To‘lov balansining tuzilishi
30.4-jadval
I. Joriy operatsiyalar hisobi
1. Tovar eksporti
2. Tovar importi
Tashqi savdo balansi qoldig‘i
3. Xizmatlar eksporti
(chet el turizmidan daromadlar
va h.k. - kreditli xizmatlar)
4.Xizmatlar importi
(turizm uchun chet elga to‘lovlar
va h.k. - kreditli xizmatlar)
5. Investitsiyalardan sof daromadlar
(kreditli xizmatlardan sof daromadlar)
6. Sof transfertlar
Joriy operatsiyalar bo‘yicha balans qoldig‘i
II. Кapital harakati hisobi
628
30.4-jadvalning davomi
7. Кapital kirishi
8. Кapital chiqishi
Кapital harakati balansi qoldig‘i
Joriy operatsiyalar va kapital harakat balansi qoldig‘i
III. Rasmiy zaxiralarning o‘zgarishi
Mamlakatning tashqi to‘lov balansi mazkur davlatning chet
ellik sheriklari bilan xalqaro iqtisodiy munosabatlarining holatini
ifodalab, uning kredit-pul, valuta, budjet-soliq, tashqi savdo
siyosatini amalga oshirish va davlat qarzlarini tartibga solishi uchun
indikator bo‘lib xizmat qiladi.
Joriy operatsiyalar hisobi o‘z ichiga tovar va xizmatlar eksporti
(«+» belgisi bilan), import («-» belgisi bilan), investitsiyalardan sof
daromad va sof transfertlarni oladi. Tovarlar eksporti va importi
o‘rtasidagi farq savdo balansini tashkil qiladi.
Tovar eksporti kredit sifatida chiqib, milliy bankda chet el va-
lutalari zaxiralarini vujudga keltiradi. Import esa («debet» grafasida
«-» belgisi bilan) mamlakatdagi chet el valutalari zaxirasini qis-
qartiradi.
Investitsiyalardan sof daromadlar (chet eldan sof omilli daro-
madlar) kreditli xizmatlardan olinadigan daromad hisoblanib, u chet
ellarga qo‘yilgan milliy pul kapitali hisobiga kirib keladi. Agar chet
elga qo‘yilgan milliy kapital mazkur mamlakatga qo‘yilgan chet el
kapitaliga qaraganda foiz va dividentlarning ko‘proq hajmini
keltirsa, bunda investitsiyalardan olinadigan sof daromad ijobiy, aks
holda esa salbiy bo‘ladi.
Sof transfertlar xususiy va davlat mablag‘larning boshqa
mamlakatlarga o‘tkazilgan summasini bildiradi (pensiya, sovg‘a,
chet elga pul o‘tkazishlar yoki chet mamlakatlarga insonparvarlik
yordamlari). Bunday to‘lovlar mamlakatda mavjud chet el valutalari
zaxirasini kamaytiradi.
Makroiqtisodiy modelda joriy operatsiyalar hisobi qoldig‘i
quyidagicha ifodalanadi:
X
-
M
= Xn
= U
-
(s+1+G)
eksport
import
sof
YaIM
Absorbat-
629
eksport
siya
Absorbatsiya ‒ yalpi ichki mahsulotning mazkur mamlakatdagi
uy xo‘jaliklari, korxonalar va davlatga sotiladigan qismi.
Importga to‘lovlar eksportdan olingan daromaddan ortiqcha
bo‘lsa, bu mamlakatning joriy operatsiyalar bo‘yicha balansi
taqchilligini bildiradi. Bu taqchillik chet el qarzlari yordamida yoki
aktivlarning bir qismini chet elliklarga sotish yo‘li bilan moliya-
lashtiriladi va bu kapital harakati hisobida aks etadi.
Eksportdan olinadigan daromad importga sarflardan ortiq bo‘lsa
joriy operatsiyalar hisobi ijobiy qoldiqqa ega bo‘ladi.
Кapital harakati hisobida aktivlar bilan amalga oshiriladigan
barcha xalqaro bitimlar o‘z ifodasini topadi. Bular chet elliklarga
aksiyalar, obligatsiyalar, ko‘chmas mulk va h.k. sotishdan
olinadigan daromadlar hamda chet eldan aktivlar sotib olish
natijasida vujudga keladigan sarf-xarajatlar.
Кapital
Aktivlar
Chetdan aktivlar
harakati
=
sotishdan
-
sotib olishga
balansi
tushumlar
sarflar
Chet el aktivlarini sotish ularning zaxiralarini ko‘paytiradi,
ularni sotib olish esa kamaytiradi. Кapital harakati hisobi ham
taqchillikka va ijobiy qoldiqqa ega bo‘ladi.
To‘lov balansining taqchilligi Markaziy bank (MB) rasmiy
zaxiralarini qisqartirish hisobiga moliyalashtirilishi mumkin.
Rasmiy zaxiralarning asosiylari quyidagilar:
chet el valutalari;
oltin;
mamlakatning XVFdagi kredit ulushi;
qarz olishning maxsus huquqi (SDR) va
h.k.
Balans taqchilligi rasmiy zaxiralar hisobiga
moliyalashtirilganda, ichki bozorda chet el
valutalari taklifi ortadi, milliy valutalar taklifi
esa nisbatan kamayadi va uning ayriboshlash
kursi nisbatan o‘sib milliy iqtisodiyotga inqi-
rozli ta’sir ko‘rsatadi.
630
Aksincha, to‘lov balansining aktiv qoldig‘i MB rasmiy valuta
zaxiralarining o‘sishi bilan birga borganda ichki bozorda chet el
valutalari taklifini kamaytiradi, milliy valuta taklifi esa nisbatan
ortadi va uning ayriboshlash kursi pasayib, iqtisodiyotga
rag‘batlantiruvchi ta’sir ko‘rsatadi.
MB tomonidan chet el valutalarining bunday sotilishi va sotib
olinishi rasmiy zaxiralar bilan operatsiyalar deyiladi. Rasmiy zaxira-
lar bilan operatsiyalar natijasida joriy hisobdagi qoldiq summasi, ka-
pital harakati hisobi va zaxiralar miqdorining o‘zgarishi «nol»ni
tashkil qilishi zarur.
Mamlakat uzoq davr davomida joriy operatsiyalar bo‘yicha
taqchillikni bartaraf qilishni kechiktirishi va o‘zining rasmiy valuta
ehtiyojlarini to‘liq sarflashi natijasida to‘lov balansi inqirozi kelib
chiqadi.
Mamlakat
tashqi
qarzlarni
to‘lash
holatida
bo‘lmaganligi sababli, chet eldan
kreditlash
imkoniyati
mavjud
bo‘lmaydi.
Iqtisodiyot
subyektlarining
davlat va MB siyosatiga ishonch-
sizligi to‘lov balansi inqirozini
chuqurlashtiruvchi omil hisobla-
nadi. Milliy valuta qadrsizlanishi-
ning kutilishi chet el valutalariga
chayqovchilikka
qaratilgan
talabni rag‘batlantiradi. Bu MB ning milliy valuta qadrsizlani-
shining oldini olishga qaratilgan harakatini ancha qiyinlashtiradi,
chunki uning rasmiy valuta ehtiyotlari bir vaqtda to‘lov balansining
taqchilligini moliyalashtirish va chet el valutalariga o‘sib boruvchi
chayqovchilik talabini qondirish uchun yetarli bo‘lmay qoladi.
Bunday holda valutalarning, «xufyona bozori» vujudga kelib,
rivojlana boshlaydi.
Respublikamizda davlat budjeti taqchilligi ijobiy xarakterga
egaligi, tashqi savdo aylanmasida ijobiy saldoga erishilganligi va
oltin-valuta zaxiralarimizning yildan-yilga ko‘payib borayotganligi
«...mamlakatimiz to‘lov balansining barqarorligini ta’minlashda
631
mustahkam asos bo‘lib xizmat qiladi va tashqi iqtisodiy sherik
sifatidagi O‘zbekistonga bo‘lgan ishonchni orttiradi»
157
.
Bugun keng ko‘lamda tarqalib borayotgan jahon moliyaviy
inqirozining asosiy sabablaridan biri tashqi qarz va uni uzish muam-
molari bilan bog‘liq.
Shuni aytish kerakki, ko‘plab davlatlarning tashqi qarz masala-
sidagi puxta o‘ylanmagan siyosati ularning iqtisodiyotini zaif, tashqi
omillarga qaram, xatarli vaziyatlar oldida himoyasiz va nochor ah-
volga solib qo‘yganini kuzatish qiyin emas. O‘zbekiston o‘zining
mustaqil taraqqiyoti davrida qisqa muddatli spekulyativ kreditlardan
voz kechib, chet el investitsiyalarini uzoq muddatli va imtiyozli foiz
stavkalari bo‘yicha jalb etish tamoyiliga doimo amal qilib
kelmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |