Qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzil-
mani jadal rivojlantirish – agrar islohotning hozirgi kundagi
ustuvor yo‘nalishidir.
Bu yo‘nalishda kommunal va injenerlik tizimlarining keng
tarmog‘ini yaratish, servis va maishiy xizmat tarmog‘ini shakllan-
tirish muhim vazifa hisoblanadi.
Shu vazifani bajarish yo‘lida keyingi yillarda ham qishloq
ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirish hamda qishloq aholisini
ichimlik suvi va tabiiy gaz bilan ta’minlash dasturini amalga
oshirish ishlari davom ettirildi. Mamlakatimizda «Qishloq
taraqqiyoti va farovonligi yili» Davlat dasturi (2009 y) da
qishloqlarni zamonaviy arxitektura va sanoat asosida tubdan
o‘zgartirish va yangilash, uy-joy, ijtimoiy va kommunal obyektlar,
kommunikatsiyalarni barpo etish bo‘yicha uzoq muddatga
mo‘ljallangan, aniq vazifalarni amalga oshirishga qaratildi. Qishloq
joylarda qurilish ishlarini amalga oshirish uchun loyihalashtirish,
sanoat-qurilish, muhandislik-texnik jihatdan kuchli baza yaratishga
erishildi. «Qishloq qurilish bank» va «Qishloq qurilish loyiha» kabi
ixtisoslashtirilgan tuzilmalar tashkil etildi.
Mavjud
iqtisodiy
tizimning
izchillik
bilan
bozor
munosabatlariga o‘sib o‘tishida moliya-kredit sohasini isloh qilish
alohida o‘rin tutadi. Moliyaviy munosabatlarda davlat budjeti
taqchilligini kamaytirib borish, budjetdan beriladigan dotatsiyalar va
subsidiyalarni bosqichma-bosqich qisqartirish, birinchi darajali, eng
zarur umumdavlat ehtiyojlari uchungina budjetdan mablag‘ ajratish,
milliy xo‘jalikni rivojlantirishda investitsiya kreditlaridan keng
foydalanish islohotlarning asosiy yo‘nalishlari hisoblanadi.
Кredit sohasidagi islohotlar bank tizimini takomillashtirish,
banklarning mustaqilligini va pul muomalasi uchun javobgarligini
oshirishga qaratildi. Shu maqsadda Respublikada Markaziy bank
hamda keng tarmoqli tijorat va xususiy banklardan iborat ikki
bosqichli bank tizimi vujudga keltirildi. Markaziy bank zimmasiga
federal rezerv tizimiga xos bo‘lgan vazifalar yuklatildi. Ixtisos-
149
lashgan aksiyadorlik – tijorat banklari «G‘alla bank», «Mikrokredit
bank» va boshqa banklar shakllantirildi.
Iqtisodiyotni isloh qilishning eng asosiy muammolaridan biri
narxlarni erkinlashtirishdir. Narxlarning erkin shakllanishi uchun
dastlab davlat xarid narxlarining amal qilish doirasi qisqartiriladi va
keyin ichki narxlar jahon narxlariga muvofiqlashtirib boriladi.
Shuningdek, narxlarni erkinlashtirishda xomashyo va mahsulot
ayrim turlarining, narx-navo bilan aholi va korxonalar daromadlari
o‘rtasidagi mutanosiblikka erishishga harakat qilinadi.
Respublikada islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish
prinsipi, ayniqsa narxlarni erkinlashtirishga yondashishda yorqin
namoyon bo‘ladi.
Islohotlar boshlanishdan oldingi davrda respublikada narx-
navoning nomutanosib tizimi tarkib topgan bo‘lib, xomashyo va
qishloq xo‘jalik mahsulotlari narxi pasaytirilib, ishlov beruvchi va
qayta ishlovchi tarmoqlar tovarlarining narxi sun’iy ravishda oshirib
borilgan. Bundan ko‘rilgan katta zarar respublikani dotatsiya
oluvchi mintaqaga aylantirib qo‘ygan.
Narx belgilashdagi nomutanosibliklar tufayli butun tarmoqlar,
shu jumladan qishloq xo‘jaligidagi ko‘plab korxonalar zarar ko‘rib
ishlagan. Iqtisodiyot tarmoqlari ko‘rgan zarar, ayrim mahsulot
turlari (don, un va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari) yetishtirishga
qilingan xarajatlar va turli ijtimoiy imtiyozlar berishdan ko‘rilgan
zarar budjet mablag‘lari hisobidan qoplangan.
Bularning hammasi narxlar islohotini amalga oshirishga real
vaziyatni va aholining mavjud turmush darajasini hisobga olib,
oldindan ishlab chiqilgan dastur asosida yondashishni talab qiladi.
Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish boshqarishning tegishli
tizimini yaratishni talab qiladi. Shunga asosan respublikada butun
iqtisodiyot, tarmoqlar va hududlarni boshqarishning eng maqbul va
hozirgi davrga mos bo‘lgan tuzilmalari ishlab chiqildi.
Кo‘plab markaziy iqtisodiy organlar va vazirliklar tugatildi yoki
ularning faoliyati tubdan qayta qurildi. Faoliyati tugatilgan
ma’muriy apparatlar o‘rniga yangi boshqarish bo‘g‘inlari tuzildi.
150
Masalan, Iqtisodiyot vazirligi, respublika ulgurji va birja
savdosi aksiyadorlik uyushmasi, antimonopol va narx-navo
siyosatini o‘tkazish qo‘mitasi kabilar shular jumlasidandir.
Respublika Moliya vazirligi va Markaziy bankining vazifalari
hamda tarkibiy tuzilishi ancha o‘zgartirildi.
Masalan, Moliya vazirligi zimmasiga Respublika budjetini
vujudga keltirish bilan bir qatorda, davlat soliq siyosatining asosiy
yo‘nalishlari va qoidalarini ishlab chiqish, valuta ishlarini
boshqarish vazifasi yuklatildi.
Nazorat organlari faoliyatini tartibga solish, davlatning yagona
soliq va bojxona siyosatini o‘tkazish maqsadida Davlat soliq
qo‘mitasi va Bojxona qo‘mitasi tuzildi. O‘tkaziladigan iqtisodiy
islohotlarni muvofiqlashtirib turish uchun Prezident huzurida
iqtisodiy islohot, tadbirkorlik va chet el investitsiyalari bo‘yicha
idoralararo kengash tuzildi.
Кo‘p ukladli iqtisodiyotni shakllantirish, tadbirkorlikni qo‘llab-
quvvatlash, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish
dasturlarini ishlab chiqish kabi vazifalarni bajarish uchun Davlat
mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat
qo‘mitasi tuzildi.
Tashqi iqtisodiy aloqalarni boshqarish va shu soha korxonalari
faoliyatini muvofiqlashtirib turish uchun Tashqi iqtisodiy aloqalar
vazirligi tuzildi.
Respublika iqtisodiyotining tarmoqlari va ayrim sohalarini
boshqarish tizimida ham chuqur tarkibiy o‘zgarishlar ro‘y berdi.
Tarmoq vazirliklari uyushmalarga, konsernlarga, korporatsiyalar va
boshqa xo‘jalik birlashmalariga aylantirish bilan batamom tugatildi.
Transport, turizm, madaniyat, kinolashtirish kabi faoliyat sohalarida
milliy kompaniyalar tuzildi.
Boshqarishning mahalliy darajasida (viloyat, tuman, shahar)
ijroiya - boshqaruv vazifalarini bajarish uchun hokimlik joriy
qilindi. Quyi bo‘g‘in boshqaruvida korxona va tashkilotlarga
iqtisodiy erkinlik berilib, ular yangicha ish uslubiga o‘tdi.
Bozor islohotlari bozor infratuzilmasini yaratish chora-
tadbirlarini ham qamrab oladi. Bunda moliya, bank-kredit tizimi
muassasalari, sug‘urta, auditorlik, yuridik va konsalting firmalari
hamda kompaniyalarini, birja tizimini yaratish taqozo qilinadi.
151
Respublikada bozor infratuzilmasini yaratish bir qator
yo‘nalishlar bo‘yicha bordi. Birinchi yo‘nalish bo‘yicha tovar xom-
ashyo birjasi tizimi rivojlandi. Bu, o‘z navbatida, brokerlik va
dilerlik idoralari, savdo uylari, vositachi firmalar paydo bo‘lishiga
olib keldi.
Ikkinchi yo‘nalishda kapital bozorining ishini ta’minlaydigan
tuzilmalar vujudga keltirildi. Кredit resurslari bozori va valuta
bozori vujudga keltirildi hamda davlatga qarashli bo‘lmagan
sug‘urta kompaniyalari tuzildi.
Uchinchi yo‘nalish mehnat bozorini shakllantirishdan iborat
bo‘lib, bu sohada 240 dan ortiq mehnat birjasini o‘z ichiga oluvchi
katta tarmoq shakllantirildi.
Bozor islohotlari tashqi iqtisodiy aloqalarga ham tegishlidir. Bu
sohada islohotlarni amalga oshirish borasida respublikaning
zamonaviy tashqi iqtisodiy majmuasi mutlaqo yangidan shakllan-
tirildi, tashqi iqtisodiy faoliyatni boshqarishning yangi mexanizmi
vujudga keltirildi. Tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanishi
zarur bo‘lgan muassasalar (Tashqi iqtisodiy aloqa vazirligi, Tashqi
iqtisodiy faoliyat milliy banki, bojxonalar xizmati) barpo etildi.
Respublikaning barcha vazirliklari va idoralari, korxonalarida tashqi
iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi maxsus bo‘limlar, tashki-
lotlar va firmalar tuzildi.
Tub iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va bozor mu-
nosabatlariga asoslangan iqtisodiyotni barpo etish asosiy maqsad
emas. Barcha islohotlarning asl maqsadi insonga munosib yashash
va faoliyat ko‘rsatish sharoitlarini vujudga keltirishdan iborat. Shu
sababli, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning butun davri
davomida aholini ijtimoiy himoyalash bo‘yicha chora-tadbirlar
ko‘rish obyektiv zaruriyatdir.
Respublikada aholini ijtimoiy himoyalash chora-tadbirlari
quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshirildi.
Birinchi yo‘nalish – narxlar erkinlashtirilishi va pulning
qadrsizlanish darajasi ortib borishi munosabati bilan daromadlarning
eng kam va o‘rtacha darajasini muntazam oshirib borish.
Ikkinchi yo‘nalish – respublikaning ichki iste’mol bozorini
himoya qilish hamda oziq-ovqat mahsulotlari va sanoat mollari
asosiy turlari iste’molini muayyan darajada saqlab turish.
152
Uchinchi yo‘nalish – islohotlarning dastlabki bosqichida aholi-
ning kam ta’minlangan tabaqalarini ijtimoiy himoyalash va qo‘llab-
quvvatlash.
Respublika uchun ijtimoiy himoyalash tizimini tanlab olishda
xalqning uzoq yillar davomida qaror topgan ma’naviy-axloqiy
qadriyatlari, turmush tarzi va dunyoqarash xususiyatlari hisobga
olinadi.
Shunday qilib, islohotlarning barcha yo‘nalishlari mavjud iqti-
sodiy tizimning izchillik bilan bozor iqtisodiyotiga o‘sib o‘tishiga
qaratildi. Bu islohotlar O‘zbekistonning mustaqilligini iqtisodiy
jihatdan ta’minlash, uni iqtisodiy jihatdan rivojlangan va xalqaro
miqyosda obro‘-e’tiborli mamlakatga aylantirishga xizmat qildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |