McConnell, Brue. Economics: principles, problems and policies. 20th edition. America, New York:
165
vositalarining takomillashuvi xalqaro moliyaviy bozor doirasini
mislsiz kengaytiradi hamda aksiya va obligatsiya kabi moliyaviy
aktivlarga bo‘lgan talabning o‘sishiga olib keladi. Tug‘ilish
darajasining pasayishi bolalar bog‘chasi va maktabga bo‘lgan
talabni kamaytiradi.
Pul daromadi o‘zgarishining talab hajmiga ta’siri boshqa
omillarga qaraganda ancha murakkab. Pul daromadining ortishi juda
ko‘p tovarlarga talabni nisbatan oshiradi, daromadning kamayishi
esa bunday tovarlarga talabni kamaytiradi. Daromad oshsa, uning
o‘sishiga qarab iste’molchilar narxi yuqori bo‘lsada, ko‘proq sifatli
tovarlarni xarid qiladi, bunda ular kamroq non, kartoshka, karam
sotib olishi mumkin. Ortiqcha daromad unga ancha yuqori oqsil
tarkibiga ega bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari masalan, go‘sht va sut
mahsulotlari xarid qilish imkonini beradi. Daromadning o‘zgarishi
bilan talab to‘g‘ri mutanosiblikda o‘zgaradigan tovarlar oliy toifali
tovarlar deyiladi.
Daromadlar kamayganda talab oshadigan tovarlar past toifali
tovarlar deyiladi (masalan, kartoshka).
O‘zaro bog‘liq tovarlarga talabning ortishi yoki kamayishi,
ularning bir-birining o‘rnini bosish darajasi bilan belgilanadi. Shu
sababli, sariyog‘ narxi oshsa, bu margaringa bo‘lgan talabning
ortishiga olib keladi. Agar sariyog‘ narxi tushsa bu margaringa
bo‘lgan talabni kamaytiradi. Demak, agar ikki tovar o‘rnini
bosuvchi tovarlar hisoblansa, ulardan birining narxi bilan
boshqasiga bo‘lgan talab hajmi o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri
bog‘liqlik mavjud bo‘ladi. Ikkita tovar bir-birini to‘ldiruvchi
hisoblansa, ularga bir vaqtda talab paydo bo‘ladi. Masalan, agar
benzin narxi pasaysa, bu motor yog‘iga bo‘lgan talabni qisqartiradi.
Shunday qilib, benzin va motor yog‘iga talab o‘zaro bog‘liq bo‘lib,
ular bir-birining narxi va boshqasiga bo‘lgan talab hajmi o‘rtasida
teskari bog‘liqlik mavjud bo‘ladi.
Кelgusida iste’molchi daromadlari va tovar narxi o‘zgarishining
kutilishi, tovarlarning mavjud bo‘lishi yoki bo‘lmasligi kabi omillar
talab hajmini o‘zgartirishi mumkin. Кelgusida narxning nisbatan
oshishining kutilishi, iste’molchi joriy talabning oshishiga olib
keladi.
Aksincha,
narxning
pasayishi
va
daromadning
166
ko‘payishining kutilishi tovarlarga bo‘lgan joriy talab hajmining
qisqarishiga sabab bo‘ladi.
Iste’molchi xohish-istaklari. Iste’molchi xohish-istaklaridagi
o‘zgarishlar talabni o‘zgartirishi mumkin. Кelajakda narxlarni
ko‘tarilishini ehtimolligi iste’molchilarni hozirning o‘zida sotib
olishga undaydi, bu holat hozirgi talab darajasini oshirib yuboradi.
Ayni shu holat tez sur’atda faoliyat ko‘rsatadigan ko‘chmas mulk
bozorlarida bo‘lib o‘tadi. Xaridorlar yangi uy-joylarni narxlari oshib
ketishi mumkinligidan xavotirga tushib qolishadi. Ba’zi xaridorlar
agar o‘zlari xohlagan uylarni sotib olmasalar, “modadan orqada
qolish”dan qo‘rqishadi. Boshqa xaridorlar bu uylarni keyinroq sotib
yuborishni rejalashtiradilar
42
.
Do'stlaringiz bilan baham: