Farmon Ergashovich Nurboeyv, Shahlo Shavkatovna Tillоeva, Dilbar Baxriddinovna Raxmatova



Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet219/301
Sana20.09.2021
Hajmi3,05 Mb.
#180093
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   301
Bog'liq
ibn sino talimoti

Mavzu savollari 
1 O’pka xastaliklari turlari. 
2.Zoturriya. Sababi, davolash  


271 
 
3.Zotiljam haqida tushuncha berish  
4.Yo’tal ta’rifi, sababi, davolash. 
5.Qon tuflash.Sababi, davolash, qiyoslash 
6.Ko`krak va o`pka yaralari, o`pka sili haqida tushuncha berish  
5.2. § .Yurak qon-tomir sistemasi kasalliklarini sharqona usulda  
tashxislash va davolash. 
Yurak kasalliklarining belgilari 
           Tabiiy  bo’lmagan  mizojlarning  dalillari  yurak  kasalliklarini  bildiruvchi 
belgilardandir. Kuchning zaifligi va ketish, sirtqi yoki dastlabki biror sababdan yoki 
boshqa a`zoning hamkorligidan bo’lmagan ozish yurak mizojining buzilganiga belgi 
bo`ladi;  agar shu  holda xafaqon ham paydo bo`lsa, belgi to’la-tekis bo`ladi, agar u 
hushdan ketishga borib taqalsa, mizoj buzilganligi kuchaygan bo`ladi. 
 Yurakda moddasiz sovuq yo issiq, yoki quruq, mizoj buzilishi kuchaysa, badan 
silliq  va  ozish  yo`liga  kiradi,  buzilgan  mizoj  issiq  bo`lsa,  umuman  ingichka  og’riq 
kasaliga uchraydi, sovuq bo`lsa, ingichka og’riqning keksa va juda qarib zaiflashib 
ketgan  kishilarda  bo`ladigan  bir  turini  keltirib  chiqaradi,  quruq  bo`lsa,  sil  va 
ingichka  og’riq  kasalliklarini  keltirib  chiqaradi;  bu  sil  o`pkadan  bo`ladigan  sildan 
boshqacha  bo`ladi,  chunki  bunda  o`pkaning  o’zi  zararlanmaydi,  bunga  yo`liqqan 
kishida yo’tal ham bo’lmaydi, issig’i yo’qligidan issiq ingichka og’riq kasalligidan 
ham boshqacha bo`ladi 
Yurakdagi  buzilgan  issiq  mizojning  belgisi:  tomir  urishining  tezligi  va  ketma-
ketligining  tabiiylikdan  ortib  ketishi,  nafasning  odatdagidan  ko’ra  ko`proq  tez  va 
ketma-ket  bo`lishi,  sovuq  havo  bilan  to’xtaydigan  kuchli  tashnalik,  salqindan 
rohatlanish, boshqa biron sababsiz badanning umumiy ozishi va erishi, alangalanish 
bilan birga bo`lgan g’amginlik va behuzurlikdir. 


272 
 
  Buzilgan sovuq mizojning belgisi tomir urishining odatdagidan ko’ra kichikligi, 
sustligi va siyrakligidir; lekin quvvati tushib boshqa  yo`l bilan qoplanmagan hojatni 
qoplash uchun ketma-ket nafas olishga majburiyat paydo bo`lsa,  u belgi bo’lmaydi.  
  Yana  nafas  olishning  kuchsizlanishi,  quvvatning  tarqalishi,  isitadigan  turli 
narsalarga  tekkanda,  ularni  hidlaganda  va  tatiganda  rohat  topish;  shuningdek 
cho’chiydigan bo`lishlik, qo`rqoqlik, haddan tashqari yumshoqlik va ko`ngilchanlik 
ham buzuq sovuq mizojning belgilaridandir. 
Buzilgan ho’l mizojning belgisi tomir urishining odatdagidan ko’ra yumshoqligi, 
ruhga ta`sir qiluvchi narsalardan tez ta`sirlanish va ta`sirning tez ketishi, xiltlarning 
hidlanishidan bo`ladigan isitmalarning ko`p bo`lishidir. 
  Buzilgan quruq mizojning belgisi tomir urishining odatdagidan ko’ra quruqligi, 
ta`sirlanishning qiyinligi, ta`sirlanishning kuchli yoki kuchsiz bo`lsa ham uzoq  vaqt 
qolishi va  badanning ozishidir. 
  Yurakda  bo`ladigan  shishlarning  belgilariga  kelsak,  ularning  ba`zilari  issiq 
shishlarning belgilaridan iborat, ularning boshlanish paytida tomir urishida qiziq va 
odatdan tashqari notekislik yuz beradi, badanda, ayniqsa nafas a`zolariga beriladigan 
alanga zo’rayadi.   
   Nafas oluvchi kishi eng sovuq havoni burun orqali mumkin qadar ko`p tortsa 
ham,  nafas  olmayotgandek  bo`ladi,  so`ngra  uning  ketidan  bir  necha  bor  hushdan 
ketishlik yuz beradi. 
Yurakdagi  issiq  shishlarning  holatini  aniqlashda  boshqa  shunga  o`xshash 
kasalliklarda  bo`ladigan  tomir  urishining  qattiqligi  kabi  belgini  kutish  kerak  emas. 
Chunki yurak shishi tomir urishining qattiqlashuvigacha borib yetmaydi, balki undan 
oldin oldiradi. 
Yurakda  uzluksizlikning  buzilganligi  esa  sirtda  bo`ladigan  sabablar  orqali  bilinadi. 
Ba`zi tabiblarning aytishicha, yurakda yara paydo bo`lsa, kishi o’ladi, uning belgisi 
chap sut bezi tugmachasining og’rishidir. 


273 
 

Download 3,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   301




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish