- MAVZU:’’IKKINCHI NAFAS’’ HOLATINING SPORT FAOLYATIDAGI O’RNI
- Reja:
- «O‘lik nuqta» va «ikkinchi nafas»
- Turg‘un holat
- Charchash
- Funksiyalarning tiklanish xususiyatlari
- Sportning har xil turlari bilan shug‘ullanishda sportchi organizmida qator holatlar kuzatiladi. Ularni start oldi holati, razminka mashqlari ta’sirida yuzaga keladigan holat, ishga kirishish holati, turg‘un holat, charchash holati va nihoyat, sportchining dam olish davrida kechadigan tiklanish holatiga ajratiladi. Bu holatlarda organizmda yuzaga keladigan fiziologik reaksiyalar o‘ziga xosligi bilan farqlanadi, chunki har bir holatda sodir bo‘ladigan fiziologik jarayonlar organizmga ta’sir ko‘rsatadigan ma’lum omilarga bog‘liq.
- Start oldi holati
- Sport fiziologiyasida mashq, ayniqsa,sport musobaqalari oldidan yuzaga keladigan ikki holat (start oldi va start holatlari) ko‘zga tashlanadi.
- Sportchida musobaqa boshlanguncha yuzaga keladigan fiziologik va psixologik funksiyalarning o‘zgarishi start oldi holati deb yuritiladi.
- Start oldi holati faoliyat boshlanmasdan yuzaga kelib organizmni bo‘ladigan ishga tayyorlaydi.
- Start holati- sportchi ish bajariladigan joyda, masalan, suv havzasining kursisida yoki yugurish yo‘lida turganda, yuzaga keladigan somatik va vegetativ reaksiyalar darajasini o‘zgartirishidir.
- Start oldi holati, organizm ishga kirishmasidan bir necha daqiqa, soat hatto bir necha kun ilgari kuzatilishi mumkin. Masalan, sportchiga bir necha kun oldin uning musobaqada ishtirok etishi haqida aytilishi, u sportchida qator fiziologik o‘zgarishlarni yuzaga keltiradi. Yurak urishi , nafas olishi tezlashadi, qonda qand va sut kislotasi ko‘payadi va hakazo. Bu o‘zgarishlar start oldi reaksiyalari bo‘lib, ular organizmni bo‘lajak musobaqaga tayyorlaydi, ya’ni bajariladigan ishga moslashish yuzaga keltiradi. Start oldi reaksiyalari bevosita start oldidan sezilarli bo‘ladi.
- Musobaqa boshlanish oldidan sportchilarning tinch holatidagi yurak urish tezlashadi, bir daqiqalik hajmi 15-20 l.ga, kislorod o‘zlashtirish 400-600 ml. ga yetadi, ya’ni asosiy almashinuv darajasiga nisbatan 2-2,5 marta ortadi.
- Start holati fiziologik nuqtai nazaridan shartli refleksdan iborat. Muskul ishi shartsiz ta’sirlovchi bo‘lib, uni bajarilishidagi hamma sharoitlar, faktorlar shartli ta’sirlovchi bo‘ladi.
- Sportchilarda start oldi holatining uch xil shaklida ko‘rinishi aniqlangan: bular jangovar tayyorlik, start oldi holatini (titrog‘i) va start oldi apatiyasi (loqaydlik)dir.
- Jangavor tayyorgarlik holati- bu holatdagi sportchi bo‘lajak ishni optimal holatda kutib oladi., ya’ni bunday holatga ega bo‘lgan sportchining markaziy asab sistemasida asab jarayonlari (qo‘zg‘alishva tormozlanish) teng, nisbatan optimal rivojlangan bo‘lib, harakat va vegetativ funksiyalarni bajariladigan ishga mos holda o‘zgarishini ta’minlaydi.
- Start oldi titrog‘i –markaziy asab sistemasida qo‘zg‘alish jarayonining keragidan ortiq ko‘payishi, uning tormozlanishidan –ustun turishi va organizmga keng yoyilishi oqibatida yuzaga keladi. Bunday holatdagi sportchidan diffirensirovka buziladi, natijada sportchi musobaqalarida boshlanayotgandayoq qator xatolarga yo‘l qo‘yadi.
- Start oldi apatiyasi bu holatda sportchining markaziy asab sistemasida tormozlanish jarayoni qo‘zg‘alishidan ustun turadi. Natijada, sportchi o‘z imqoniyatlarini past baholab, musobaqaga qatnashmaslikka harakat qiladi. Start oldi apatiyasi jismonan yaxshi chiniqmagan musobaqaga yetarli tayyorgarlik ko‘rmagan sportchilarda hamma musobaqa boshlanishiga kechikkan hollarda ko‘proq yuzaga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |