3. Potensial yoki yashirin unumdorlik - tabiiy tuproq hosil bo‘lish
jarayonlari natijasida paydo bo‘lgan xossalar va insonlar faoliyati ta’sirida
o‘zgartirilgan tuproq xususiyatlari bilan belgilanadigan barcha
unumdorliklar
yig‘indisidir
va
tuproqning
meliorativ
holati
yaxshilangandan so‘ng shakllanadi. Sho‘rlangan, botqoqlangan yoki
butazor, tosh bosgan yerlarda meliorativ tadbirlarni (sho‘r yuvish, quritish,
butalarni yo‘qotish, toshlarni yig‘ib tashlash) amalga oshirgandan so‘ng
biron bir madaniy ekin ekish uchun sharoit yaratiladi.
4. Effektiv yoki samarali unumdorlik - muayyan iqlim va texnik-
iqtisodiy (agrotexnologik) sharoitda ekinlardan yuqori hosil olish uchun
tuproq potensial unumdorligining foydalaniladigan qismi hisoblanadi.
Hozirgi vaqtda bu unumdorlik ekinlardan olinadigan hosil miqdori bilan
ifodalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |