Mavrak avlodi (Salvia). Bu av-
lod vakillari gullari 2 labli, ustki labi
shlemsimon, otaligi faqat 2 ta, 500
turdan iborat ko‘p yillik o‘t yoki
chala buta o‘simliklardir. Ular issiq
iqlimli mintaqalarda, xususan O‘rta
dengiz mintaqasida ko‘p tarqalgan.
O‘zbekistonda 17 turi bo‘lib, dashtlarda, maysazorlarda, ayniqsa O‘rta
Osiyo tog‘larida ko‘p tarqalgan. Gullari chetdan changlanishga juda
moslashgandir.
Muskat mavragi yoki zig‘irak (S. Sclarea). Bu ko‘p yillik, xushbo‘y
hidli o‘t o‘simlikdir. Birinchi yili poyasiz bo‘lib faqat to‘p-to‘p barglari
chiqadi. To‘pguli yirik, ruvaksimon, gullari och pushti, binafsha ranglidir.
Bog‘larda, lalmikor yerlarda, tog‘larda esa daralarda o‘sadi. Muskat
314
mavraklar O‘rta Osiyo, Qrim va Kavkazda tarqalgandir. Yuqori sifatli
qimmatbaho efir moyi olish uchun ekiladi.