O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti


Mintaqa-iqlim  sharoitlari  almashinishini  sportchilarning  mehnat



Download 2,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/192
Sana24.09.2021
Hajmi2,03 Mb.
#184336
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   192
Bog'liq
jismoniy mashqlar fiziologiyasi va biomexanikasi

Mintaqa-iqlim  sharoitlari  almashinishini  sportchilarning  mehnat 
qobiliyatchanligiga ta’siri 
Tabiat  hodisalari  davriy  to’lqinlanib  turadi.  Tabiat  hodisalarining  ritmik 
o’zgarib  turishiga  mos  holda  odam  va  hayvonlar  organizmida  fiziologik 
funktsiyalarning ma’lum ritmlari - “biologik ritmlar” shakllangan.  
Tashqi  muhitdagi  o’zgarishlar  muqarrar  ravishda  organizmni  fiziologik 
reaktsiyalarida ko’rinadi. Bu organizm va muhitni o’zaro ta’siri va birligidan darak 
beradi. 
Biologik ritmlarning sutkalik, oylik, fasllik yoki yillik, ko’p yillik va boshqa 
shakllari aniqlangan. 
Odamning  biologik  ritmlaridan  sutkalik  yoki  tsirkad  ritmlar  asosiysi 
hisoblanib, uning davri o’rtacha 24 soatni tashkil qiladi. Ming yillar davomida kun 
va tunni bir maromda takrorlanib turishi organizmda funktsional o’zgarishlar ketma-
ketligining 
mustahkam 
tizimini 
yaratgan. 
Funktsiyalarining 
sutkalik 
to’lqinlanishlari markaziy nerv tizimining oliy bo’limlarida, gemodinamika va nafas 
tizimida,  qon  tizimi  va  termoregulyatsiyada,  xazm  jarayonlari  va  moddalar 
almashinuvida, muskul kuchi, tezkorligi va chidamliligida, jismoniy va aqliy mehnat 
qobiiliyatchanligida va organizmning boshqa  funktsional tizimlarida ko’rinadi. 
 Hozirgi  vaqtda  organizmning  60  ga  yaqin  fiziologik  funktsiyalarida  aniq 
sutkalik  to’lqinlar  mavjudligi aniqlangan.  Faoliyatning  maksimal  fazasi uyg’oqlik 
davriga, minimal darajasi esa taxminan tungi  soat 4 larga to’g’ri keladi. Fiziologik 
jarayonlarning  qatiiy  tartibda  vaqtga  mos xolda  takrorlanishi  organizmni  biologik 
bir  butunligi  va  fiziologik  maqsadga  muvofiqligining  ko’rinishlaridan  biri 
hisoblanadi. 
Sutkalik biologik ritmlarni buzilishi ikkita omilga bog’lq bo’ladi: 
1.  smenali ish ( tungi smena, vaxta);  
2.  odamlarni qisqa vaqtda bir necha soat poyaslarini bosib o’tishi. 
Bioritmlarning  qayta  qurilishi  sub’ektiv  va  ob’ektiv  buzilishlarda  (tez 
charchash,  kuchsizlik,  tunda  uyqusizlik,  kunduzi  uxlab  qolish,  mehnat 
qobiliyatchanligining pasayishi ko’rinishlari) ko’p uchraydi. Odamning bu holatini 
fanda  “desinxronoz”  deb  ataladi.  Desinxronozning  darajasi  va  yangi  sharoitga 
adaptatsion qayta qurishning tezligi va harakteri soat poyaslari bo’ylab siljishning 
kattaligiga,  uchib  o’tish  yo’nalishiga,  doimiy  yashash  joyi  bilan  yangi  joy 
ko’rsatkichlari orasidagi farqlarning kattaligiga va sportchining harakat faolligining 


harakteriga  bog’liq  bo’ladi.  Yangi  joydan  doimiy  yashash  joyiga  qaytib  kelganda 
odamlarda  readaptatsiya  davri  yangi  sharoitga  adaptatsiyalanish  davriga  nisbatan 
qisqaroq bo’ladi. 
Sutkalik  bioritmlarning  shakllanishi  asosida  shartli  –  refleksli  dinamik 
steriotip yotib, yangi sharoitda hosil bo’lishi bir necha fazada o’tadi: 
1)  2-5  -  sutkalarda, ko’chib o’tgandan  keyin  organizm  funktsiyalarining  va 
mehnat qobliyatchanlik ko’rsatkichlarining pasayishi kuzatiladi; 
2)  6-10 - sutkalarda ko’rsatkichlarning to’lqinlanishi kuzatiladi; 
3)  11-14  -  sutkalarda  -  to’la  qayta  tiklanish  va  15  -  sutkadan  keyin  ayrim 
hollarda  funktsiyalarning  darajasini  dastlabki  holatga  nisbatan  ortishi 
kuzatilishi mumkin. 
Yangi  poyas  -  iqlim  sharoitiga  adaptatsiyalanishga  harakat  faoliyatining 
xususiyatlari  ham  sezilarli  ta’sir  ko’rsatadi.  Xususan,  desinxronoz  tezlik,  tezlik-
kuchli  va  murakkab  koordinatsiyali  mashqlarni  bajarishga  kuchliroq  ta’sir 
ko’rsatadi; chidamlilik talab qilinadigan mashqlarga uning ta’siri sustroq bo’ladi. 
Sportchilarning  mehnat  qobiliyatchanligini  oyma-oy,  faslma-fasl  o’zgarib 
turishi, unga uzoqroq davom etadigan davriylikka ega bioritmlarning ta’siri borligini 
ko’rsatadi, biroq ular haqida yetarli ilmiy xulosalar xozirgacha olingan emas. 
 

Download 2,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish