634
30.1-chizma. Valutalar ayriboshlash.
Funt sterling taklifi 250 milliarddan 300 milliardgacha
ko‘paysa, ayriboshlash kursi 1 funt sterlingga 1,18 dollardan 1,0
dollargacha pasayadi. Buning oqibatida:
amerikaliklar uchun Angliya tovarlari nisbatan arzonlashadi;
Angliya eksportining ko‘payishi funt sterlingga talabni oshiradi.
Masalan, agar tovar va xizmatlarning ma’lum bir to‘plamini o‘z
ichiga olgan iste’mol savatining narxi AQSHda 1000 doll., Germa-
niyada 3000 markani tashkil qilsa, narx indeksi 1, real valuta kursi
uchga teng bo‘ladi:
Real valuta kursi
yoki xarid
quvvati pariteti
Bu ikki mamlakatda ishlab chiqarilgan tovarlarning
nisbiy narxi.
j
d
N
R
P
P
E
E
Bu yerda:
E
R
– real valuta kursi;
E
N
– nominal valuta kursi;
P
d
– milliy valutalardagi ichki narxlar darajasi (indeksi);
P
J
– chet valutalaridagi chet eldagi narxlar darajasi (indeksi).
635
3
0
.
1
3000
3000
0
.
1
1000
1000
)
(
3
N
R
E
E
Narx darajasi AQSHda 50%ga
o‘sadi, Germaniyada o‘zgarmay
qoladi, deb faraz qilinsa, xuddi
o‘sha iste’mol savati AQSHda
1500 doll., Germaniyada oldingidek 3000 markani tashkil qiladi
hamda real valuta kursi 4,5ga teng bo‘ladi.
Valuta kurslariga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi omillar ichidan
quyidagilarni ajratib ko‘rsatish mumkin:
‒ milliy daromad va ishlab chiqarish xarajatlari darajasi;
‒ milliy iste’molchilarning real xarid qilish layoqati va mamla-
katdagi inflatsiya darajasi;
‒ valutalarga talab va taklifga ta’sir ko‘rsatuvchi to‘lov balansi
holati;
‒ mamlakatdagi foiz stavkasi darajasi;
‒ valutaga jahon bozoridagi ishonch va h. k.
Valuta kurslarining tebranishini tushuntirishga, xarid qilish
layoqatining paritet (turli mamlakatlar pul birliklari qiymatining bir-
biriga nisbati) nazariyasi yordam beradi. Bu nazariyaga ko‘ra,
kurslar nisbatlarini aniqlash uchun, ikki mamlakat iste’molchilik
tovarlari «savati» narxlarini taqqoslash talab qilinadi. Masalan, agar
O‘zbekistonda bunday «savat», aytaylik 2500 ming so‘m, AQSHda
esa 1000 dol. tursa, 2500 mingni mingga bo‘lib, 1 dol. ning narxini
hosil qilamiz, bu 2500 so‘mga teng. Agar O‘zbekistonda
muomaladagi pul massasining ko‘payishi oqibatida, tovarlar narxi
ikki marta oshsa, barcha sharoitlar teng bo‘lganda dollarning
so‘mga ayriboshlash kursi ikki marta oshadi. Valuta kursi tebranishi
valuta bozorida juda ko‘p omillar ta’sirida shakllanadi. Bu omillarni
shartli ravishda 3 guruhga bo‘lish mumkin: uzoq, qisqa, o‘rta
muddatli.
a) uzoq muddatli omillar: mamlakat iqtisodiyotining umumiy
holati, mehnat unumdorligi darajasi, YaMM o‘sish sur’ati, pul
tizimi;
636
b) o‘rta muddatli omillar: to‘lov balansi holati, budjet taqchilligi
darajasi, kapital qo‘yilmalar holati, inflatsiya sur’ati, pul-kredit
emissiyasi, real foiz stavkalari, valutaga bo‘lgan ishonch, davlat
iqtisodiyotini tartibga solish siyosati va boshqa shu kabilar.
d) qisqa muddatli omillarga bozorda kutilayotgan o‘zgarishlar,
milliy va xalqaro miqyosda iste’molchilarning didi va daromad-
larining o‘zgarishi, yirik banklar, valuta dilerlarining ijtimoiy fikri
va boshqa shu kabilar kiradi.
Valuta kursining har qanday tebranishi ikki xil oqibatga olib
keladi: Eksportni yoki importni afzal qilib qo‘yadi. Bunda eksport
foyda yoki zarar keltirishi, import tovarlari qimmatlashishi yoki
arzonlashishi mumkin. Eksport-import ko‘lamiga qarab mamlakat
iqtisodiyotining valuta kursiga bog‘lanishi kuchayadi.
Do'stlaringiz bilan baham: