O ramazonov, S. S. Buriyev meliorativ tuproqshunoslik



Download 1,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/113
Sana24.09.2021
Hajmi1,75 Mb.
#183968
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   113
Bog'liq
hHOpaYdl1Jjcet1XdVw3UDl7jX150VP4wlatYbqC

 
Muloqot savollari: 
 
1. Tuproq hosil bo‘lish jarayonida qanday dispers tizim hosil bo‘ladi? 
         2. Tuproq kolloidlari haqida tushuncha bering. 
         3. Tuproqning singdirish qobiliyati deganda nimalar tushuniladi? 
         4. Tuproq singdirish qobiliyatining qanday turlari mavjud? 
         5. Tuproqning singdiruvchi kompleksi deganda nima tushuniladi? 
 
1.7. Tuproq unumdorligi 
 
Tuproqning  organik  qismi  uning  sifatini,  unumdorligini  belgilovchi 
asosiy  omil  hisoblanadi.  Tuproqning  fizik  va  kimyoviy  xossalari,  qishloq 
xo'jaligi ekinlarining hosildorlik darajasi, asosan tuproq organik qismining 
miqdori va sifati bilan bog'liq.  
Tuproqlar  organik  qismining  tarkibi  taxminan  quyidagi  nisbatda: 
gumus  85  foiz,  o'simlik  qoldiqlari  10  foiz,  tuproq  tlorasi  va  faunasi  (tirik 
zamburug'lar, 
suv 
o'tlari, 
bakteriya 
va 
aktinomisetlar, 
yomg'ir 
chuvalchanglari kabilar) 5 foiz atrofida bo'ladi. 
Tuproq  tarkibida  organik  moddaning  miqdori  mazkur  hududdagi 
o‘simlik  turiga,  qalinligiga,  iqlim  sharoitiga  bog‘liq  bo‘ladi.  Tuproqning 
organik  qismi  4  ta  kimyoviy  elementdan  —  azot,  uglerod,  kislorod  va 


30 
vodoroddan  iborat.  Bu  elementlar  asosan  quyidagi  organik  birikmalar 
tarkibini  tashkil  etadi:  uglevodlar,  ligninlar,  oqsil  (protein),  yog‘lar,  elim 
va  oshlov  moddalari,  kul  elementlari.  Bunda:  -  uglevodlar  (mono,  di, 
polisaxaridlar)  hujayra,  sellyuloza  tarkibida  bo‘lib,  xashaklarda  40  %, 
daraxt poyasida 60 % ni tashkil etadi; 
-  ligninlar  o‘simlik  qoldig‘i,  o‘simlik  turiga  qarab  30–40  %  gacha 
bo‘ladi; 
-  oqsil  moddalar  (oqsil,  protein)  hujayraning  asosiy  qismida  bo‘lib, 
10–14 % ni tashkil etadi va aminokislotalarga parchalanadi; 
yog‘lar hujayra yadrosi va urug‘ida 5-6 % bo‘ladi; 
-  kul  moddalar  —  ishqoriy  moddalar:  magniy,  kalsiy,  kaliy,  fosfor, 
sink, kobalt, rux, temir va h.k. 
Tuproq qatlamida  o‘simlik, hayvon va  mikroorganizmlar qoldig‘idan 
iborat  organik  moddalar  uchraydi.  Biokimyoviy  jarayonlar  ta’sirida 
organik  moddalar  chiriydi  va  murakkab  organik  birikma  –  gumus 
(chirindi) hosil bo‘ladi. 
Tuproqda  yig‘ilayogan  moddalarning  gumusga  aylanishi  murakkab 
biokimyoviy jarayon. Uning sodir bo‘lishida mikroorganizmlar, hayvonlar, 
havo  va  suv  qatnashadi.  O‘simlik  qoldiqlarining  gumusli  kislota  va 
ularning tuzlariga aylanishi gumifikatsiya jarayoni deyiladi.  
Tuproq    qatlamida  organik  moddalar  suv  va  havo  ta’sirida  ma’lum 
sharoitda ikki xil o‘zgarishga uchraydi. Dastlabki o‘zgarish natijasida CO
2

N
2
O, NH

singari mineral birikmalar paydo bo‘ladi, bunga mineralizatsiya 
deyiladi.  Keyinchalik  esa  gumifikatsiya  jarayoni  natijasida  murakkab 
organik  modda  –  gumus  vujudga  keladi.  Bu  jarayonlarda  o‘simlik 
tarkibida bo‘lgan oksidlovchi enzim – suyuqlik ishtirok etadi. 
Gumus  o'simliklar,  hayvonlar  vа  mikroblar  qoldiqlari  moddalarining 
atrof muhit komponentlari bilan o'zaro ta'sirlashuvi natijasida hosil bo'ladi. 
Gumus  organik  moddalar  sintezidan  hosil  bo'lgan  yuqori  molekulyar 
birikmadir  vа  tuproqdagi  organik  moddalarning  80-90  foyizini  tashkil 
etadi.  
Tuproq 
organik 
moddalari 
oddiydan 
murakkablikka 
vа 
murakkablikdan  oddiylikka  tomon  yo'nalgan  murakkab  o'zgarish  yo'lini 
bosib  o'tadi.  Наr  yili  nurash  po'stlog'ining  yuqori  qatlamlaгida  yangi 


31 
gumusli  moddalar  sintezi  sodir  bo'ladi.  Buning  boshlanishi  tuproqda 
o'simlik уа hayyon qoldiqlaгidan iborat organik  moddalaгning to'planishi 
bilan bog'liq.  
Tuproqda  gumus  moddasining  shakllanishini  quyidagi  tartibda 
ifodalanadi: 

Download 1,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish