XALQARO MOLIYAVIY INSITUTLAR BILAN HAMKORLIK MASALALARI
BO`LIMI
Bo`limning asosiy maqsadlari va vazifalari quyidagilardan iborat:
O`zbekiston Respublikasining istiqbollaridan kelib chiqqan holda Xalqaro
moliyaviy institutlar (XMI) bilan istiqbolli va joriy hamkorlik dasturlarini ishlab
chiqishda ishtirok etish;
XMI mablag`lari ishtirokidagi istiqbolli investitsiya loyihalari ro`yxatini yangilash
bo`yicha aniq takliflar kiritish;
XMI qarz mablag`lari ishtirokida amalga oshirilishi mo`ljallangan investitsiya
loyihalarining tayyorgarlik jarayonining monitoringini amalga oshirish, aniqlangan
monitoring muammolarni bartaraf etish bo`yicha takliflar kiritish;
XMI qarz mablag`lari hisobiga amalga oshiriladigan loyihalarga aloqador
ma'lumotlarni vazirlikning tegishli bo`limlar bilan hamkorlikda to`plash,o`rganish
va qayta ishlash;
vazirlik rahbariyatining XMI vakillari bilan bo`ladigan rasmiy uchrashuvga kerakli
materiallarni tayyorlash;