O ramazonov, S. S. Buriyev meliorativ tuproqshunoslik



Download 1,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/113
Sana24.09.2021
Hajmi1,75 Mb.
#183968
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   113
Bog'liq
hHOpaYdl1Jjcet1XdVw3UDl7jX150VP4wlatYbqC

Kimyoviy  singdirish.  Eritmadagi  moddalar  bilan  tuproqdagi  har  xil 
birikmalar orasida kimyoviy reaksiya natijasida suvda juda qiyin eriydigan 
yoki  erimaydigan  modda  hosil  bo‘ladi  va  qatlam  orasida  ushlanib  qoladi. 
Bu hodisa kimyoviy singdirish deyiladi. Masalan:  
3CaSO
4
+2Na
3
PO
4
=Ca
3
(PO
4
)
2
+3Na
2
SO
4
 
Biologik  singdirish.  Tuproqdagi  mikroorganizm  va  o‘simliklarning 
hayoti  tufayli  har  xil  oziq  moddalarning  ushlanib  qolishiga  biologik 
singdirish deyiladi. 
Tuproqning kolloid zarralar to‘plamidan tashkil topgan va kationlarni 
singdirish  va  almashtirish  qobiliyatiga  ega  bo‘lgan  qismiga  singdiruvchi 
kompleks  deyiladi.  Tuproqning  bu  qismida  har  xil  mineral  va  organik 
birikmalar  bo‘lib,  ulardagi  singdirilgan  kationlar  almashib  turadi. 
Kationlar  almashinish  jarayonida  faqat  tuproqning  kolloid  qismi  ishtirok 
etadi.  Singdiruvchi  kompleksning  hajmi  tuproqning  mexanik  tarkibi, 
organik moddaning miqdori va tarkibiga bog‘liq bo‘ladi. U qumoq, soz va 
sergumus  tuproqlarda  ko‘proq,  oz  gumusli  yoki  qumloq  tuproqlarda 
nisbatan kamroq bo‘ladi. 
Singdiruvchi  kompleksdagi  singdirilgan  kationlarning  umumiy 
miqdoriga  singdirish  sig‘imi  deyiladi.  Bu  miqdor  ko‘pincha  kalsiy  (Ca) 
kationiga  nisbatan  ekvivalent  hisobida  ifoda  etiladi.  Masalan,  tuproqdagi  
singdirilgan  vodorodning  miqdori  0,02%  bo‘lgan  taqdirda,  uning  kalsiy 
kationiga  nisbatan  ekvivalent  miqdori  0,02  x  20  =  0,4  Ca  bo‘ladi  (bunda 
20  –  kalsiyning  1  vodorod  ekvivalent  og‘irligi).  Demak  0,02  %  vodorod 
0,4  kalsiyga  ekvivalent  ekan.  Odatda    singdirilgan  kationlarning  miqdori 
100  g  tuproqqa  nisbatan  milliekvivalent  (m-ekv)  hisobida  ifoda  etiladi. 
Buning  uchun  100  gramm  tuproqdan  ajratib  olingan  kation  miqdori  1000 
ga  ko‘paytiriladi  va  bir  valentli  kation  bo‘lganda  ekvivalent  og‘irligiga, 
ikki  valentli  bo‘lganda  atom  og‘irligiga  bo‘linadi.  Masalan,  100  g 
tuproqdan 0,360 g kalsiy ajratib olingan bo‘lsa, quyidagicha bo‘ladi: 
 


29 
0,360 x 1000   = 18 mg·ekv Ca. 
                                                  20 
Singdirish  energiyasi  jihatidan  ikki  valentli  Ca
++
,  Mg
++
  singari 
kationlar  bir  valentli  kationlar  Na
+
,  K
+
,  NH
4
+
    singarilarga  qaraganda 
kuchliroq bo‘ladi. Ammo bir valentli N
+
 ionning singdirish energiyasi ikki 
valentli kationlarga nisbatan kuchli  bo‘ladi. 
Singdirish  qobiliyati  tuproqning  eng  muhim  xossalaridan  biri 
hisobIanadi, chunki u tuproq paydo bo'lish va unumdorligining shakllanish 
jarayonlarida 
qatnashadi. 
Singdirish 
qobiliyati, 
o'simliklar 
va 
mikroorganizmlar  uchun  oziq  elementlarining  to'planishini  ta’minlashi 
hisobiga tuproqning oziqa rejimini tartibga soladi. Bundan tashqari tuproq 
reaksiyasi,  uning  buferlik  darajasi,  suv  -  fizik  xossalarini  ham  tartibga 
solishda ishtirok etadi. 

Download 1,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish