Tuproq mintaqasi tekis hududlardagi muayyan tuproq tiplarini,
ba’zan intrazonal tuproqlarni o‘z ichiga oladigan tuproq bioiqlim
oblastlarning bir qismidir.
Tuproq mintaqachasi tuproq mintaqasining bir qismi bo‘lib, mintaqa
tuproqlar orasida ma’lum tuproq mintaqasining bir qismi hisoblanadi.
Tekisliklardagi tuproq provinsiyalari deb, mahalliy tuproq hosil
bo‘lish xususiyatlari bilan farqlanadigan tuproq mintaqasi yoki
mintaqachasining bir qismiga aytiladi.
37
Tuproq okrugi tuproq provinsiyasining bir qismi bo‘lib, tuproq paydo
bo‘lishiga ta’sir etuvchi: joyning rel’yefi, iqlimi, o‘simliklar tarkibi,
gidrogeologik sharoitlarning o‘ziga xos xususiyatlari bilan belgilanadi.
Tuproq rayoni tuproq okrugining bir qismi bo‘lib, tuproq
qoplamining aksariyat ko‘p qismi bir xil, samaradorlik va unumdorlikni
oshirishga qaratilgan tadbirlar tarkibi va me’yori ham nisbatan bir xil
bo‘ladi.
Past-tekisliklarni tuproq-geografik rayonlashtirishda asosiy birlik
sifatida mintaqa qabul qilinadi. Mintaqada olib boriladigan dehqonchilik
tizimi, tuproq unumdorligini oshirish va muhofaza qilishga oid agrotexnik,
agromeliorativ va biologik tadbirlar nisbatan bir xil tartibda va me’yorda
amalga oshiriladi.
Mustaqil
Davlatlar
Hamdo‘stligi hududida quyidagi tuproq
mintaqalari mavjud:
- arktika va subarktika mintaqasi (tundra tuproqlari);
- tayga-o‘rmon mintaqasi (podzol, botqoq, muzlagan, o‘tloqi-o‘rmon,
o‘rmon tuproqlari);
- keng bargli o‘rmon mintaqasi (qo‘ng‘ir o‘rmon tuproqlari);
- o‘rmon-dasht mintaqasi (bo‘z o‘rmon tuproqlari);
- dasht mintaqasi (qora tuproqlar);
- quruq dasht mintaqasi (kashtan tuproqlar);
- cho‘l-dasht mintaqasi (qo‘ng‘ir va bo‘z tuproqlar);
- cho‘l mintaqasi (bo‘z - qo‘ng‘ir tuproqlar, taqirlar);
- nam subtropik mintaqa (sariq tuproqlar, taqirlar).
Agrotuproq rayonlashtirish tuproq-geografik rayonlashtirish asosida
o‘tkaziladi. Lekin bunda tuproqning agronomik ko‘rsatkichlari, joyning
tabiiy, ishlab chiqarish sharoitlariga alohida e’tibor beriladi va batafsil
o‘rganiladi. Xo‘jalik hududida tarqalgan va asosiy agronomik xossalari
(mexanik tarkibi, gumus miqdori, ozuqa moddalari, suv-havo xossalari va
h.k.)
yaqin
bo‘lgan tuproqlar agroishlab chiqarish guruhlariga
birlashtiriladi va alohida xaritogramma tarzida tuzib chiqiladi. Agroishlab
chiqarish guruhlari izohlanayotganda tuproqlar va alohida dalalarning
salbiy xossalariga alohida e’tibor beriladi. Shular asosida yerlarni tubdan
yaxshilash uchun zarur bo‘lgan meliorativ tadbirlar amalga oshiriladi.
38
Do'stlaringiz bilan baham: |