YIG‘MA MOLIYA VA VALYUTA BALANSLARI BO‘LIMI
Bo’limning asosiy vazifa va funksiyalari:
O‟zbekiston Respublikasining yig‟ma moliya balansini ishlab chiqish;
o‟rnatilgan tartibda mamlakat iqtisodiyotini isloh qilishning tamoyillari va ustuvor
yo‟nalishlariga muvofiq moliya va valyuta munosabatlarini rivoshlantirishga
yo‟naltirilgan vazifalarni hal qilsihga oid takliflar tayyorlash;
o‟rnatilgan tartibda ishlab chiqarish va eksport potensialini oshirishga va
kengaytirishga hamda importni ratsionallashtirishga qaratilgan moliya va valyuta
munosabatlarini
davlat
tomonidan
tartibga
solish
mexanizmlarini
takomillashtirish, shuningdek moliya va valyuta statistikasi tizimi va metodlarining
rivojlanishi bo‟yicha takliflar tayyorlash;
moliya va valyuta munosabatlari sohasida o‟rta va uzoq muddatli dasturlar
(prognozlar) ishlab chiqishda qatnashish;
vazirlikning boshq
a bo‟linmalari bilan birgalikda valyutani tartibga solish sohasiga
oid davlat siyosatini takomillashtirish bo‟yicha takliflarni tayyorlashda qatnashish;
mamlakatning fiskal faoliyatini takomillashtirishga yo‟naltirilgan shartnoma-
huquqiy hujjatlarni eksper
tlar darajasida ishlab chiqishni ta‟minlash;
respublikaning moliya va valyuta munosabatlari rivojlanishining asosiy
ko‟rsatkichlari, holati va istiqbollarini tahlil qiladi, respublikaning moliya va valyuta
munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan masala
larni hal qilish bo‟yicha
informatsion-
tahliliy ma‟lumotlar tayyorlaydi va Vazirlik rahbariyatiga ko‟rib
chiqish uchun kiritadi;
tegishli vazirlik va idoralardan olingan ma‟lumotlar asosida respublika iqtisodiyoti
va iqtisodiyot sohalari kesimida moliya va valyuta faoliyatining umumiy holati,
shuningdek moliya balansining hisoboti va prognozini ishlab chiqish asosida
uning tendensiyasi bo‟yicha omilli tahlil o‟tkazadi, Vazirlik rahbariyati hamda
O‟zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan yillik hisobotlarning
tegishli bo‟limlari uchun valyuta va qimmatbaho metallar bozorining holati va
istiqboli to‟g‟risida informatsion-tahliliy ma‟lumotlar tayyorlaydi.
o‟rnatilgan tartibda tegishli vazirlik va idoralarning bo‟linmalari bilan birgalikda
yillik respublika valyuta balansini shakllantirishda qatnashadi hamda uning
bajarilishi bo‟yicha oylik nazoratni olib boradi;
moliya, valyuta, soliq va bank sohasini tartibga solish davlat siyosatini
takomillashtirish bo‟yicha takliflar tayyorlashda qatnashadi;
tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda yig‟ma moliya va valyuta balansini
shakllantirish metodologiyasini ishlab chiqadi, moliya munosabatlari sohasiga oid
davlat statistika hisobotlari tizimini optimallashtirish bo‟yicha tavsiya va takliflar
tayyorlaydi;
vakolati doirasida moliya va valyutani tartibga solish sohasida respublika xo‟jalik
yurituvchi sub‟ektlarining faoliyatini tartibga solish masalalariga oid normativ-
huquqiy hujjatlar loyihalarini (ular bo‟yicha xulosalarni) tayyorlashda va ko‟rib
chiqishda qatnashadi;
vazirlikning boshqa bo‟linmalari bilan birgalikda xo‟jalik sub‟ektlarining moliya va
valyuta munosabatlarining samaradorligini oshirish, shuningdek moliya va
valyuta munosabatlarini rivojlanishiga ko‟maklashuvchi zaruriy infratuzilmalarni
shakllantirish masalalari bo‟yicha takliflar ishlab chiqadi;
tashqi iqtisodiy aloqalarni tartibga solish mexanizmlarini takomillashtirish, xorijiy
mamlakatlar bilan o‟zaro manfaatli iqtisodiy hamkorlik qilish hamda qo‟shma
loyihalar va dasturlarni am
alga oshirish bo‟yicha takliflar ishlab chiqishda
qatnashadi;
bo‟lim xodimlari bevosita ma‟sul bo‟lgan masalalar bo‟yicha ma‟lumotlar bazasini
shakllantirish, yuritish va yangilab borish.
Do'stlaringiz bilan baham: |