O ramazonov, S. S. Buriyev meliorativ tuproqshunoslik



Download 1,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/113
Sana24.09.2021
Hajmi1,75 Mb.
#183968
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   113
Bog'liq
hHOpaYdl1Jjcet1XdVw3UDl7jX150VP4wlatYbqC

Tuproq  xaritogrammasi  —  dalalarni  tuproq  xaritasi  masshtabida 
chizilgan  tasviridir.  Ular  tuproqning  ayrim  xossalarini  aniqroq  izohlash 
(gumusli  qatlamning  qalinligi,  mexanik  tarkibi,  yemirilganlik  va 
sho‘rlanish  darajasi  va  h.k.),  tuproqdan  foydalanishga  oid  tavsiyalarni 
aniqlash,  ekinlarini  joylashtirishda  ishlatiladi.  Tuproq  xaritogrammalari 
tuproq  tarkibidagi  azot,  fosfor,  kaliy  va  boshqa  moddalarning  miqdorini 
ham tasvirlaydi (agrokimyoviy xaritogrammalar). 
Xaritogrammalar  umumiy  va  regional  xillarda  tuziladi.  Umumiy 
xaritogrammalar  barcha  mintaqa  va  regionlarda  tuzilishi  shart.  Regional 
xaritogrammalar  tabiiy  sharoitning  o‘ziga  xos  xususiyatlariga,  tuproq 
qoplamiga,  xo‘jalikning  ixtisosiga  qarab  bir  yoki  bir  necha  tabiiy 
mintaqalar yoki alohida xo‘jaliklar uchun tuziladi. Har bir xaritogrammaga 
tushuntirish  xati  ilova  qilinadi.  Umumiy  xaritogrammalar  asosida 
tuproqlarni  agronomik  xususiyatlariga  qarab  (ekinlarni  ekish  uchun) 
guruhlarga  ajratiladi.  Agronomik  guruh  deganda  tuproqlarning  tuzilishi, 


40 
xossalari, foydalanish mumkinligi va amalga oshiriladigan chora-tadbirlar 
bo‘yicha bir-biriga yaqin bulgan tuproqlarni umumlashtirish tushuniladi. 
Agronomik guruh  2 ga bo‘linadi: 
1.  Tuproqning  alohida  agronomik  guruhini  tuzishda  mazkur 
maydonga  ekiladigan  asosiy  yoki  bir  necha  ekinlarning  tuproqqa  bo‘lgan 
talabi e’tiborga olinadi. 
2. Umumiy agronomik guruhni tuzishda faqat tuproqning xususiyatlari 
nazarda tutiladi. Bularga tuproqning mexanik tarkibi, gumusli qatlamning 
qalinligi (1-guruh); oziq moddalarning miqdori va ta’minlanganlik darajasi 
(2-guruh);  tuproqning  fizik-mexanik  xossalari  (3-guruh);  meliorativ 
tadbirlarga  bo‘lgan  ehtiyoj  (4-guruh);  tuproqning  sho‘rlanish  darajasi  va 
turi  (5-guruh);  tuproqning  yemirilganlik  darajasi  va  turi  (6-guruh)  va 
hokazolar kiradi. 
Tuproq xaritalari va xaritogrammalari yerga ishlov berishda, ekinlarni 
joylashtirishda, o‘g‘it tizimini takomillashtirishda, meliorativ tadbirlarning 
tarkibi  va  me’yorini  belgilashda,  bonitirovkalashda  ishlatiladi.  Tuproq 
xaritalari va xaritogrammalari asosida yordamchi yo‘nalishlar belgilanadi, 
yerdan 
foydalanishning 
samarali 
usullari 
va 
texnologiyasi 
loyihalashtiriladi.  Tuproq  xaritasi  va  xaritogrammalari  asosida  dalalar 
ishlab  chiqarish  shakllariga  –  fermer  va  dehqon  xo‘jaliklariga  bo‘linadi, 
qurilish  maqsadlari  uchun,  zovurlar,  yo‘llar,  yordamchi  ishlab  chiqarish 
shahobchalari uchun yer ajratiladi. 
Yer  tuzish  ishlarini  to‘g‘ri  tashkil  qilish,  tuproqning  xususiyatlari  va 
unumdorlik  darajasini  nazarda  tutgan  holda  texnik  va  ishchi  loyihalar 
tuzish asosida tuproq xaritasi va xaritogrammasi yotadi. 

Download 1,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish