Muloqot savollari:
1. Tuproqda suv nima uchun zarur?
2. Tuproqda suv qanday shakllarda bo‘ladi?
3. Tuproqning suv xossalarini izohlang?
4. Tuproqning namlanish koeffitsenti deganda nima tushuniladi?
5. Tuproqning qanday suv tartiblari mavjud?
1.6. Tuproqning singdirish qobiliyati
Har xil minerallar, tog‘ jinslari va organik qoldiqlarning tuproq hosil
bo‘lish jarayonida maydalanishi va parchalanishi natijasida mayda
zarrachalar aralashmasi - dispers tizim hosil bo‘ladi. Tizim tarkibidagi
dag‘alroq zarrachalar (suspenziyalar) fizik-kimyoviy xossalariga ko‘ra
26
mayda zarralardan (chang, qum) farq qilmaydi, juda mayda zarralar
(kolloidlar) o‘z xossalari bilan farq qiladi.
Dispers tizim zarralarning kattaligiga qarab 3 guruhga bo‘linadi:
- dag‘al dispersiya – zarralarning diametri 0,1 mikrondan katta
(mikron – millimetrning mingdan bir qismi);
- kolloid dispersiya – zarralarning diametri 1 millimikrondan 0,1
mikrongacha;
- maksimal yoki molekulyar dispersiya – zarralarning diametri 1
millimikrondan kichik.
Rus olimi K.K.Gedroysning fikricha tuproq kolloidlari mineral
jismlarning kimyoviy nurash jarayonida paydo bo‘lgan har xil oksidlardan
(Al
2
O
3
: Fe
2
O
3
: SiO
2
va boshqalardan) iborat. Kolloid zarrachalar (mineral
yoki organik) bir-biri bilan birikadi, ya’ni sintezlanish jarayoni sodir
bo‘ladi. Kolloid zarralarning ko‘pchiligi kristall tuzilishiga ega va 3
qavatdan – yadro, ichki va sirtqi qavatdan iborat. Bunday murakkab
tuzilgan kolloid zarracha mitsella deyiladi. Kolloid misella asosini uning
yadrosi tashkil etadi. Yadro kimyoviy jihatdan murakkab birikma bo'lib,
amorf yoki kristallik tuzilishga ega. Mineral kolloidlar yadrosi, asosan,
alyumokislotalar hamda ba'zan kremniy kislota, temir уа alyuminiy
oksidlaridan tashkil topgan. Organik kolloidlar yadrosi, asosan, gumin
kislotasi, fulvokislotalari, protein, kletchatka vа boshqa murakkab organik
moddalardan iborat. Yadro ustida ikkita qarama-qarshi zaryadlangan ionli
qatlam joylashgan.
Tuproq kolloidlari kimyoviy tarkibiga ko‘ra 3 guruhga bo‘linadi:
1. Mineral kolloidlar – fizik-kimyoviy va biologik nurash jarayonida
paydo bo‘ladi (Al
2
O
3
·H
2
O, CaO·H
2
O);
2. Organik kolloidlar – bu o‘simlik va hayvon qoldiqlarining chirishi,
ya’ni gumifikatsiya jarayoni natijasida paydo bo‘lgan organik kislota va
gumatlardan iborat;
3. Organo-mineral kolloidlar – mineral va organik kolloidlarning
birikishi natijasida vujudga keladi.
Zaryadlanishiga ko'ra tuproq kolloidlari uch guruhga ajratiladi.
1. Asidoidlar – zarracha manfiy zaryadlangan bo'lib, almashinuychi
ionlar vodorod vа boshqa kationlar hisoblanadi.
27
Do'stlaringiz bilan baham: |