Kashnich (Coriandrum sativum). U gullari oq, aralash jinsli, urug‘i silliq,
bir oz dumaloq yoki ovalsimon, barglari qirqilgan bir yillik tuksiz yashil
o‘simlikdir (83-rasm). Kashnich aholi tomonidan uzoq vaqtlardan beri ekilib
kelinadi, ba’zan yovvoyilashadi. Vatani O‘rta dengizdir. Kashnich mevasida
0,8% gacha korindrin efir moyi bor. Qoldig‘ida 18% gacha yog‘ bo‘lib, u
sovun ishlab chiqarishda va to‘qimachilik sanoatida ishlatiladi. Bargi tayyor
bo‘lgan taomlarga ko‘kat sifatida solinadi.
305
Do'stlaringiz bilan baham: |