Ko`krak yaralarini va silni davolash
Yara o`pka nayida bo`lsa, dori unga tez boradi. Kasal orqasi bilan yotishi,
dorini og’ziga olib turib, so`lagini oz-oz yutishi, ya`ni bir yo`la ko`p yutmasligi
kerak, chunki ko`plab yutish yo`talni qo`zg’atadi. Dorili so`lak yo`talni
qo`zg’atmasdan halqumga borib yetsin uchun halqum mushagini bo`sh tutish kerak.
U dorilar esa yopishtirish va quritish xususiyatiga ega bo`lgan dorilardan iboratdir.
Ko`krak va o`pkada bo`ladigan va biz yuqorida aytib o`tgan yaralarni davolashga
kelsak, buning uchun yuvib tozalovchi dorilarni buyurish zarur. Kasalga og’riq
tomonini bosib yotish, yo`talib turish va qimirlash buyuriladi, yoki u bir oz tebratib
turiladi. Ba`zan yaraga asal suvi yuborilgandan keyin, yiringni tortadigan qurol
orqali yaradan yiring chiqariladi. Modda tozalanib undan hech narsa qolmaganligiga
ishonilsa, u paytda et undirib bitiruvchi dorilar ishlatiladi. Tozalab ketkazadigan
dorilar ichida bu kasallik uchun asaldan yaxshi dori yo`q. U tozalovchi bo`lish bilan
birga tabiatga sevimli va yaralarga zarar qilmaydigan ovqat hamdir.
O`pka yarasiga kelsak, u ikki xil tadbir bilan davolanadi; ularning biri
haqiqiy davolash, ikkinchisi yaraga to`sqinlik qilib turish bilan davolashdir. Haqiqiy
davolash, kasallik davolashni qabul qilarli darajada bo`lganidagina mumkin bo`ladi.
Biz buni aytib o`tdik. Bu xil davolash yarani tozalash, uni quritish, undan
moddalarni haydash, nazlalarni to`xtatish va et unishiga yordam berish bilan bo`ladi.
265
Qisqasi, badanni tozalash, moddani boshdan quyi a`zolarga tortish va boshda
chiqindilar ko`paymasligi uchun boshni kuchli qilish, boshdan o`pkaga quyiladigan
moddani to`xtatish va uni boshqa tomonga tortish kerak. Tozalash tomirdan qon
olish bilan ham turli chiqindilarni chiqarib tashlaydigan qo’tsoyo, ayniqsa muql va
arab yelimi qo`shilgan qo’tsoyo kabi dorilar bilan bo`ladi. Ba`zan savdoli xiltlarni
chiqaradigan devpechak va shunga o`xshash doriga ehtiyoj bo`ladi. Ba`zan
chiqindilarni kamaytirish uchun qayta-qayta bo`shatishga to`g’ri keladi. Bo`shatish
dori yordami bilan va tomirdan qon olish orqali qilinadi. Keyin dam beriladi, so`ngra
yana bo`shattiriladi, ayniqsa kuchli badanlarda shunday qilinadi.
Ko`knor sharbati, ayniqsa uning ko`knordan qilinganini va boshqasini
iste`mol qilish nazlalar zararini qaytaradigan foydali tadbirlardandir.
Havosi quruq joylarga ko`chish, bemor tabiatining shunday tadbirni qabul
qilishiga yordam beradigan narsalardan sanaladi. Bemorni u yerda davolab, sut
ichirib turish lozim.
O`pka bo`laklari bir-birining ustiga tekis tushib turishi va yara bo`laklari
doimo birikkan va tabiiy holatda tursin uchun kasalni ko`proq vaqt bo`ynini
yuqoriga va oldinga cho`zdirib, tikka vaziyatda qo`yish kerak. Balg’am tashlashga
to`sqinlik qiladigan narsalar orqali yo`talni va tuflashni hadeb to`xtayvermaslik
lozim, chunki bunda bemor o`zini yengil deb his qilsa ham, zo`r xavf bor. O`pka
yarasiga to`sqinlik qilishga kelsak, uning, yeyilmasligi va kengaymasligi uchun
qotirish va quritish tadbirini ishlatish zarur. Lekin, u bilan yaraning et olib bitishi
umid qilinmasa ham kasalning umrini bir oz uzaytirishi mumkin. Lekin bemorning
shu muddatdagi hayoti yaxshi o`tmaydi va u tadbirdagi eng kichik xato sababli
qiynaladi. Shu qurituvchi dorilar, o`pkani burishtirib, quritib, yarasini bitkazmasa
ham biriktiradi va toraytiradi. Shu tadbirni qo`llagan tabib bemorga sut iste`mol
qildirishi kerak emas. Asal sil yarasiga ishlatiladigan dorilarning biriktiruvchisi
bo`lib yaralarga zarar qilmaydi. Yaralarni tozalash yuqorida aytilgan tozalovchi
266
dorilar bilan va karobodinda sil uchun tayin qilingan zufo qaynatmasi bilan amalga
oshiriladi. Ulardan kuchlirog’i karobodinda ko`rsatilgan yovvoyi yasmiq va
chigitdan tayyorlanib yalanadigan doridir; undan ham kuchlirog’i oq piyozni ot suti
bilan qo`shib tayyorlab yalanadigan doridir. Ba`zan o`sha dorilarga ilashtirib
yopishtiradigan narsalarni qo`shish kerak bo`ladi. Ba`zan yo`talni to`xtatish va
dorining qo`nib ta`sir qilishi uchun uvushtiruvchi dorilar qo`shiladi; Shu paytda
kasalni oyoqqa turg’azadigan kuchli ovqatlardan buyurish kerak bo`ladi. Ularning
odatdagisi yovvoyi yasmiqdan qilingan hamda shom gandanosi qo`shib no`xat, uni
va xandarus o’simligidan tayyorlangan suyuq oshlardir, yana suvda qaynatilgan
shom gandanosining o`zi, hamda tozalovchi va et undiruvchi dorilar solib
qaynatilgan asal suvlari beriladi; yana kammuniy va asonosiyo kabi qurituvchi
ma`jun dorilar va tarkibiga zig’ir qo`shilgan yalanadigan dorilar ishlatiladi. Ammo
mitridat va taryoqni ma`lum vaqtlarda, ayniqsa kasallikning dastlabida bemor juda
ozmagan va isitma juda so`litmagan vaqtda iste`mol qilinsa, foyda beradi. Muqrloyi
ham shunday. Shuningdek, qo`yib bog’lanadigan hamma dorilar, kompresslar va
surtiladigan dorilar ham foyda beradi. Ko`krak va o`pka yaralari eskirgan bo`lsa,
kasalga qatronning o`zi yoki unga asal qo`shib ertalabki va kechqurun kichkina bir
qoshiq yalatish yoki oquvchi may`adan bir ozini asal bilan qo`shib yalatish foyda
qiladi. Agar kasalda harorat yuqori bo`lib, tozalovchi issiqlik dorilarni ishlatish xavf
tug’dirsa, sovuqliklari esa foyda qilmasa, tulki o`pkasi, arpabodiyon urug’i,
chuchukmiyaning qaynatib quyultirilgan toza shirasi va sunbulsoch shirasi olib
shakarning quyultirilgan suvi bilan qo`shib beriladi. Bu juda foyda beradi. Goho shu
kasallikda qurituvchi va tozalovchi tutatiladigan dorilarning turli xillari ham
ishlatiladi; ularni tutatib voronka orqali burunga yuborish foydalidir. Ulardan biri
zirnix va murchdan iborat bo`lib, uni tuxum oqi bilan qo`shib, qo`lak qilib
ishlatiladi. Yana biri: shirin zaytunning yaprog’i, taka buyragining charvisi, zirnix
bir xil miqdorda olinadi, yana tuxum po`chog’i va zirnixni taka buyragining yog’i
267
bilan, yoki zirnixni qo`y yog’i bilan qo`shib ishlatiladi. Yana: zirnix, aristoloxiya va
kovul ildizining po`stlaridan barobar bo`laklarni olib asal va yog’ bilan qo`shib
tutatiladi. Shuningdek, sanavbar cho`pi va qatron quyqasi ham ishlatiladi. Yana
kunjut yog’i bilan qo`shilgan sariq zirnix tutatiladi. Kasalning mizoji ortiqcha isib
ketgan paytda bir necha kungacha kofur kulchasi bilan davolanadi, undan keyin yana
qurituvchi dori ishlatiladi.
Bunday kasalning ovqatiga kelsak, unga o`rmon kakligining pishirilgan
go`shti beriladi. Kasallikning boshida suv qo`shilmagan holisog’ sharobdan
tiyilmaydi. U doimo rayhon hidlab turishi, doimo dam olishi va tinch yotishi kerak.
G’azablantiradigan va asabiylashtiradigan ishlarga urinmasligi ham kerak; unga
g’amgin qiladigan xabar bildirilmaydi.
Shu kasallikka uchragan kishi yil bo`yi har kuni istagancha shakarli
gulhandni iste`mol qilib turadi, hatto anchagina miqdorda bo`lsa ham non bilan
yeyishga buyuriladi, keyin u kishining ahvoli kuzatib boriladi: agar gulning quritishi
sababli nafasi qissa, kerakli miqdorda zufo sharobi, isitmasi ko`tarilganda esa kofur
kulchalari ichiriladi. Shunday davolash o`zgartirilmay borilsa, natijada kasal
sog’ayadi. Goho gavdaning quruqligi va so`lishi sut yoki ayron iste`mol qilishga
muhtoj qiladi. Bu narsalarda ovqatlik, badanni qo`llash, buzilgan xiltni mo`tadil
qilish xususiyati bor; ulardagi pishloq bo`ladigan modda yarani yopishtiradi, sut
o`zining suvi bilan yara zardobini va yiringini ketkazadi. Hatto qotirilishi maqsad
bo`lmagan o`pka yaralarini ham ko`pincha u sog’aytiradi. Sutlarning eng
yog’adigani xotinlarning ko`kragidan emiladigan sut, keyin ot suti, undan keyin
echki suti turadi, ayniqsa echki suti burishtirish uchun muvofiq bo`ladi. Tuya suti
ham tozalovchi va balg’am tashlashni osonlashtiruvchi narsalardandir, lekin,
gumonimcha, bunda sutlardagidek oziqlik yo`q. Sigir va qo`y sutida esa g’alizlik
bor.
268
Sog’iladigan hayvonni ta`sir va xususiyati zarur bo`lgan o`simliklar bilan
bog’ish kerak. Yarani bitirish ta`siri zarur bo`lsa, hayvonga qizil tasma, jumro’t,
"kambag’allar arqoni" va shunga o`xshashlar beriladi; tozalovchi va balg’am
tashlatuvchi dorining ta`siri kerak bo`lsa, tog’ jambil kabi o`simliklar beriladi. Sut
ichish bilan shug’ullanadigan kishi boshqa tadbirlarga ham rioya qilishi kerak, agar
u biror narsada xato qilsa, sut ba`zan zararli bo`ladi. Tabobatni kamolga
yetkazuvchilardan biri sut ichirish yo`lini bayon qildi. Bizning tuzatishimiz bilan
uning aytganlari mana shu : tuqqaniga to`rt oy yoki besh oy bo`lgan ot saylab
olinadi. Uni sog’ishdan avval xurmachani suv bilan yuvish kerak, agar xurmachaga
ilgari sut sog’ilgan bo`lsa, uni issiq suv bilan yuvib ichiga yana issiq suv quyiladi va
ichidagi narsalar suvga yorib chiqsin uchun qo`yib qo`yiladi. Keyin u yana issiq va
sovuq suv bilan yuviladi. So`ngra xurmachani issiq suvga qo`yib, unga yarim
sukurraja sut sog’iladi, kasallik bexavotir bo`lsa, birinchi kunda ichiladigai sut shu
miqdorda bo`ladi. Aks holda mo`ljalga qarab keragicha ichiriladi. Ikkinchi kuni
shunga ikki qissa sutni o`shanday sog’ib ichiriladi, agar birinchi kunda ich to`xtalib
qolsa, ikkinchi kuni ichiriladigan sutga bir oz shakar qo`shiladi. Uchinchi kuni esa
birinchi kuni qilingani ichiladi. Uchinchi kuni ich yumshamasa, ayniqsa uchinchi
kunning oxirigacha ham yumshamasa, ikki sukurraja sutni ikki dona hind tuzi va
yarim dirhamdan bir yarim dirhamgacha kraxmal bilan qo`shib ichirish kerak.
Doimo sutni har kuni yarim sukurraja dan orttirib boriladi. Oltinchi kunga borganda
ham ich yumshamasa, uch sukurraja sutni olib unga shakar, tuz, bodom yog’i va
kraxmal aralashtirasan. Ich uch martadan ortiq kelib tursa, bundan keyin sutga hech
narsa qo`shma oz sutni kamaytir. Umuman, ich bir kecha kunduzda uch martadan
ortiq va ikki martadan kam kelmasligi kerak. Agar bemor shu tadbir bilan
foydalansa, sutni uch hafta ichir. Tabobatni kamolga yetkazuvchilardan birining
aytishicha, ot yoki boshqa hayvonlarning sutini ichirishda ularni yog’och idishda
saqlash yaxshiroq. Burishtirish va quritish bilan birga latiflashtirib tozalovchi o`tlar,
269
masalan, "yorma" boshqa o`tlar, yana darmana qaysum, julah va maymunjon bor
joylarda o`tlaydigan hayvonning suti eng yaxshi sutdir. Echki sutining yangi
sog’ilganiga bir oz suv aralashtirib ichirish eng to`g’ri tadbirdir. Yetilib suv qismi
ketgunicha bir necha marta toshni qizdirib sutga tashlab olinsa, bu - olovda
qaynatilganidan ko`ra yaxshiroq hazm bo`ladi. Tabiatni yumshatishni ham nazarda
tutish kerak, lekin sutdan me`da buzilib, ich ketsa, sutga "er olati" qo`shish kerak
yoki ko`p yo`talish paydo bo`lsa, sutga bir dirham vaznida katiro qo`shiladi. Me`da
kuchsiz bo`lsa, sutga zira va qora zira qo`shiladi. Qaynatilgan sutni sil kasalligiga
uchragan kishi singdira olsa, bu uning uchun yetarli ovqat bo`ladi. Sil kishi sut
ichgandan keyin isitma chiqarsa, sutni to`xtatish kerak. Isitma o`rayganda va ich
surganda ayronga ehtiyoj seziladi, bu juda foydali. Ayronning eng yaxshisi shu :
qatiqning hamma yog’ini olgandan keyin, bir kecha havosi mo`tadil joyga qo`yiladi,
keyin ertasiga bo`laklari bir-biriga yaxshi aralashgunicha qattiq chayqatiladi. Keyin
oq toza bug’doy unidan qilib chaqich bilan chaqichlangan va forscha barozada deb
ataladigan kulchalarni olib, uning o`n dirham vaznidagisiga ayrondan o`ttiz dirham
vaznida quyib qatiq bilan beriladi. Ikkinchi kuni ayrondan o`n dirham ko`paytirib
nondan bir dirham vaznida kamaytiriladi. Ayronning yolg’iz o`zi qolgunicha,
shunday qilib boriladi. Keyin kasallik pasaysa va sog’ayish belgilari yuz berib,
ayronga ehtiyoj qolmasa, aksincha tadbir qo`llab, ayron doimo kamaytirilib, kulcha
ko`paytiriladi, nihoyat sut va ayron to`xtatiladi. Agar ba`zi kasallarda me`da buzilib,
ich ketish paydo bo`lsa, ayronga qizdirilgan temirni bir necha marta tashlab
olishning zarari yo`q.
Ovqatlarga kelsak, ularni oq non, umoch oshi va qo`noq oshi kabi
yopishtiruvchi narsalar bilan ovqatlantirish kerak. Guruch ham tozalaydi va et
undiradi. Yaxshi qaynatilgan arpa oshi yopishtiruvchi va tozalovchi bo`lib, u isitma
qattiqlashgan paytda ham foyda beradi, ayniqsa uni qo`l- oyoqlari yulinib, kul va suv
bilan qayta-qayta yuvilgan qisqichbaqalar, xususan sovuqlik sabzavotlar hamda
270
yasmiq bilan yeyish yaxshi. Yana kraxmal va bodring bilan tayyorlangan ovqatlar
ham foyda qiladi. Qovun balg’am tashlashni osonlashtiradi. Isitma yengil bo`lsa,
karam, morcho`ba va tozalovchi dorilardan ko`ra yaxshiroq davo yo`q. Ammo tuzli
baliqni bir marta yoki ikki marta yeyilsa, tozalashga foyda qiladi, yara yomon sifatli
bo`lsa, sho`r baliqdan va butun sho`r narsadan saqlanish kerak. Go`sht bilan
ovqatlantirmoqchi bo`linsa, kaklik, tovuq, to`rg’ay va chumchuq go`shtlari kabi
go`shtlarni berish kerak; ular yog’li bo`lmasligi kerak. Quritishi va et undirishi
kuchliroq bo`lishi uchun o`sha go`shtlarni qovurib yedirish yaxshiroq. Pochalar ham
yopishqoqligi sababli foydalidir, kabob qilingan baliq ham shunday. Kasal sho`rva
ichishni istasa, uni asal bilan aralashtirib berish kerak. Kasalning jigarida
tiqilmalar bo`lmasa, uni ovqatdan oldin yoki keyin hammomga tushirish mumkin.
Hammom ularni semirtiradi va kuchli qiladi. Ular ichadigan suv yomg’ir suvi
bo`lishi kerak.
Sil kasalligiga uchragan kishilarda, biz yuqorida aytganimizdek, ko`pincha
qon tuflash paydo bo`ladi. Bunga qarshi ishlatiladigan yaxshi kulchalarning biri
quyidagi tarkibdagisidir: muhr loyidan uch dirham, kraxmal, arman loyi va qizil
gulning har biridan to`rt dirham, qahrabo va mirta donidan olti dirhamdan,
kuydirilgan qisqichbaqa va semizo`tning har biridan o`n dirham, marjon, katiro,
taboshir va shodananing har biridan besh dirham, dudiy yelimi va taka soqoldan yetti
dirhamdan olinadi. Shularni bog’ semizo`tining suvi yoki yangi guldan olingan suv
bilan qorib kulcha tayyorlanadi va u tarrak suvi yoki yomg’ir suvi bilan ichiriladi.
Ko`pincha sil kasalligiga uchragan kishilarning tilchalari tushadi va shu sababli
ularda xirillash va pishillash paydo bo`ladi, natijada ba`zan uni qirqishga ham to`g’ri
keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |