Bilak-kaft usti bo‘g‘imi (artculatio radiocarpea) (47-rasm)
bilak suyagining kaft suyaklari bo‘g‘im yuzasi, medial tomon-
dan bo‘g‘im diski
va kaft usti suyaklarining birinchi qatoridagi
uchta: qayiqsimon, yarim oysimon va uch qirrali suyaklarning
proksimal bo‘g‘im yuzalari o‘rtasida hosil bo‘ladi. Tuzilishi ji-
hatidan bilak-kaft usti bo‘g‘imi murakkab bo‘lib, shakl jihatidan
ellipssimon bo‘g‘imlar guruhiga kiradi. Bo‘g‘im xaltasi suyak-
larning bo‘g‘im yuzalari chekkasi bo‘ylab birikkan bo‘lib, orqa
tomonda yupqa bo‘ladi. Bo‘g‘im xaltasini yon tomonda joylash-
gan kaft ustining bilak kollateral va kaft ustining tirsak kollate-
ral boylamlari mustahkamlab turadi. Bo‘g‘imning kaft yuzasida
bilak suyagi bo‘ g‘im yuzasining oldingi chekka sidan boshlanib,
kaft usti suyaklarining birinchi qatoriga va boshchali suyakka
Do'stlaringiz bilan baham: |