Farmon Ergashovich Nurboeyv, Shahlo Shavkatovna Tillоeva, Dilbar Baxriddinovna Raxmatova


Ko`krak va o`pka yaralari, o`pka sili



Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet216/301
Sana20.09.2021
Hajmi3,05 Mb.
#180093
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   301
Bog'liq
ibn sino talimoti

 
Ko`krak va o`pka yaralari, o`pka sili. 
         Bu  yaralar  ko`krakda  yo    ko`krak  -  qorin  to`sig’ida  yoki  o`pkada  bo`ladi, 
shu    oxirgi,  ya`ni  o`pkada  bo`ladigani  sil  yarasidir.  Yara  yana  o`pka  nayida  ham 
bo`ladi.  Shu    yaralarning  bexavotirrog’i    ko`krakda  bo`ladiganidir.  Chunki  ko`krak 
tomirlari  kichikroq  va  uning  bo`laklari  qattiqroq  bo`lib,  ulardagi  yorilish  katta 
bo`lmaydi,  yana  yiring  u  tomirlarda  to`xtamasdan,  ko`krak  bo`shlig’iga  oqadi. 
O`pkaning  ahvoli  esa  bunday  emas.  Yana  ko`krakning  harakati  o`pka  harakati 
singari  kuchli  va  sezilarli  emas,  balki  u  deyarli  harakatsizdir,  yana  u  etli  a`zo 
bo`lganidan et  unishini osonroq qabul qiladi. 
          Ko`pincha  erigan  chiqiqlardan  paydo  bo`lgan  ko`krak  yaralari  suyaklarni 
ham  buzadi,  hatto  suyakning  yon  -  verining  salomat  qolishi  uchun  chirigan  terini 
kesish  zarur  bo`ladi.  Ba`zan  chirish  suyak  yonidagi  pardaga  ham  o`tadi.  Ko`krak  - 
qorin  pardasining  yaralariga  kelsak,  agar  yara  uni  teshib  o`tgan  bo`lsa,  u  hech 
bitmaydi, teshib o`tmagani esa, asabli bo`laklarida bo`ladi, bu ham bitmaydi, yoki u 
etli  qismlarda  bo`ladi,  uni  boshlanish  paytida  chora  qilib  davolasa  va  shishishiga 
yo`l  qo`yilmasa, et oladi. Ammo shishsa, yoki eskirib cho`zilsa, hech tuzalmaydi. 


262 
 
          O`pka  yaralarining  tuzalishi  va  tuzalmasligi  haqida  tabiblar  o`rtasida 
ixtilof  bor:  bir  guruh  tabiblarning  aytishicha,  u  hech  tuzalmaydi,  chunki  et  olish 
uchun  tinch  turish  kerak,  o`pka  esa  tinch  turmaydi.  Jolinus  ularga  qarshi  chiqib, 
aytadiki, agar unga boshqa monelar qo`shilmasa, harakatning yolg’iz o`zi et olishga 
to`sqinlik  qila  olmaydi.  Ko`krak  pardasi  harakat  qilib  tursa  ham,  undagi  yaraning 
ba`zan  bitishi  bunga  dalildir.  O`pka  yaralari  haqida  Jolinusning  o`z  fikri  shunday: 
agar  o`pka  yaralari  shishdan,  yoki  o’yuvchi  xiltning  yeyishidan  bo`lmay,  balki, 
boshqa  sababdan  bo`lsa  uzluksizlikning  buzilishi  tufayli  yuz  berib,  jarohatligicha 
tursa,  yiringlanmasa  va  shishmasa,  u  albatta  tuzaladi.  O`pkada  teshik  paydo 
qiladigan,  lekin  yiringlanmagan  yaralar  ham  shunday.  Shishdan  yoki  yeyilishdan 
bo`lgan  yaralar  tuzalmaydi.  Chunki  yiringlagan    yaraning  tuzalishi  faqat  yiringni 
tozalash  orqaligina  bo`lishi  mumkin;  tozalanishi  esa  yo`tal  bilan  bo`ladi.    Biroq 
yo`tal yarani kengaytiradi va yirtadi; yo`tal qichig’i og’riqni ko`paytiradi. Og’riq esa 
shu    kasal  tomonga  moddalarni  ko`plab  tortadi.  Qurituvchi  dorilar  balg’am 
tashlashga  to`sqinlik  qiladi.  Balg’am  tashlatuvchi  dorilar  esa  yaralarni  qo`llab 
yumshatadi.  O’yuvchan  xiltdan  bo`lgan  yara,    xiltni  isloh  qilmasa,  tuzalmaydi,  u 
xiltning tuzalishi esa, osonlik bilan bo`lmay, yara yirtilib, hech bitmaydigan yaraga 
aylanadigan  yoki  yara  kengayib,  hatto  o`pkaning  bir    bo`lagi  yeyiladigan 
muddatdagina  bo`lishi  mumkin.  Shishdan  keyin  paydo  bo`lgan  o`pka  yaralarida 
goho shu  monelarning hammasi birga bo`ladi. 
         Et  bitishini  qiyinlashtiradigan  narsalarning  bittasi  harakatdir.  O`pkadagi 
tomirlarning katta, keng va qattiq bo`lishi ham shunday sabablardandir, chunki bular 
ham  et  bitishini  qiyinlashtiruvchi  narsalardandir.  Yana  ichilgan  dorining  kiradigan 
joyi  bilan  o`pka  o`rtasidagi  masofaning  uzoqligi  va  dori  quvvatining  yaraga 
borgunicha zaruriy suratda kuchsizlanishi ham et bitishining qiyinlashuviga yordam 
beruvchi sabablardan sanaladi. 


263 
 
         Sovuq  dorilar  o`tmaslik  qilib  chuqur  singimaydi,  issiq  dori  esa,  o`pka 
yaralarida  doimiy  bo`ladigan  isitmani  ko`paytiradi.  Qurituvchi  dorilar  ingichka 
og’riqni keltirib chiqarish bilan zarar qiladi, ho`llovchilari esa yaralarning et olishiga 
to`sqinlik qiladi. Hamma yaralar, ayniqsa shular singari yuqori va quyidan rutubatlar 
kelib turgan o`pka yaralarini quritish bilan davolanadi. 
         Agar o’yilish o`pka nayini ichkaridan o`ragan pardada yuz berib, o`pkaning 
et  qismida  bo`lmasa  va  u  endi  boshlanayotgan  bo`lsa,  goho  davolashni  tez  qabul 
qiladi,  ammo  tog’ayning o`zidagi  yaralar davolashni qabul qilmaydi. Sil kasalligini 
davolashda boshqa yoshdagilarga nisbatan bolalar ko`proq tuzaladilar. Mizojda yoki 
xiltning o`zida quruq yarani qovjiragan yaraga aylantiradigan biror sabab bo`lmasa, 
o`pka yaralarining eng bexavotiri, uning qovjiraydiganidir. Goho sil unga uchragan 
kishini  ko`p  vaqtgacha  qo`yib  qo`yadi;  ba`zan  u  o`smirlikdan  o`rta  yoshgacha 
cho`ziladi.  Men  sil  kasalligiga  uchragan  bir  xotinning  yigirma  uch  yil  yoki  bir  oz 
ko`proq  muddat  yashaganini  ko`rdim.  O`pkasi  yarali  kishilar  kuz  paytida  juda 
aziyatlanadilar,  agar  sil  kasalligini  aniqlash  qiyin  bo`lsa,  unga  yo`liqqan  kishidagi 
kasallikni - kuz faslining   kirishi   aniqlab   beradi. 
          Goho  isitma  bermaydigan,  lekin  unda  o`pka  o`ziga  doimo  quyilib  turgan 
nazladan iborat quyuq va yopishqoq xiltlarni qabul qiladigan boshqa kasallikka ham 
sil  ismi  beriladi.    O`pka  yo`llari  torayib,    kasal  nafas  qisish  va  kuchli  yo`talga 
uchrasa,  bu  narsa  ularning  quvvatini  ketkazadi,  badanni  so`litib  ozdiradi.  Ular 
haqiqatda  qarsillash  kasalligiga  uchraganlarga  o`xshash  bo`ladilar.  Shunda  agar 
ozgina  harorat  bo`lsa,  ularni  davolashda  hansirashga  uchraganlarga  ishlatiladigan 
tadbirlarni ham  qo`llash  kerak. 

Download 3,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   301




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish