Yettinchi ustuvor yo‘nalish – kuchli ijtimoiy siyosat olib
borish.
5. Hozirgi sharoitda va yaqin istiqbolda respublika ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanishining ustuvorliklari
Mamlakatimizda jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozining salbiy
oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha qabul qilingan Inqirozga qarshi
choralar dasturi shu davrda O‘zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirishning eng ustuvor yo‘nalishi bo‘lib qoldi.
Mamlakatimizda, milliy iqtisodiyotni isloh etish, erkinlashtirish
va modernizatsiya qilish, uning tarkibiy tuzilishini diversifikatsiya
qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar natijasida inqirozlar va
boshqa tahdidlarning salbiy ta’siridan himoya qiladigan kuchli
to‘siq, mustahkam va ishonchli himoya vositalari yaratildi.
Inqirozga qarshi choralar dasturida – belgilangan chora-tadbirlar
quyidagi beshta asosiy vazifani hal etishga qaratildi.
Birinchidan – korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va
texnologik qayta jihozlashni yanada jadallashtirish, zamonaviy,
moslashuvchan texnologiyalarni keng joriy etish. Bu vazifa
avvalambor, iqtisodiyotning asosiy tarmoqlari, eksportga yo‘nal-
tirilgan va mahalliylashtiriladigan ishlab chiqarish quvvatlariga
tegishlidir.
Ikkinchidan – joriy konyunktura keskin yomonlashib bora-
yotgan hozirgi sharoitda eksportga mahsulot chiqaradigan korxo-
nalarning tashqi bozorlarda raqobatdosh bo‘lishini qo‘llab-quv-
vatlash bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish va eksportni
rag‘batlantirish uchun qo‘shimcha omillar yaratish.
Uchinchidan – qat’iy tejamkorlik tizimini joriy etish, ishlab
chiqarish xarajatlari va mahsulot tannarxini kamaytirishni rag‘bat-
lantirish hisobidan korxonalarning raqobatdoshligini oshirish.
To‘rtinchidan – elektrenergetika tizimini modernizatsiya
qilish, energiya iste’molini kamaytirish va energiya tejashning
samarali tizimini joriy etish choralarini amalga oshirish.
158
Beshinchidan – jahon bozorida talab pasayib borayotgan bir
sharoitda, ichki bozorda talabni rag‘batlantirish orqali mahalliy
ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash. Bu vazifani bajarishda
ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturini kengaytirish katta
o‘rin tutadi. Ushbu dastur doirasidagi loyihalar hajmini 3-4 barobar
ko‘paytirish ko‘zda tutiladi.
Respublikamizda yaqin istiqbol
yillarida ham “izchil yuqori o‘sish
sur’atlarini, makroiqtisodiy barqaror-
likni
saqlash
va
iqtisodiyotimiz
raqobatbardoshligini
oshirish
eng
muhim
ustuvor
yo‘nalishimizga
aylanishi
darkor”
39
Bu
davrda
iqtisodiyot
va
uning
yetakchi
tarmoqlarini modernizatsiya qilish, tex-
nik hamda texnologik yangilashni ja-
dallashtirish va uning ko‘lamini ken-
gaytirish, ishlab chiqarishni diversi-
fikatsiya qilish markaziy o‘rin tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |