O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti


Ko’p  yillik  sport  bilan  shug’ullanish  ta’sirida  odamning  muskullari  tarkibidagi sekin



Download 2,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/192
Sana24.09.2021
Hajmi2,03 Mb.
#184336
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   192
Bog'liq
jismoniy mashqlar fiziologiyasi va biomexanikasi

 
Ko’p  yillik  sport  bilan  shug’ullanish  ta’sirida  odamning  muskullari 
tarkibidagi sekin va tez tolalarining soni deyarli o’zgarmaydi. SHu sababli sportga 
dastlabki  tanlovda  bu  ko’rsatkichga  e’tibor  berish  kerak.  To’rt  boshli  muskul 
tarkibidagi tolalar o’rganilganda 1-tip sekin tolalarning soni ko’pchilik odamlarda 
50-60% ni tashkil qiladi. CHiniqish mashg’ulotlari ta’sirida muskuldagi tez va sekin 
tolalarning  nisbati  deyarli  o’zgarmaydi.  Masalan,  akademik  eshkak  eshish  bilan 
shug’ullanayotgan malakasi past sportchilarning (1-chi o’smirlar va 1-chi kattalar 
razryadi) to’rt boshli muskulida sekin tolalar o’rtacha 44-82% ni, yuqori malakali 
sportchilarda  (sport  masterligiga  nomzod  va  sport  masterlari)  47-73%ni  tashkil 
etadi. Ko’rinib turibdiki, ikkala guruh sportchilarining ko’rsatkichlari orasidagi farq 
deyarli yo’q. Biroq odamlar orasidagi shunday subpopulyatsiya uchraydiki, ularning 
muskullarida tez va sekin tolalarning soni bir-biridan keskin farq qiladi. SHu sababli 
tez  tolasi  ko’proqlar  orasidan  bo’lajak  sprinterlarni,  sekin  tolalari  ko’proqlar 
orasidan esa bo’lajak stayerlarni izlash kerak.  
Xuddi  shunga  o’xshash  aerob  imkoniyatlariga  ko’ra  ham  ayrim  shaxslarda 
reaktsiya  normasi  keng,  boshqalarda  tor  holatining kislorodni  maksimal  isteьmoli 
ko’rsatkichi  bo’yicha  aniqlangan.  Ko’pchilik  odamlarda  chiniqish  mashg’ulotlari 
davomida  bu  ko’rsatkichni  o’rtacha  30%  ga  ortganligi  kuzatilgan.  Kanadalik 
olimlarning  egizaklarda  o’tkazgan  kuzatishlari  natijalariga  ko’ra,  veloergometrda 
bir  xil  aerob  ish  bajarganda  chiniquvchanlik  qobiliyati  irsiyatga  bog’liq  ekanligi 


aniqlangan  Ayrim shaxslarning reaktsiya normasining kengligi tufayli 15 haftalik 
chiniqish mashg’ulotlarida kislorodning maksimal isteьmoli 60% va undan ko’pga 
ortgan  bo’lsa,  bundaylar  5-10  %  ni  tashkil  qiladi,  xuddi  shuncha  vaqt  davomida 
chiniqish, tor reaktsiya normasidagi odamlarda kislorodni maksimal isteьmolini bor 
yo’g’i 5% ga orttirgan va ular kuzatiluvchilarning bor yo’g’i 4% ni tashkil qilgan. 
Bunday individual xususiyatlar tug’ma bo’ladi. 
Ko’p  bosqichli  tanlab  olish  jarayonida  sportchilar  ichidan  jismoniy 
yuklamalarga gipokinetik tip reaktsiya beradiganlar (ular taxminan 21% ni tashkil 
qiladi)  va  giperkinetik  tip  reaktsiya  beradiganlar  (ular  26%)  aniqlangan. 
Giperkinetik tip reaktsiya beradiganlarda gipokinetiklarga nisbatan katta chiniqish 
samarasi kuzatiladi. 
Giperkinetik  tip  reaktsiya  beradigan  sportchilar  tez  chiniquvchi  sportchilar 
hisoblanadi.  Taxminan  shunga  o’xshash  holat  vaziyatli  sport  turlari  bilan 
shug’ullanayotgan  sportchilar  orasida  ham  uchraydi:  voleybolchi  qizlar  (10%), 
basketbolchi qizlar (18%), futbolchilarda (33%). 
Yuqori malakali basketbolchilarda taktik fikrlash ko’rsatkichining  o’rganish 
natijalariga  ko’ra,  taktik  masalalarni  yechishda  informatsiyani  qayta  ishlash 
qobiliyatiga ko’ra sportchilarni 3 ta guruhga ajratiladi: 
1)  Tez  o’rganuvchi  basketbolchilar  (30%)  12  ta  chiniqish  mashg’ulotlarida 
miyaning o’tkazuvchanlik qobiliyati 1,8 bit/s o’sgan; 
2)  O’rta o’rganuvchi basketbolchilarning (44%) o’sishi 1,5 bit/s; 
3)  Sekin o’rganuvchi basketbolchilarning (26%) o’sishi 1,2 bit/s. 
Basketbol  sport  turiga  taktik  masalalarni  yechishga  tez  o’ragnuchanlarni 
tanlab  olishda  axborot  beruvchi  psixofiziologik  ko’rsatkichlari  aniqlangan.  Ular 
vaximaga  kam  tushishlari,  o’zini  xis  qilishni  va  kayfiyatini  baholashda  tanqidiy 
yondashishlari  va  diqqatini  yuqori  tanlovchanligi  va  kontsentratsiyalanishi  bilan 
tavsiflanadi.  
Yuqoridagi ma’lumotlardan ko’rinib turibdiki. odamlarning morfofunktsional 
ko’rsatkichlari  va  sport  natijalarining  o’sishining    o’rtacha  ko’rsatkichlari 
ko’pchilikda  uchraydi,  biroq  ayrim    odamlarda  (taxminan  10-30%)  chiniqish 
mashg’ulotlari  davomida    ko’rsatkichlar  yuqori  yoki  past  darajada  o’zgarishi 
mumkin. 
 Yuqori  tez  chiniquvchan  shaxslarni  topish,  sportga  tanlab  olishning  asosiy 
vazifasi  hisoblanadi.  Buning  uchun  har  bir  sport  turiga  mos  keladigan  fiziologik, 
morfologik,  psixofiziologik  va  psixologik  axborot  beruvchi  ko’rsatkichlarni 
aniqlash kerak. 
Tanlagan sport turiga adaptatsiyalanishning rivojlanishining tezligi masalasi 
sportga  chiniqtirishda  alohida  o’rin  tutadi.  Teplov-Nebыlitsinni  differentsial 
psixologiya  maktabida  nerv  tizimining  tug’ma  xususiyatlari  nerv  jarayonlarining 
kuchi, harakatchanligi va labilligi  bilan birgalikda nerv jarayonlarining dinamikligi 
yoki  o’rganuvchanlik  qobiliyati  haqida  tushuncha  ilgari  surildi.  O’rganuvchanlik 
deganda shartli reflekslarning hosil bo’lish tezligi tushuniladi. 
P.K.Anoxin  tomonidan  funktsional  tizim  ta’limotining  rivojlanishi 
o’rganuvchanlik tushunchasini o’zgartirdi. V.Rusalovaning fikricha dinamiklik yoki 


o’rganuvchanlik  organizmda  yangi  funktsional  tizimni  shakllanish  tezligi 
hisoblanadi. Sportda chiniqishi davomida sportchining yuklamalarga chiniqishining 
adaptatsiyalanishining  funktsional  tizimining  shakllanishi  va  tezligi  haqida 
tushuncha shakllandi. 
Bunda funktsiyalarning qayta qurilish darajasi har bir odamni tug’ma ma’lum 
reaktsiya normasi bilan chegaralanadi yoki boshqacha qilib aytganda organizmni har 
xil  belgilarining  o’zgaruvchanlik  darajasiga  bog’liq  bo’ladi.  O’zgarish  tezligining 
mahsus genlar orqali boshqarilishi aniqlangan. 
Har  bir  odamda  bu  genlarni  faollik  vaqti  o’ziga  xos  bo’ladi,  ya’ni  vaqtni 
aniqlovchi tizim mavjud. U organizmning o’sish va rivojlanishini tezligini, xujayra 
yadrosida  irsiy  axboratni  o’qish  vaqti  va  davomliligi  hamda  kerakli  oqsillarning 
sintezlanishi,  alohida  genlarning  faoliligini  ishga  solish  va  to’xtatib  qo’yish 
momentlari, alohida belgilarni rivojlanishda kritik va sensitiv davrlarning boshlanish 
vaqti,  ularning davomliligi,  organizmni  turli  tizimlarining  funktsional  faolligining 
jadalligi,  odamni  o’rganish  tezligi  va  hayot  faoliyatini  boshqa  ko’rsatkichlarini 
belgilaydi. Masalan, ayrim o’smirlarda o’tish davri 5-6 yil davom etsa, ayrimlarida 
1-2  yil  davom  etadi.  Egizaklarda  o’ragnuvchanlik  qobiliyati  irsiyatga  bog’liqligi 
maxsus  test  (30  s  davomida  rangli  figuralarni  juftlashtirish  tezligi)  yordamida 
aniqlangan. Bir tuxumli egizaklarda o’rganish tezligi bir xil, ikki tuxumlilarda esa  
ishonchli farq kuzatilgan.   
Tez va sekin chiniquvchi sportchilar bir–birlaridan mehnat qobiliyatchanligi, 
jismoniy  sifatlari  va  funktsional  ko’rsatkichlarining  o’zgarish  kattaligi  bilangina 
farq  qilmasdan,  ularning  o’zgarish  tezligi  bilan  va  mos  ravishda  yuqori  sport 
natijalariga erishish vaqti bilan ham farq qiladi. 
CHiniqish  samaradorligining  rivojlanishining  kattaligi  va  tezligi  o’zaro 
bog’liq bo’lmagan ko’rsatkichlar hisoblanadi. 
Bu  ko’rsatkichlarning  ko’rinishiga  qarab  Ya.Kots  chiniquvchanlikni  4  ta 
variantini farqlagan: 
1.  Yuqori va tez chiniquvchanlik. 
2.  Yuqori va sekin chiniquvchanlik. 
3.  Quyi va tez chiniquvchanlik. 
4.  Quyi va sekin chiniquvchanlik. 
          Odamlarda  individual  fiziologik-genetik  xususiyatlarni  borligi  ko’p  yillik 
sport  chiniqish  mashg’ulotlari  davomida  ko’p  pog’anali  tanlash  ishlarining  olib 
borishni taqozo qiladi. 

Download 2,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish