko’rsatkich 
100dan 500 kkal gacha bo’ladi. 
Suvda organizmning tana massasi 1,0-1,5 kg dan ortmaydi. Bunday sharoitda 
tinch    holatda  turli  a’zo  va  tizimlarning  faoliyati  xuddi  vaznsizlik  sharoitidagiga 
o’xshash bo’ladi. Suzish vaqtida tananing gorizantal holatida bo’lishi yurak ishini 
yengillashtirib, muskullarning bo’shashini va bo’g’imlar funktsiyasini yaxshilaydi. 
Suvning  issiqlik  sig’imi  havonikiga  nisbatan  25  marta,  issiqlik 
o’tkazuvchanligi 5 marta ko’p. Sportchilar nisbatan iliq suvda uzoq muddat bo’lishi, 
tanadan  sezilarli  darajada  issiqlikning  yo’qotilishiga  va  uni  sovib  qolishiga  olib 
keladi.  Biroq  chiniqqan  suzuvchilarda,  tana  hararatining  doimiyligini  saqlash 
mexanizmi  mukammallashganligi  sababli,  chiniqmaganlarga  nisbatan  yaxshi 
ishlaydi.  SHu  sabab  har  qanday  yoshda  suzish  mashg’ulotlari  eng  samarali 
chiniqtiruvchi vosita hisoblanadi. 


Suv  muhitining  o’ziga  xos  xususiyatlari  turli  a’zo  va  tizimlar  faoliyatiga 
mahsus ta’sir ko’rsatadi. Xususan, chiniqish mashg’ulotlari davomida suzuvchilarda 
turli xil ta’sirlarni kompleks qabul qiluvchi tuyg’u shakllanadi va uni “suvni sezish” 
deb  ataladi.  Bu  sezgi  taktil,  temperatura,  proprioretseptor  va  vestibulyar 
retseptorlarning ta’sirlanishi orqali yuzaga keladi. Suv sezgisi mavjud suzuvchilarda 
suvning qarshiligi , harorati va bosimidagi kichik o’zgarishlar yaxshi taxmin qilinib, 
ular suzuvchining harakatini yaxshilaydi.    
Ko’rish  va  eshitish  funktsiyalari  suzuvchi  suv  ostida  bo’lganda  keskin 
yomonlashadi.  Suvda  narsalar  yomon  ko’rinadi,  tovushni  tezligi  1500  m/c 
bo’lganligi,  ikkala  quloqqa  bir  vaqtda  ta’sir  qilganligi  sababli  uning  yo’nalishini 
aniqlash qiyin  
Suzuvchining  harakat  faoliyatini  ham  o’ziga  xos  xususiyatlari  mavjud. 
Tananing  gorizantal  holatda  bo’lishi,  harakatlanishga  suvning  qarshiligi  kattaligi, 
mahsus  harakat  avtomatizmlarining  hosil  bo’lishi,  harakatlarning  yangi 
koordinatsiyasi, alohida muskul guruhlarining qat’iy tartibda ishlashi qo’l va yelka 
kamari  muskullarini    va  oyoq  muskullarini  brass  usulida  suzganda  ko’p  ishlashi 
suzish mashqlarining o’ziga xos xususiyatlari hisoblanadi. Suzuvchilarda chiniqish 
mashg’ulotlari ta’sirida muskullar kuchi yaxshi rivojlanadi. Suzishda asosiy muskul 
guruhlari  dinamik  ish  bajaradi.  Muskullar  anaerob  va  aerob  ish  bajarishga 
adaptatsiyalangan bo’lishi kerak. Masofa uzoqlashgan sayin aerob jarayonlar ulishi 
ortib boradi. 
CHiniqqan suzuvchilarda yurak urishlari soni kamayadi, arterial qon bosimi 
biroz ortadi, vena qonini yurakka kelishining ortishi uni sistolik va minutlik hajmini 
ko’paytiradi.  Suzuvchilar  nafas  olishda  suvning  qarshiligini  yengadi,  shu  sababli 
nafas  muskullari  yaxshi  rivojlanadi.  Suzish  vaqtida  yangi  nafas  avtomatizmi 
shakllanadi,  nafas  harakatlari  soni  va  nafasning  minutlik  sig’imi  ortadi.  Suzishda 
o’pka  ventilyatsiyasi  minutiga  120-150  litrga  ko’tarilishi  mumkin.  CHiniqqan 
suzuvchilarda o’pkaning tiriklik hajmi 5-6 litrga yetishi mumkin. 
Suzuvchilar qonida eritrotsitlar va leykotsitlar soni, gemoglobinning miqdori 
ortadi.  Suzishda  deyarli  ter  ajralmaganligi  sababli  moddalar  almashinuvining 
keraksiz va zararli mahsulotlari buyraklar orqali chiqarib tashlanadi. 
Yuqori malakali suzuvchilarda ish vaqtida kislorod iste’moli minutiga 5-6 litr 
bo’lib,  kislorodning  maksimal  iste’moli  ko’rsatkichiga  yaqinlashadi.  Kislorodga 
talab suzuvchilarda minutiga 30 litrga yetadi, u to’la qoplanmaganligi sababli 10-15 
litr kislorod qarzi yuzaga keladi. 
Suzish organizmning aerob va anaerob imkoniyatlarini yaxshi rivojlantiradi, 
sportchilarning  yuqori  darajadagi  energiya  sarfini  (10-15  kkal/min)  ta’minlaydi. 
Biroq  suzish  vaqtida  ishning  foydali  ish  koeffitsenti  past,  yuqori  malakali 
sportchilarda bu ko’rsatkich 4-5% dan ortmaydi. 
Suzish  yoshlar  sporti,  katta  yoshdagi  va  qari  odamlar  uchun  chidamlilikni 
rivojlantiruvchi va chiniqtiruvchi eng yaxshi omil hisoblanadi. 

Download 2,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish