O ramazonov, S. S. Buriyev meliorativ tuproqshunoslik



Download 1,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/113
Sana24.09.2021
Hajmi1,75 Mb.
#183968
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   113
Bog'liq
hHOpaYdl1Jjcet1XdVw3UDl7jX150VP4wlatYbqC

 Tuproq  eritmasi  –  uning  suyuq  qismi  bo‘lib,  yog‘ingarchilik  va 
ekinlarga  berilgan  suv  hisobiga  shakllanadi.  Tuproq  tarkibidagi  har  xil 
tuzlar  va  minerallashgan  organik  birikmalar  suvda  eriydi  va  uning 
konsentratsiyasini oshiradi. Tuproq eritmasi uning eng harakatchan va faol 
qismi  hisoblanib,  sodir  bo‘layotgan  biokimyoviy,  fizik-kimyoviy 
jarayonlarning  jadalligi,  yo‘nalishi,  o‘simliklarning  oziqlanishida  muhim 
ahamiyatga ega. 
Tuproq  eritmasining  reaksiyasi  shu  eritmadagi  vodorod  ionining 
konsentratsiyasiga bog‘liq. Vodorod ioni tuproq eritmasida ikki xil jarayon 
natijasida  paydo  bo‘ladi.  Kuchli  va  kuchsiz  mineral  kislotalarning  hamda 
organik kislotalarning dissotsiatsiyasi qonuniga muvofiq ionlarga ajralishi 
yoki  singdirilgan  ionlarning  ajralib  chiqishi  tufayli  tuproq  eritmasida 
vodorod  ioni  ko‘payadi  va  muvozanat  (neytral)  holati  buziladi.  Vodorod 
(H) ioni konsentratsiyasi gidroksil (OH) ioni konsentratsiyasi bilan baravar 
bo‘lganida  neytral,  undan  ortiq  bo‘lganida  kislotali,  kam  bo‘lganida 
ishqorli  reaksiya  (muhit)  bo‘ladi.  Tuproq  eritmasining  muhiti  pH  — 
vodorod ionining manfiy 10000 lagorifm qiymati bilan ifodalanadi. 


34 
Kislotali (nordon) muhit aktual (aktiv) va potensial (yashirin) bo‘ladi. 
Aktual  kislotalik  tuproq  eritmasi  tarkibida  erkin  holdagi  vodorod 
ionlarining  to‘planishi  sababli  vujudga  keladi.  Bu  holat  gumifikatsiya 
jarayonida  paydo  bo‘lgan  suvda  eriydigan  organik  kislotalar  va  karbon 
kislotasi  ta’sirida  shakllanadi.  Alyuminiy  va  temir  elementlarining  ba’zi 
turlari  (AlCl
3
,  FeCl
3
)  ta’sirida  ham  aktiv  kislota  hosil  bo‘lishi  mumkin. 
Aktiv  kislotalik  holati  tuproq  singdiruvchi  kompleksi  asoslar  bilan 
to‘yinmagan sharoitda bo‘lishi mumkin. 
Potensial  kislotalik  tuproq  eritmasi  va  singdiruvchi  kompleksning 
o‘zaro ta’siri va almashinish reaksiyasi natijasida hosil bo‘ladi. 
Masalan: 




HCl
OH
Al
O
H
AlCl
AlCl
HCl
TSК
KCl
TSК
К
Mg
Ca
Al
H
Mg
Сa
3
)
(
3
4
3
2
3
3
4







 
 
pH  ko‘rsatkichining  katta  yoki  kichikligiga  qarab  tuproq  eritmasining 
kislotalik darajasi quyidagicha bo‘ladi: 
pH  =  3-4,5 — kuchli kislotali; 
pH  =  4,5-5,5 — o‘rta kislotali; 
pH  =  5,5-6,5 — kam kislotali. 
Ishqoriy  muhit  birikmalari  tuproq  eritmasida  erib,  uning  tarkibidagi 
gidroksil  ionlarni  oshirganida  vujudga  keladi.  Aktual  ishqoriy  muhit 
eritmada  Na
2
CO
3
,  NaHCO
3
,  Ca(HCO)
2
  va  boshqa  birikmalarning  erishi 
hisobiga,  potensial  ishqoriylik  esa  tuproq  singdiruvchi  kompleksida  Na 
ioni mavjud bo‘lishi hisobiga hosil bo‘ladi: 
 




)
(
3
2
2
2
soda
CO
Na
H
TSK
CO
O
H
Na
TSK




  
Na
2
CO
3
 + 2H
2
O = 2NaOH + H
2
CO
3

bunda TSK — tuproq singdiruvchi kompleksi. 
 
 


35 
pH ko‘rsatkichi bo‘yicha quyidagi ishqoriylik darajalari ajratiladi: 
pH = 7-7,5 — kam ishqoriylik; 
pH = 7,5-8,5 — o‘rtacha ishqoriylik; 
pH = 8,5 va undan yuqori — kuchli ishqoriylik. 
O‘simliklarning  aksariyati  pH  ko‘rsatkichi  3,5  dan  past  va  9  dan 
yuqori  bo‘lganda  o‘smaydi.  O‘simliklarning  yaxshi  rivojlanishi  uchun 
tuproq  eritmasining  pH  ko‘rsatkichi  5,5-6,5  dan  7-7,5  gacha  bo‘lishi 
maqsadga muvofiq. 
Tuproq  reaksiyasi  o‘z  holatini  saqlash  va  tashqi  muhitdan  ta’sir 
etuvchi  aktual  reaksiyalarga  qarshi  turish  qobiliyatiga  ega.  Tuproqning 
kislotali  yoki  ishqorli  aktual  reaksiya  ta’siriga  qarshi  tura  olish 
xususiyatiga  tuproq  buferligi  deyiladi.  Buferlik  tuproqda  nisbatan 
o‘zgarmas  muhit  yaratish  imkonini  yaratadi.  Bu  ko‘rsatkich  tuproqning 
kimyoviy tarkibiga, kolloid qismiga va mexanik tarkibiga bog‘liq bo‘ladi. 
Mexanik tarkibi soz, gumusli tuproqlar katta buferlikka, qumloq, qumli va 
gumusi oz tuproqlar kam buferlikka ega bo‘ladi. 

Download 1,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish