Anatomiya 2014. indd



Download 4,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet390/731
Sana21.09.2021
Hajmi4,54 Mb.
#180860
1   ...   386   387   388   389   390   391   392   393   ...   731
Bog'liq
anatomiya fiziologiya va patologiya

Kesson kasalligi. Odam suv ostida ishlaganda atmosfera bosi-

mi ortadi. Bunda qondagi azot suyuq holatdan gaz holatiga o‘tib, 

qon tomirlarni bekitib qo‘yadi – havoli emboliya kelib chiqadi 

va o‘lim yuz beradi. Bunday holat Kesson kasalligi deyiladi. Kes-

son kasalligi dengizchilarda, marvarid axtaruvchilarda uchraydi. 



264

Kesson kasalligida bo‘g‘im va mushaklarda og‘riq, talvasa tutishi, 

og‘ir hollarda hush dan ketish, parez va paralichlar kuzatiladi.

Nafas a’zolarida patalogik jarayonlar tufayli nafas

olishning buzilishlari

Nafas a’zolari holatining buzilishi o‘pka harakatchanligining 

chek lanishi, nafas yo‘llari o‘tkazuvchanligining buzilishi, o‘pka-

ning o‘zida nafas olish sathining kamayishi bilan bog‘liq bo‘lgan 

o‘zga rishlar tufayli vujudga kelishi mumkin.

O‘pka harakatlanishining cheklanishi, plevra bo‘shlig‘ida 

suyuq lik yi g‘ilganida – istisqo, plevrit va qon ketishlarda – gemo-

torakslarda ham paydo bo‘ladi. Agar suyuqlikning miqdori ko‘pay-

sa (1–2  l), o‘pka siqiladi, to‘qimasi puchayib, havosizlanadi.

Pnevmotoraks – o‘pkaning jarohatlanishi tufayli plevra bo‘sh-

li g‘ida havoning to‘planishi.

Nafas yo‘llari o‘tkazuvchanligining buzilishi – odatda, shu 

yo‘llarni birortasini shilliq pardasini yallig‘lanishi bilan bog‘liq 

bo‘ladi.


Burun shilliq pardasining yallig‘lanishi – 

rinit (tumov). Bun-

da shilliq parda shishadi, burun yo‘llari torayadi, goho ularning 

bekilib qolishi kuzatiladi. Rinitda nafas og‘iz orqali olinadi. Ha-

vo traxeya va bronxlarga yetarlicha isitilmay va chang zarrachala-

ridan tozallanmay o‘tadi. Rinit o‘tkir, surunkali, allergik bo‘lishi 

mumkun. O‘tkir rinit da qo‘l-oyoq lar qaqshaydi, bosh og‘riydi, 

aksa urish, burun oqishi kuzatiladi. Tez-tez qaytalanib davolan-

masa, surunkali rinitga aylanadi. Surunkali rinit vaqti-vaqti bi-

lan qo‘zg‘ab turadi. Allergik rinit, ko‘pincha, bahorda boshlanadi. 

Uni gul changi, hidi, hayvonlar yung i va boshqalar keltirib chiqa-

radi. Bemor 10–15 marta aksa uradi, burni oqadi, ko‘zlari qizarib 

allergik kon yuktivit ham qo‘shiladi.

Burun atrofidagi bo‘shliqlarni yallig‘lanishi 

sinusit deb atala-

di. Gaymor bo‘shlig‘ini yallig‘lanishi gaymorit, peshona sinusi ni 

– frontit, g‘alvirsimon sinusni – etmoidit, ponasimon sinusini – 

sfenoidit deyiladi. Ko‘pincha, gaymorit uchraydi. Bunda burun 

bitib qoladi, bosh og‘riydi, isitma ko‘tariladi, rengentda gaymor 

bo‘shlig‘ida yiring to‘plangani ko‘rinadi.

Hiqildoq shilliq pardasini yallig‘lanishiga 

laringit  deyiladi. 

Kasallik, ko‘pincha, bolalarda kechasi boshlanadi. Bolani ovozi 




265

behosdan yo‘qoladi – bu afoniya deyiladi. Shilliq parda shishib, 

nafas olish qiyinlashadi, bo‘g‘ilish – asfiksiya yuz beradi.

Atelektaz deb puchayib qolgan o‘pka to‘qimasiga aytiladi. Ate-

lektaz bo‘lgan qismlar qattiqlashgan havosiz ko‘rinadi. Atelek-

tazga o‘pkaning plevra bo‘shlig‘i tomonidan ezilishi yoki o‘pka-

ning biror qismiga havoning kelmay qolishi olib keladi. O‘pka-

ga havoning yetmay qolishiga bronxlarning turli xil yot narsa-

lar: yemi ralayotgan o‘pka to‘qimasi, yallig‘lanish ekssudati, nafas 

olish yo‘llari o‘smasi bilan tiqilib qolishi sabab bo‘ladi.

Ba’zida atelektaz chaqaloqlarda uchraydi va uni tug‘ma ate-

lektaz deb ataydilar. Homilaning o‘pkasi puchaygan holda bo‘lib, 

birin chi nafas olgandan so‘ng bolaning o‘pkasi yoziladi. Nafas 

fao liyati sust bo‘lganda esa, o‘pka qismlari puchaygan holatda qo-

laveradi. Ba’zi tadqiqotchilar bunday puchaygan qismlarni barcha 

yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda qoladi deb hisoblaydilar va ular-

ni nafas aktiga qo‘shilmaydigan fiziologik nafas atelektazi, ya’ni 

zaxira qismlar sifatida baholaydilar.


Download 4,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   386   387   388   389   390   391   392   393   ...   731




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish