O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti


Biologik  tsikl  fazalarini  hisobga  olgan  xolda  chiniqish  jarayonini



Download 2,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/192
Sana24.09.2021
Hajmi2,03 Mb.
#184336
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   192
Bog'liq
jismoniy mashqlar fiziologiyasi va biomexanikasi

Biologik  tsikl  fazalarini  hisobga  olgan  xolda  chiniqish  jarayonini 
individuallashtirish 
Xayz  ko’rish  tsiklining  xususiyatlarini  hisobga  olgan  xolda  chiniqish 
mag’ulotlari rejalashtirish lozim. Ayniqsa, biologik tsiklning 1- 3 va 5- fazalarida 
ayollarning  funktsional  imkoniyatlari  kamayadi  va  sport  natijalari  pastlashini 
hisobga  olgan  xolda  chiniqish  mashg’ultlarini  o’tkazishda  alohida  extiyotkorlik 
talab  qilinadi.  Italiya  sport  meditsinasi  institutining  bergan  ma’lumotlariga  ko’ra, 
12-22 yoshdagi yuqori malakali sportchi qizlarning  mensturatsiya davrida mehnat 
qobiliyatchanligining  kamayishi  volleybolchilarning  7,4  %i,  dzyudochilarning 
9,5%i, basketbolchilarning 12,5 %i va qilichbozlarning 9,1%ida kuzatilgan. 
Bu  fazada  qisqa  masofaga  yuguruvchi  qizlarda  tezkorlik  va  kuch  sifatlari 
pastlaydi;  gimnastlarda  koordinatsiyalash  imkoniyatlarining  eng  quyi  ko’rsatkichi 
kuzatiladi,  gandbolchilarda  umumiy  va  maxsus  mehnat  qobiliyatchanlik 
yomonlashadi;  chang’ichilarda  chidamlilik  pasayadi;  eshkak  eshuvchi  qizlarda 
umumiy  mehnat  qobiliyatchanlik  va  bajarilgan  ishning  sig’imi  kamayadi; 
basketbolchilarda  tezlik  sifatlari,  to’p  uzatishda  tezkorik  va  aniqlik  pastlaydi, 
ayniqsa,  o’yinni  oxirgi  minutlarida  taktik  fikrlash  yomonlashadi;  velosipedchi 
qizlarda  vestibulyar  turg’unlik  yomonlashadi  va  katta  yo’ldagi  poygalarning 
natijalari  pastlaydi;  suzuvchi  ayollarda  o’rtacha  distantsiya  tezligi  va  maxsus 
chidamliligi kamayadi. 
Ayrim  yuqori  malakali  sporchi  ayollar  xayz  ko’rish  davrida  chiniqish 
mashg’ulotlarida  va  musobaqalarda  muvoffaqiyatli  qatnasha  oladilar.  Sport 
mahorati  yuqori  darajadagi  sportchi  ayollardan  34%  xayz  ko’rishning  noqulay 
fazalarida  chiniqish  mashg’ulotlarida  muntazam  qatnashadilar,  54%  vaqti  -  vaqti 
bilan va 12% mutlako qatnashmaydilar. 
Sportchi  ayollarni  chiniqtiruvchi  mikro  va  mezotsikllarini  rejalashtirishda 
ularning biologik tsiklini xususiyatlarini hisobga olmoq kerak. Xayz ko’rish tsikli 
28 kun davom etsa 4 ta mikro tsikl rejalashtiriladi, ulardan bittasi maxsus mikrotsikl 
bo’ladi.  Maxsus  mikro  tsikl  davomida  umumiy  yuklamani  hajmini  kamaytirish, 
egiluvchanlikni  rivojlantiruvchi  mashqlarni  qo’llash,  muskullarni  bo’shashtirish, 
tezlik  imkoniyatlarini  rivojlantirish  va  sport  texnikasini  mukammalashtirishga 
yo’naltirilgan  mashqlar  bilan  shug’ullanish  tavsiya  qilinadi.  Yuklamani  qo’l 
muskullariga  berish  maqsadga  muvofiq    hisoblanadi.  Global  statik  yuklamalar, 


nafasni ushlash bilan bog’liq kuchli mashqlar, diafragma, tos va qorin muskullariga 
statik  va  dinamik  yuklamalar  berish  mumkin  emas.  Bir  oylik  umumiy  yuklamani 
xayz  ko’rish  tsikli  fazalariga  quyidagicha  taqsimlash  tavsiya  qilinadi:  1-fazaga  - 
12%, 2- fazaga - 30%, 3-fazaga – 10%, 4-fazaga – 35%, 5-fazaga – 13% . 
Xomiladorlik  davrida  chiniqish  mashg’ulotlarini  o’tkazishda  quydagilarga 
rioya  qilish  tavsiya  etiladi,  birinchi  3  oyda  sportchi  ayollar  chinikish 
mashg’ulotlarini  davom  ettiraveradi,  keyingi  3  oyda  yuklamalar  kamaytiriladi  va 
oxirgi  3  oyda  to’xtatiladi.  Bola  tug’ilgandan  keyin  jadal  chiniqish  mashg’ulotlari 
bolani ko’krak bilan boqish to’xtagandan so’ng boshlanadi. 

Download 2,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish