Farmon Ergashovich Nurboeyv, Shahlo Shavkatovna Tillоeva, Dilbar Baxriddinovna Raxmatova


Xafaqon xastaligini  umumiy davolash



Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet227/301
Sana20.09.2021
Hajmi3,05 Mb.
#180093
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   301
Bog'liq
ibn sino talimoti

 
Xafaqon xastaligini  umumiy davolash 
Turli  bo’shatishlar  moddadan  bo`ladigan  hamma  xafaqonga  ham  foyda  qiladi. 
Qondan  bo`lganida  tomirdan  ko`p  qon  chiqariladi, ovqat sifati  va  miqdori  mo`tadil 
qilinadi.  Xafaqonni  oldini  olish  uchun  (tutishidan  oldin)  bahor  faslida  burun 
tomiridan  qon  oldirish,  yengil  ovqat  yeb  turish  va  yurakni  kuchaytiradigan  dorilar 
iste`mol qilish kerak. 
Xafaqon  balg’am  xiltidan  bo`lsa,  ta`sirini  yurakka  boradigan  dorilar  bilan 
bo’shatish  kerak  (  katta  iyorajlar  bilan  ).  Agar  xafaqonga    savdo  aralashgan  qon 
bo`lsa,  tomirdan  qon  olinadi  va  savdo  bo’g’ilmaslik  uchun  jigar  mo`tadil  qilinadi. 
Agar  faqat  savdo  xiltidan  bo`lsa,  Rufus  iyoraji,  lugoziyo  va  uzoq  joydan  savdo 
xiltini  tortib  bo’shatadigan  hamma  dorilar  unga  iloj  bo`ladi;  undan  keyin  mizojni 
mo`tadil qilishga kirishiladi. 
Sovuq  xafaqonni  isituvchi  dorilar  bilan,  issiq  xafaqonni  sovituvchilar  bilan 
ayniqsa, yurakka ishlatiladiganlari bilan davolash lozim.  
Me`da hamkorligi bilan bo`lgan xafaqonni agar u quyuq xiltdan bo`lsa, ovqatdan 
keyin turp suvi va sikanjubin kabi latiflashtiruvchilarni ishlatib qustirish kerak, keyin 
iyorajlar,  masalan:  lugoziyo  va  tiyodaritus  iyorajlari  bilan  shuningdek:  Abu  Jahl 
tarvuzining  eti,  daraxt  po’kagi  va  devpechak  qo’shib  kuchaytirilgan  iyoraj  fikro 
bilan surgi qilinadi. 
Xafaqon achishtiruvchi safro sababli paydo bo`lsa, u  me`dani kuchaytirish bilan 
davolanadi,  me`dani  esa  mevalarni  qaynatib  quyultirilgan  shiralari,  xushbo’y 


287 
 
mevalar,  masalan:  olma,  behi,  ovqat  yegandan  so’ng  nok  va  boshqalar  bilan 
kuchaytiriladi.  Ich  yumshatiladi  va  o’t  xiltiga  aylanadigan  narsalardan  saqlaniladi. 
Me`daning  mizojini  mo`tadil  qilish  tadbiri  ishlatiladi.  Xafaqon  vaqtida  bir  qancha 
vaqt  ketma-ket  kechalari  uxlash  oldidan  bir  misqol  vaznda  govzabon  ichish  zo’r 
foydali. Xafaqonda bir novvot kattaligi va  og’irligidagi  erkak qaramfilni  12  misqol 
yangi  sog’ilgan  sut  bilan  nahorda  ichish,  agar  issiq  bor  bo`lsa,  bu  bir  misqol 
marzanjushni sovuq suv bilan, issiq bo’lmasa sharob bilan ketma-ket bir necha kun 
ichish ham sinalgan tadbirlardandir. 
Xafaqon bo`lgan kishi yoqimli, xushbo’y narsalarni o’zi bilan olib yurishi kerak. 
Issiq  xafaqonli  kishi  o’sha  narsalarga  gul,  kofur,  sandal  va  sovuqlik  yog’larni 
ko`proq  qo’shadi.  Mushk,  qaramfil  va  za`farondan  bir  oz  aralashtiriladi.  Kishining 
mizoji  sovuq  bo`lsa  mushk,  anbar,  bon  yogi,  tsitron  yogi,  kofur  suvi,  goliya  va 
boshqalar foydalidir. 
Ko`ngil aynish bilan birga bo`ladigan xafaqonga agar isitmaning qoldig’i bo`lsa, 
arpaning issiq suv bilan yuvilib keyin sovutilgan talqoni o’n dirham vazndagi shakar 
bilan  ichiriladi.  Bu  qustirsa  ham  foyda  qiladi.  Shakar  o’rniga  anor  doni  ishlatish 
mumkin. Kasalning ikkala pochchasi boglanadi, kofur sirka bilan kushib hidlatiladi, 
uning ko’kragiga 2 xil sandal, kofur va shunga o’xshashlarning suvi bilan ho’llangan 
lattalar  yopiladi.  Ko`pincha  xafaqon  qo’zg’alib,  keyin    kishining  ichida  bir  narsa 
o’ng va chap tomondan quyiga qarab yo’nalganday bo`ladi va xafaqon to’xtaydi. 

Download 3,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   301




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish