O‘zbeкiston respubliкasi oliy va o‘rta mahsus ta’lim vazirligi


O‘zbekistonda moliyalashtirish manbalari bo‘yicha asosiy



Download 15,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet201/321
Sana24.09.2021
Hajmi15,11 Mb.
#183563
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   321
Bog'liq
2 5415834295740664524

O‘zbekistonda moliyalashtirish manbalari bo‘yicha asosiy 

kapitalga kiritilgan investitsiyalar (2016 y.) 

 

Investitsiyalar manbalar  



(%) 

Asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar - jami   

100,0 

Shu jumladan: 



Respublika budjeti mablag‘lari 

4,5 


Кorxona va aholi mablag‘lari 

53,0 


Bank kreditlari va boshqa qarz mablag‘lari  

11,1 


Chet el investitsiyalari va kreditlari 

21,3 


Davlat maqsadli jamg‘armasi 

10,1 


 

Investitsiyalarning  muhim  manbai  hisoblangan  “Xorijiy 

investitsiyalarni,  birinchi  navbatda,  to‘g‘ridan-to‘g‘ri  xorijiy 

investitsiyalarni  jalb  etish  bo‘yicha  ishlar  qanday  ahvolda  ekani 

tanqidiy  tahlilni  talab  etadi.  Bunday  investitsiyalarning  ulushi  30 

foizga tushib qolgan”

82

.  


Asosiy kapitalga investitsiyalarning mulkiy tuzilishi uning jami 

hajmida  davlat  va  nodavlat  investitsiyalari  ulushini  ko‘rsatadi. 

O‘zbekistonda  jami  investitsiyalarda  nodavlat  sektorining  ulushi 

1991-yildagi 24 %dan, 2000-yilda 34, 7%, 2002-yilda 59,2%, 2008-

yilda  79,8%  va  2012-yilda  77,5%  ga  yetgan.  2016-yilda  nodavlat 

investitsiyalarda  xususiy  sektor  21,8%  ni,  xo‘jalik  birlashmalari 

36,4% ni, chet ellik qo‘yilmalari 21,3% ni tashkil qilgan.  

Investitsiyalarning  ishlab  chiqarish  tuzilishi  ishlab  chiqarish  va 

noishlab  chiqarish  maqsadidagi  mablag‘lar  ulushini  aks  ettiradi. 

2016-yilda  O‘zbekistonda  jami  investitsiyalarning  70  foizidan 

                                                           

82

 



Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik - har bir rahbar 

faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. T.: «O‘zbekiston», 2017 14-yanvar. 27-bet.  

 



378 

ortig‘i  ishlab  chiqarish  obyektlarini  qurish  va  kengaytirishga 

yo‘naltirilgan. 

O‘zbekistonda  so‘nggi  besh  yil  mobaynida  investitsiyalarning 

yillik  o‘sish  sur’ati  o‘rtacha  10%  dan  ortiqni  tashkil  etadi  va  bu 

dunyodagi  yuqori  ko‘rsatkichlardan  biri  hisoblanadi.  Mustaqillik 

yillarida  iqtisodiyotda  o‘zlashtirilgan  investitsiyalar  hajmi  17 

martadan ziyod oshdi.  

Jami investitsiyalardagi alohida tarmoq va sohalar ulushi uning 

tarmoq tuzilishini ko‘rsatadi. 

Respublikamiz  iqtisodiyotida  sanoat  tarmog‘ining  jami  inves-

titsiyalardagi  ulushi  barqaror  yuqori  bo‘lib,  2016-yilda  39,3%  ga 

yetgan 2000-yilga taqqoslaganda bu ulush 10%ga yaqin ortgan. 

Investisiyalarning  texnologik  tuzilishi  uning  qurilish-montaj 

ishlariga,  uskuna,  jihoz  va  inventarlarga,  boshqa  kapital  ishlar  va 

xarajatlarga qo‘yilgan ulishini ifodalaydi. 

Investisiyalarning  asosiy  kapitalning  alohida  turlari  bo‘yicha 

tuzilishi ham ajratiladi. Bu jami investitsiyalarda bino va inshootlar 

qurilishiga,  mashina,  uskuna  va  inventarlar  sotib  olishga  yo‘nal-

tirilgan kapital mablag‘larning salmog‘ini ko‘rsatadi.  

Investisiyalarning  takror  ishlab  chiqarish  tuzilishi  korxonalarni 

texnik  qayta  jihozlash  va  rekonstruksiya  qilishga,  ularni  kengay-

tirishga,  ya’ni  qurilishlarga  va  ayrim  obyektlarga  yo‘naltirilgan 

mablag‘lar ulushini aks ettiradi. 

Asosiy  kapitalga  investitsiyalarning  hududiy  tuzilishi  alohida 

ma’muriy  –  hududiy  bo‘linmalar  (viloyat,  shahar,  tuman)ning 

mazkur  mablag‘lardagi  salmog‘ini  ko‘rsatadi.  Hozirgi  kunda 

“mamlakatimiz  hududlariga  xorijiy  investitsiyalarni  jalb  etish  o‘ta 

qoniqarsiz  ahvolda  qolmoqda”

83

.  Shu  bilan  birga  “Jalb  qilingan 



xorijiy investitsiyalar va kreditlardan samarali foydalanish” dolzarb 

bo‘lib qolaveradi

84



Investitsiyalarga  sarflar  darajasini  ikkita  asosiy  omil  belgilab 



beradi: 

                                                           

83

  Mirziyoyev  Sh.M.  Tanqidiy  tahlil  qat’iy  tartib-intizom  va  shaxsiy  javobgarlik  -  har  bir  rahbar 



faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. T.: «O‘zbekiston», 2017 14-yanvar. 28-bet. 

84

 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha 



Harakatlar strategiyasi.  

 

 




379 

1)  Tadbirkorlar  investitsiyalarga  sarflardan  olish  ko‘zda 

tutilgan, kutilayotgan sof foyda normasi va 2) foiz stavkasi. 

Investitsiyalarga  qilinadigan  sarflarning  harakatlantiruvchi 

motivi  foyda  hisoblanadi.  Tadbirkorlar  ishlab  chiqarish  vositalarini 

qachonki, ular foyda keltiradigan bo‘lsa sotib oladi. 

Investitsiyalar  darajasini  belgilaydigan  ikkinchi  omil  foizning 

real stavkasi hisoblanadi. Foiz stavkasi ‒ real asosiy kapitalni sotib 

olish  uchun  zarur  bo‘lgan  band  qilingan  pul  kapitali  uchun  to‘lash 

zarur bo‘lgan pul miqdori hisoblanadi. Agar kutilayotgan sof foyda 

normasi foiz stavkasidan ortiq bo‘lsa, investitsiyani amalga oshirish 

maqsadga muvofiq bo‘ladi. Aksincha, foiz stavkasi kutilayotgan sof 

foyda  normasidan  ortiq  bo‘lsa,  investitsiyalash  samarasiz  hisob-

lanadi. 


Investitsiya  darajasiga  kutilayotgan  sof  foyda  normasi  va  foiz 

stavkasidan tashqari quyidagi omillar ham ta’sir ko‘rsatadi:  

1.  Mashina  va  uskunalarni  xarid  qilish,  ishlatish  va  ularga 

xizmat ko‘rsatish xarajatlari. 

2. Tadbirkorlardan olinadigan soliq miqdori. 

3. Ishlab chiqarish tex-

nologiyasi. 

4.  Asosiy  kapitallar-

ning mavjud hajmi. 

5.  Bozor  konyunktura-

sidagi ro‘y berishi mumkin 

bo‘lgan o‘zgarishlar. 

Investitsion  sarflar  o‘z-

garuvchan  bo‘lib,  bu  uni 

belgilab  beruvchi  omillar 

mavjudligi bilan izohlanadi. 

Bular quyidagilar:  

investitsion  tovarlar  (asosiy  kapital)ning  noaniq  xizmat 

muddatiga ega bo‘lishi; 

innovatsiyalar, texnika va texnologiyalar sohasidagi ancha katta 

kashfiyotlar doimiy paydo bo‘lib turmasligi; 

iqtisodiyot siklli rivojlanish tamoyiliga ega bo‘lishi; 

tadbirkorlar oladigan foyda doimiy barqaror emasligi; 



380 

ro‘y  berishi  mumkin  bo‘lgan  favqulodda  holatlar  (siyosiy 

vaziyat, davlat iqtisodiy siyosatidagi o‘zgarishlar va h.k.). 

 


Download 15,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   321




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish