1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
1
0,5
0,5
1
0,5
0,5
1
1,5
0,5
1
0
1
0
0,5
1
0,5
0,5
1,5
1
1,5
1
0,5
1
1
3
5
1
0
x
4
0
2
44
2-fasl. Pushkin tarjimayi holini o‘quvchilarga
o‘rgatishda interfaol usullardan foydalanish
IX sinfning “Adabiyot” darsligida jahon adabiyotining yana bir buyuk
dahosi Pushkin ijodi haqida so‘z boradi. Uning umri g‘oyat notinch va
tartibsiz yashagan tengsiz rus shoiri Aleksandr Sergeyevich Pushkin
hayotining so‘nggi yillari fojiali bo‘ldi va halokatli yakun topdi, deb qayd
qilinadi. U 1799- yilning 6-iyunida Moskva shahrining Nemislar ko‘chasida
yashovchi qadimiy dvoryanlardan bo‘lmish iste’fodagi mayyor Sergey
Pushkin oilasida tug‘ildi. Bo‘lajak shoirning onasi Nadejda Pyotr I ning
tutingan o‘g‘li habash Ibrohim Hannibalning nevarasi edi. Pushkinlar
o‘qimishli, adabiyotga qiziqadigan, ijod ahli bilan bordi-keldi qiladigan
kishilar edi. Shu bois bu uyning bolalari ijodiy muhitda ulg‘aydi. Oiladagi
bolalar ma’naviyati shakllanishiga ularning enagalari Arina Radionovna
Yakovleva kuchli ta’sir ko‘rsatdi. Xalqning urf-odatlari, ruhiyati, og‘zaki
ijodi va tilini juda yaxshi biladigan oqila va mehribon bu ayol bo‘lajak shoir,
uning ukasi va singlisi tarbiyasida katta o‘rin tutdi.
Shunga qaramay, Aleksandr Pushkinning hayotidagi hal qiluvchi voqea
uning 1811-yilning 19-oktabrida Rossiya poytaxti Sankt-Peterburg
yaqinidagi Sarskoye selo imperatorlik litseyiga qabul etilganligi bo‘ldi. Bu
yerda bo‘lajak shoir ijodkorlik muhiti va erkin fikr bilan tanishdi hamda Ivan
Pushin, Anton Delvig, Vilgelm Kyuxelbeker singari bir umrlik chin do‘stlar
orttirdi. Ular keyinchalik ham shoirning hayotida muhim o‘rin lutishdi.
Bunga alohida urg‘u berilayotganiga sabab shuki, Aleksandr Pushkin g‘oyat
tezob, qaysar, izzattalab bo‘lgani uchun uning do‘stlari ko‘p emasdi.
Pushkinning she’riy ijodi o‘qiyotgan paytida boshlandi. Yosh shoirning
dastlabki she’ri 1814-yilda litseyda chiqadigan "Yevropa xabarlari" jurnalida
chop etildi. Litseyda o‘qib yurganidayoq Pushkinning tengsiz iste’dod egasi
45
ekanligi ayon bo‘lgandi. O‘limidan ikki yil oldin litseydagi imtihonlarning
birida qatnashgan keksa Derjavin Pushkinning she’rini eshitgach, uning
buyuk shoir bo‘lajagini bashorat qiladi.
Litseydan keyingi dastlabki yillardayoq, Pushkin ijodiy cho‘qqilarni
birin-ketin zabt eta boshladi. 1817-yilda mashhur "Erkinlik" sbe’ri yozildi.
1820-yilda "Ruslan va Ludmila", "Mis chavandoz" dostonlari dunyoga keldi.
"Ruslan va Ludmila"ning qo‘lyozmasi bilan tanishgan mashhur shoir
Jukovskiy Pushkinga: "G‘olib shogirdga mag‘lub ustozdan", – degan yozuv
bilan o‘z portretini sovg‘a qildi. Bu Aleksandr Sergeyevich Pushkinning
ulkan g‘alabasi, uning shoir sifatidagi chinakam tan olinishi edi.
Badiiy ijodda Pushkin o‘zini cheklashni istamasdi. U nimani yozishda
ham, qanday yozishda ham hech kim bilan hisoblashmasdi. Chunki
vulqonday qaynab turgan iste’dod o‘zgalarning irodasiga bo‘ysuna olmasdi.
Shuning uchun ham uning bitganlari orasida hukmron tartiblarga
yoqmaydigan anchagina jihatlar bo‘lishi tabiiy hol edi. Nilioyat, 1820 yilga
kelib, har qanday talantli kishida bo‘lganidek, Pushkinning ham hasadchilari
paydo bo‘ldi va shoirning siyosatga mos kelmaydigan dadil she’rlari haqida
chaquv uyushtirildi. Natijada, shoir imperiyaning janubiga surgun qilindi.
Quvg‘in to‘rt yildan ortiqroq davom etdi.
1824-1826-yillarda esa Pushkin davlat xizmatidan bo‘shatilib, otasiga
tegishli mulk bo‘lmish Mixaylovskoye qishlog‘iga surgun qilindi. Bu yerda
shoir yolg‘izlik va madaniy muhitdan olisda juda qiynaldi. Lekin rus xalqiga
xos milliy belgilar to‘la saqlangan bu qishloqda bo‘lish shoirga xalq og‘zaki
ijodi bilan yaqindan tanishish imkoniyatini berdi. U aholidan folklor
namunalarini yozib oldi.
1830-yilga kelib, o‘n yildan beri yozilayotgan "Yevgeniy Onegin"
she’riy romaniga nuqta qo‘yildi. 30-yillarda Pushkinning "Belkin qissalari",
46
"Toppon xonim", "Dubrovskiy" singari nasriy asarlari chiqdi. Bu davrda
jamiyatning qarashlari o‘zgarib, didlar yangilanayotgani uchun ham bu
asarlar katta shuhrat topmagan bo‘lsa-da, badiiy quvvati hamda yozuvchi
mahorati nuqtai nazaridan diqqatga molik bitiklar edi.
1836-yilda Pushkinning mashhur "Kapitan qizi" asari tugallandi. Bu
asarda turli personajlar taqdiri misolida inson hayotini rejalashtirib
bo‘lmasligi, u har daqiqada kutilmagan o‘zgarishlarga yuz tutishi mumkinligi
g‘oyat ta’sirli aks ettirilgan.
Poytaxtga qaytgach, Pushkinning ijodi gullab yashnadi-yu, ammo uning
shaxsiy turmushi tobora chigallashib borardi. Mashhur shoir yaxshigina pul
topardi-yu, qo‘li ochiqligidan, uni yetkazolmas va hamisha qarz bo‘lib
yashardi. Shuningdek, poytaxtda Pushkinning tengsiz iste’dodi, qaynoq
ijodini ko‘rolmaydigan hasadgo‘ylar ko‘p bo‘lib, ular turli yo‘llar bilan
shoirga ozor yetkazish, uning hayotini azobga aylantirishga urinardilar. Usiz
ham ta’sirchan shoir borgan sari asabiy, izzattalab, tajang bo‘lib borar, bu hol
uning dushmanlari safi kengayishiga olib kelardi. Dushmanlar turli mish-
mishlar tarqatib, Gollandiya elchisining tutingan o‘g‘li Dantes bilan
Pushkinning orasini butunlay buzadilar. Natijada, 1837-yilning 25-
yanvarida Pushkin Dantesga haqoratomuz xat yozib, uni duelga chorlaydi.
27-yanvar kuni duel bo‘lib o‘tadi va buyuk shoir qattiq jarohatlanadi. Ikki
kun azoblanib yotgan A.S.Pushkin 1837-yilning 29-yanvarida olamdan
o‘tadi.
Pushkin ijodi o‘zbek o‘quvchilariga juda yaxshi tanish. XX asr boshidan
buyon buyuk rus shoirining asosiy asarlari Cho‘lpon, G‘.G‘ulom, Oybek,
Mirtemir, E.Vohidov, A.Oripov, Muhammad Ali, A.Suyun,
H.Xudoyberdiyeva, U.Azim, M.Kenjabek singari ijodkorlar tomonidan
qayla-qayta o‘zbekchalashtirilgan.
47
Shoirning hayot yo‘lini o‘qitish va o‘rganishda yangi texnologiyalardan
foydalanish yaxshi samara beradi. Masalan, “Baliq skeliti” texnologiyasini
qo‘llash mumkin. Unda o‘qituvchi baliq skeliti chizmasi yoki suratidan
foydalanadi. Sinf o‘quvchilari 25 tani tashkil qiladigan bo‘lsa, ular besh
guruhga ajraladi. Har bir jamoaga bir xil vazifa topshiriladi. Pushkin
asarlarini tartib bilan baliq skelitiga joylashtirish talab etiladi.
Baliq skeliti
Tarqatma materiallar ana shunday ko‘rinishda bo‘lishi kerak.
48
Do'stlaringiz bilan baham: |