O‘zbeкiston respubliкasi oliy va o‘rta mahsus ta’lim vazirligi


 O‘zbekistonda makroiqtisodiy barqarorlikka erishish



Download 15,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/321
Sana24.09.2021
Hajmi15,11 Mb.
#183563
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   321
Bog'liq
2 5415834295740664524

4. O‘zbekistonda makroiqtisodiy barqarorlikka erishish 

vazifalari 

 

Respublikada  bozor  iqtisodiyotiga  o‘tish  davrida,  iqtisodiyotni 



rivojlantirish  borasida  bir  qator  vazifalar  qo‘yiladi.  Bular 

xususiylashtirish  va  raqobatchilik  muhitini  shakllantirish  jarayon-

larini chuqurlashtirish; makroiqtisodiy barqarorlikka erishish; milliy 

valutani  mustahkamlash;  iqtisodiyot  tarkibiy  tuzilishini  tubdan 

o‘zgartirish; ijtimoiy kafolatlari kuchli bo‘lgan demokratik davlatni 

shakllantirish vazifalaridir

37



Bozor  munosabatlariga  o‘tish  davrida  davlat  mulkini  xusu-



siylashtirish natijasida ikkita asosiy vazifa hal qilinadi. 

Birinchidan,  davlat  ixtiyorida  bo‘lgan  mulk  o‘zining  haqiqiy 

egalari qo‘liga topshiriladi. 

Ikkinchidan,  ko‘p  ukladli  iqtisodiyot  va  rag‘batlantiruvchi 

raqobatchilik muhiti vujudga keltiriladi. 

Mulkni haqiqiy egalari qo‘liga topshirish tadbirkorlik faoliyatini 

olib  borish  uchun  keng  imkoniyatlar  yaratilishini  bildiradi. 

Raqobatchilik muhitini vujudga keltirish esa, eng avvalo, mulkning 

davlat  monopoliyasi  ekanligiga  barham  berish  va  bir  xil  mahsulot 

ishlab  chiqaruvchi  (xizmat  ko‘rsatuvchi),  ammo  mulkchilikning 

                                                           

37

 Bu vazifalarni amalga oshirishning nazariy va amaliy asoslari hamda ustuvor yo‘nalishlari Respublika 



Birinchi  Prezidenti  I.A.Karimovning  «O‘zbekiston  iqtisodiy  islohotlarni  chuqurlashtirish  yo‘lida» 

kitobida ifodalab berilgan.  




153 

turli  shakllariga  asoslangan  ko‘pdan-ko‘p  korxonalar  tashkil 

qilishdan iborat. 

Xususiylashtirish  jarayonida  mulkchilik  shakllari  o‘zgarishi 

bilan  birga,  iqtisodiyotning  yagona  majmuasi  tarkib  topgan  tor 

ixtisoslashgan  tarmoq  monopoliya  tuzilmalariga  barham  berish 

imkoniyati ham tug‘iladi. Monopoliyalashtirilgan tuzilmalarni xusu-

siylashtirishda ishlab chiqarishning o‘zini nisbatan ixchamlashtirish, 

korxonalarni  texnikaviy,  texnologik  va  tashkiliy-iqtisodiy  jihatdan 

qayta o‘zgartirish loyihalarini ishlab chiqish zarur bo‘ladi. 

Tashabbuskorlikka  asoslangan,  shuningdek  turli  xil  koope-

rativlar, shirkatlar, mas’uliyati cheklangan jamiyatlar ko‘rinishidagi 

yangi  kichik  korxonalarni  tashkil  qilish  iqtisodiyotning  davlatga 

qarashli  bo‘lmagan  qismini  shakllantirishning  ikkinchi  qudratli 

jarayonidir. 

O‘z-o‘zidan  aniqki,  bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  ham  davlat 

korxonalari  saqlanib  qolib,  iqtisodiyotda  sezilarli  rol  o‘ynayveradi. 

Shu  sababli,  bunday  korxonalar  uchun  ularning  bozor  sharoitlariga 

moslashuviga imkon beradigan xo‘jalik yuritish mexanizmini ishlab 

chiqish  talab  qilinadi,  ular  tijoratlashtiriladi,  ya’ni  foyda  uchun 

ishlaydigan korxonalarga aylantiriladi. 

Iqtisodiyotni 

barqarorlashtirish 

bozor 


munosabatlarini 

shakllantirish  yo‘lidagi  muqarrar  jarayondir.  U  eng  avvalo,  tanglik 

holatlariga  barham  berishga  qaratiladi.  Tanglik  holati  inqirozga 

uchrashning  oldini  olish  uchun  ishlab  chiqarish,  chiqarilayotgan 

tovar va xizmatlarning sifati va turini o‘zgartirish yuzasidan chora-

tadbirlar 

ko‘rishga 

undaydi, 

ishlab 

chiqarish 

xarajatlarini 

kamaytirishga,  mahsulotning  sifati  va  iste’mol  xossalarini 

yaxshilashga,  uning  raqobatbardoshligini  oshirishga  majbur  qiladi. 

Bularning  barchasi  pirovard  natijada  bozorda  talab  va  taklif 

o‘rtasida  qulay  muvozanatni  ta’minlashga  olib  keladi.  Кengroq 

ma’noda  barqarorlashtirish  –  bu  eng  avvalo,  makroiqtisodiyotda 

muvozanatni  saqlash,  ishlab  chiqarishning  keskin  pasayishiga  va 

ommaviy  ishsizlikka  yo‘l  qo‘ymaslikdir.  Shuningdek,  u  pul 

qadrsizlanishining oldini olish, to‘lov balansini bir me’yorda saqlash 

sohasida aniq maqsadni ko‘zlab olib boriladigan davlat siyosatidir. 

Jahon tajribasida barqarorlashtirish siyosatini amalga oshirishda 

bir  necha  xil  yondashuvlar  tarkib  topgan.  Bulardan  birinchisi 




154 

monetar  yondashuv  deb  ataladi.  U  pulning  qadrsizlanish  darajasini 

pasaytirib  turishga,  pul  massasini  hamda  to‘lovga  qodir  bo‘lgan 

jami  talabni  keskin  kamaytirish  hisobiga  pul  muomalasini 

barqarorlashtirishga  asoslanadi.  Bu  yondashuvning  kamchiligi 

shuki,  u  ishlab  chiqarishning  jismoniy  hajmi  kamayishiga  va 

investitsiya faoliyatining to‘xtab qolishiga olib keladi. 

Ikkinchisi  –  ishlab  chiqarish  va  tadbirkorlik  faoliyatini 

rag‘batlantirishga,  tarkibiy  o‘zgartirishlarni  amalga  oshirishga 

yordamlashish,  iqtisodiyotda  nomutanosibliklarga  barham  berishga 

asoslangan  yondashuv.  Bunda  bir  me’yordagi  qattiq  moliyaviy  va 

pul-kredit  siyosati  tovar  bilan  qoplashning  iloji  bo‘lmagan  ortiqcha 

talablarni  cheklash  bo‘yicha  tadbirlar  bilan  uzviy  bog‘lab  olib 

boriladi. 

Respublikada  o‘tish  davrida  makroiqtisodiy  barqarorlikka 

erishishda  ikkinchi  yondashuvga  ustunlik  beriladi.  Bu  ishlab 

chiqarishning  ilg‘or  tuzilmasiga  erishish  uchun  ustunlikka, 

istiqbolga  ega  bo‘lgan  tarmoqlar  va  ishlab  chiqarishlarni  har 

tomonlama  rag‘batlantirish,  eng  muhim  bo‘g‘inlarni  aniqlash  (neft, 

energetika, don, paxtani qayta ishlash sanoati va h.k.) va shu orqali 

iqtisodiyotni  tarkiban  qayta  tashkil  qilish  bo‘yicha  amalga 

oshiriladigan  yondashuvdir.  Boshqalardan  ustun  hisoblangan 

yetakchi  tarmoqlar  belgilab  olinishi  bilan  birga,  ularning  ichki 

tuzilishini qayta o‘zgartirish ham hisobga olinadi. 

Barqarorlashtirish  dasturini  ishlab  chiqishda,  muvozanatga 

keltirilgan monetar siyosat asosiy tarmoqlar va ishlab chiqarishlarni 

tarkiban qayta tashkil qilishni qo‘llab-quvvatlash siyosati bilan birga 

qo‘shib olib borilishi zarur. 

Ana shu yondashuvlar negizida iqtisodiy barqarorlikka erishish-

ning asosiy mezonlari quyidagilardan iborat bo‘ladi: 

Ishlab chiqarish hajmining qisqarishiga yo‘l qo‘ymaslik; 

Boshqalardan  ustun  bo‘lgan  tarmoqlarda  ishlab  chiqarishni 

yuksaltirish  uchun  qulay  sharoitlarni  vujudga  keltirish  va  rag‘bat-

lantirish; 

Davlat  budjeti  va  korxonalar  moliyaviy  ahvolining  barqaror-

ligini ta’minlash; 

Pulning qadrsizlanishini to‘xtatish; 



155 

To‘lov  balansi  va  davlat  valuta  rezervlarining  holatini  yax-

shilash; 

Muvozanatlashtirilgan  ijtimoiy  siyosat  asosida  aholi  turmush 

darajasini yaxshilash. 

Budjet  intizomiga  rioya  qilish  va  uning  kamomadini  cheklash 

barqarorlashtirishning  hal  qiluvchi  omillaridan  biridir.  Bunda  soliq 

tizimini  takomillashtirish  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Hozirgi 

bosqichda  iqtisodiyotni  barqarorlashtirishda  kredit-bank  tizimini, 

pul  muomalasini  mustahkamlash,  valuta  munosabatlarini  tartibga 

solish ham alohida o‘rin tutadi. 

Bozor  munosabatlariga  o‘tish  davrida  milliy  valutani  mustah-

kamlash  umummilliy  vazifa  hisoblanadi.  Shu  sababli,  milliy 

valutaning  barqarorligi,  uning  ichki  bozorda  erkin  almashinuvini 

ta’minlash uchun respublikada bir qator dasturlarni amalga oshirish 

ko‘zda tutiladi. 

Birinchidan, milliy  valutaning tovar (xizmat)  lar bilan barqaror 

ta’minlanishiga  erishish.  Bunda  bozorni  iste’mol  mollari  bilan 

to‘ldirish  va  ularning  umumiy  hajmida  respublikada  ishlab  chiqari-

ladigan mahsulotlar hissasini oshirib borish hal qiluvchi o‘ringa ega 

bo‘ladi. 

Ikkinchidan,  yetarli  barqaror  valuta  zaxiralariga  ega  bo‘lish. 

Bunga  respublika  eksport  imkoniyatini  kengaytirish,  eksport  uchun 

mahsulot  ishlab  chiqaradigan  korxonalar  sonini  ko‘paytirish  va 

ularning jahon bozoridagi mavqeini oshirish orqali erishiladi. 

Uchinchidan,  ishlab  topilgan  har  bir  so‘mni  qadrlash  va 

iqtisodiyotga  sarflangan  har  bir  so‘mning  foyda  bilan  qaytishiga 

erishish. Buning uchun qat’iy moliya-kredit siyosatini izchillik bilan 

o‘tkazish zarur. 

To‘rtinchidan,  pul  qadrsizlanishiga,  inflatsiyaga  qarshi  puxta 

o‘ylangan  siyosat  o‘tkazish.  Bunda  ichki  bozorni  mollar  bilan 

to‘ldirish, naqd pul va kredit emissiyasining o‘sishiga, aholi qo‘lida 

pulning  harakatsiz  turib  qolishiga  yo‘l  qo‘ymaslik  birinchi  darajali 

ahamiyatga ega. 

Respublikaning  bozor  iqtisodiyotiga  o‘tishida  iqtisodiyot 

tarkibiy  tuzilishini  o‘zgartirish  vazifasi  butunlay  yangi  milliy 

xo‘jalik 

majmuasini 

bunyod 

etishga 


qaratiladi. 

Bu 


esa 

iqtisodiyotning  tarmoq va hududiy tuzilishini, ishlab chiqarilayotan 




156 

mahsulot, eksport va import tarkibini qayta qurish, shuningdek, eng 

muhim  makroiqtisodiy  va  takror  ishlab  chiqarish  nisbatlarini 

tartibga solishni talab qiladi. 

Respublikada bozor munosabatlariga o‘tish jarayonida: «Iqtiso-

diyotning  barcha  soha  va  tarmoqlarida  erkinlashtirish  jarayonini 

izchillik  bilan  amalga  oshirish  va  olib  borilayotgan  islohotlarni 

yanada 


chuqurlashtirish, 

xo‘jalik 

yurituvchi 

subyektlarning 

mustaqilligini yanada oshirish, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish 

yo‘lidagi  mavjud  to‘siqlarni  bartaraf  etish  –  bu  sohadagi 

o‘zgarishlarning asosiy yo‘nalishlaridir»

38

.  



Shunday  qilib,  Respublikada  iqtisodiy  islohotlarni  amalga 

oshirish  iqtisodiyotda  yangi  bozor  munosabatlariga  asos  soladi, 

iqtisodiy  faoliyat  erkinligi  va  tadbirkorlikni  namoyon  etish  uchun 

sharoit  yaratib  berildi,  ijtimoiy-ma’naviy  sohadagi  ijtimoiy 

kafolatlar mustahkamlandi. 

O‘zbekistonda  demokratik  o‘zgarishlarni  chuqurlashtirish  va 

fuqarolik  jamiyati  asoslarini  shakllantirishning  asosiy  ustuvor 

yo‘nalishlari sifatida quyidagilarni qayd qilib o‘tish mumkin: 




Download 15,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   321




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish