Kuch sifatining sensitiv davri biroz kechroq boshlanadi. Maktabgacha va
kichik maktab yoshida muskul kuchini uncha katta bo’lmagan yillik o’sishi 11-13
yoshda sezilarli susayadi. Muskul kuchining rivojlanishining sensitiv davri 14-17
yoshdan boshlanadi. SHu davrda chiniqtirish mashg’ulotlari kuchning sezilarli
darajada o’sishini ta’minlaydi. 18-20 yoshda (shu yoshdan 1-2 yil avval qizlarda)
o’g’il bolalarda asosiy muskul guruhlarining kuchi maksimal darajaga ko’tariladi.
Jismoniy chidamlilikni sensitiv davri taxminan 15-20 yoshga to’g’ri keladi, shu
davrdan keyin chidamlilik talab qilinadigan sport turlarida uzoq masofaga yugurish,
uzoq masofaga suzish, katta yo’lda velosiped poygasi va boshqalarda rekord
natijalar kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: