Metodikasi kafedrasi bitiruvchisi uzakova nasiba jahon adabiyotini o



Download 0,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/16
Sana17.09.2021
Hajmi0,49 Mb.
#177069
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
jahon adabiyotini oqitishda oquvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olish

1-fasl. Vilyam Shekspirning hayoti va ijodini o‘rganishda tarixiy 

manbalarning o‘rni 

 

Adibning hayot va ijod yo‘lini o‘rganish.  IX sinfning “Adabiyot”  

darsliklarida ingliz shoiri, dramaturgi, aktyori Vilyam Shekspir 1564-yilning 

23-aprelida Yorkshir grafligidagi Stratford shahrida tug‘ilganligi va  otasi  – 

Jon Shekspir shaharning ancha mashhur kishilaridan bo‘lganligi, shahar 

boshqaruvining turli lavozimlarida ishlaganligi aytiladi. Onasi –  Meri shu 

yerlik qadimiy, ammo kambag‘allashgan dvoryanlardan Robert Ardenning 

qizi edi. O‘smir Vilyam Shekspir Stratforddagi shaharliklarning o‘g‘illari 

bepul tahsil ko‘radigan hamda,  asosan,  til va adabiyot o‘rgatiladigan 

grammatik maktabda ta’lim olgan bo‘lishi kerak. Bo‘lajak adib 

cho‘qintirilgani haqida cherkov daftaridagi qayddan so‘ng uning hayoti 

haqida deyarli hech qanday rasmiy ma’lumot uchramaydi. Cherkov daftarida 

uning 1582-yilning 27-noyabrida stratfordlik Enn Xetuey ismli qizga 

uylanganligi hamda to‘ng‘ich farzandlari Syuzen 1583-yining 26-mayida, 

Hamlet va Judit ismli egizaklar 1585-yilning 2-fevralida cho‘qintirilgani 

bitilgan. 

Taxminlarga ko‘ra, Shekspir 1592-  yilda Londonga boradi va teatrda 

aktyorlik qiladi. Shekspir 1593-yilda  “Venera va Adonis”  deb nomlangan 

                                                            

14

 Normatova Sh. Jahon adabiyoti. –T., “Cho‘lpon” nashriyoti, 2008.  



 


36 

 

dostonini chop ettiradi. Adabiyotning homiysi bo‘lmish yosh gersog 



Sautgemptonga bag‘ishlangan bu asar o‘sha vaqtlarda urf bo‘lgan erotik 

yo‘nalishda bo‘lib, kutilmaganda katta muvaffaqiyat qozondi va ketma-ket 

sakkiz marta nashr qilindi. 1594-yilda birinchi asariga izma-iz  “Lukretsiya” 

nomli katta dostoni e’lon qilinadi. Shu yilning 28-dekabrida  “Greyz Inn” 

teatrida Shekspirning “Xatolar komediyasi”  asari  o‘ynaldi.    1595-yilning 

martida Shekspir yozgan va sahnalashtirgan pyesalari uchun kattagina 

mablag‘  oldi. Teatrda Sautgempton homiyligidagi faoliyat Shekspirga ham 

shuhrat, ham boylik keltirdi. Bunga otasi Jon Shekspirning bir necha yillik 

urinishlardan keyin 1596-yilda Geraldik palatadan “jentelmen”lik 

martabasini beradigan gerbni sotib olganligi birinchi dalil bo‘lsa, 

Shekspirning 1597-yilda Stratforddan bog‘i bor katta uy olganligi ikkinchi 

dalildir. Adib London sahnalarini tark etgach, bu uyga ayoli va qizlari bilan 

(o‘g‘li 1596-yilda vafot etgandi) ko‘chib keladi. 

1598-yilda londonlik tanqidchi F.Meres tomonidan chiqarilgan “Aql 

xazinasi”  kitobining  “Ingliz shoirlari haqida mulohazalar”  qismida shunday 

fikr bitilgan: “Plavt va Seneka rimliklar uchun komediya va tragediya 

borasida tengsiz bo‘lgani singari Shekspir inglizlar uchun pyesaning har ikki 

turida ham beqiyosdir”. 1597-1598-yillarda Shekspir ijodi ancha  katta 

shuhrat qozondi. Bu davrgacha uning “Tit Andronik”  nomli birgina pyesasi 

muqovasida muallifning nomi ko‘rsatilmagan holda nashr etilgan edi. 

Aytilgan davrda esa adibning asarlariga bo‘lgan talabni qondirish uchun 

uning besh pyesasi chop etildi. Tadbirkor noshir U.Jaggard Shekspir 

asarlarini nashr etish hisobiga boylik orttirmoqchi bo‘ldi. U 1599- yilda turli 

shoirlarning bitiklaridan iborat to‘plamga Shekspirning ham to‘rt sonetini 

kiritib,  “Otashin ziyoratchi”  nomli kitob chiqardi va undagi asarlarni 



37 

 

Shekspir qalamiga mansub deb e’lon qildi. Bu Shekspir ijodini 



qalbakilashtirib, foyda topish yo‘lidagi birinchi urinish edi. 

1598-yilda aka-uka Berbejilar Londonning shimoliy chetidagi eski 

teatrni buzib, uning uskunalaridan Temza daryosining janubiy qirg‘og‘ida 

“Globus”  teatrini tikladilar. Shekspir ham yangi teatrning hissadorlaridan 

biri, ham o‘z ijodiy guruhiga ega aktyor edi. 1608-  yilda u katta foyda 

keltiradigan  “Blekfrayerz”  teatrining ham hissadorlaridan biriga aylandi. 

1603-  yilda qirol Yakov Shekspir truppasini o‘z himoyatiga oldi. Guruh 

a’zolari “Qirol hazratlarining xizinatkorlari” deb atalib, kamerdinerlar singari 

saroy xodimlari hisoblanishardi. Truppa saroyda tez-tez tomoshalar ko‘rsatib 

turar, saroy ayonlari va aslzodalar aktyorlarni yaxshigina siylardilar. 

Shekspirning moddiy ahvoli yaxshilanib, Londondan ham, Stratforddan ham 

bir qancha mulk sotib oldi. Shu tariqa mashhur aktyor asta sekin adabiy 

ijoddan chetlashdi, teatrdan uzoqlashdi va 1612-yilda ota shahriga butunlay 

ko‘chib keladi. 

1616-  yilning 23-aprelida buyuk dramaturg, iste’dodli shoir, tengsiz 

aktyor Shekspir olamdan o‘tdi. Uning jasadini o‘z qavmi cherkoviga 

ko‘mishdi. O‘shandan buyon uning qabrini har yili minglab odamlar ziyorat 

qilishadi. 

Shekspirning ijodiy taqdiri juda g‘alati. Qanchalik mashhur bo‘lmasin, 

bironta pyesasi hayotlik chog‘ida risoladagiday nashr qilinmagan edi. 

Ularning aksariyati 1623-yilga kelib, adib o‘limidan yetti yil o‘tgach, dunyo 

yuzini ko‘rdi. Shekspirning  aktyorlik faoliyati bo‘yicha ham juda kam 

ma’lumot saqlanib qolgan. Aktyor sifatida ko‘proq qirollarning rollarini 

o‘ynaganligi qayd etilgan. “Hamlet”da Arvoh, “Sizga bu yoqadimi?” 

spektaklida Odam rollarini ijro etgani ba’zi hujjatlar orqali yetib kelgan. Ben 

Jonsonning  “O‘ziga yetguncha”,  “Seyan”  pyesalarida Shekspir o‘zining 




38 

 

so‘nggi rollarini o‘ynagan. Ehtimol, aynan aktyorlik tajribasi buyuk adibga 



dramatik asarlarida sahna imkoniyatlarini to‘g‘ri hisobga olish, obrazlarning 

tabiatini yorqin namoyon etadigan jihatlarni bexato ko‘rish va tasvirlashda 

juda qo‘l kelgan bo‘lishi mumkin. 

1592-yildayoq Londonga kelib, tez orada teatr ahli orasida aktyor va 

dramaturg sifatida bir qadar tanilib qolgan Shekspirning dastlabki pyesalari 

qachon yaratilganini aniq aytib bo‘lmaydi. To‘g‘ri, zamondoshlari ingliz 

fransuz urushi  haqida Shekspir tomonidan 1592-yilning martida yozilgan va 

katta muvaffaqiyat bilan o‘ynalgan bir pyesa bo‘lganligini qayd etishgan. 

Lekin bu asarning katta qismi o‘zgalar tomonidan yaratilib, Shekspir ularni 

sahnaga moslab qayta ishlaganligi keyinchalik aniqlandi. Asar 1594-yilda 

qisqartirilgan va buzilgan holatda alohida kitob sifatida ham chop etilgan. 

Ijodiy umri mobaynida V. Shekspir o‘ttiz olti dramatik asar, 154 sonet va bir 

necha doston yozgan. Lekin bulardan birortasi ham muallif hayotlik chog‘ida 

ochiqchasiga chop etilmagan. 

“Qirol  Lir”,  “Romeo va Julyetta”  (1594-1595),  “Hamlet”  (1601), 

“Otello”  (1604),  “Makbet”  (1606) singari tragediyalar, “Yoz kechasidagi 

tush”, “Venetsiya savdogari”, “O‘n ikkinchi kecha” kabi komediyalar deyarli 

to‘rt yuz yildan buyon dunyodagi eng dovruqli teatrlar shuhratiga shuhrat 

qo‘shib kelmoqda. Jahon dramaturgiyasiniug bu yetuk namunalari badiiy 

mahorat cho‘qqilaridir. Shekspir asarlari inson tuyg‘ularining murakkab, 

chigal va qarama-qarshi qirralarini ta’sirchan aks ettirishi bilan ajralib turadi. 

G‘arb mamlakatlari mutaxassislari orasida Vilyam Shekspir degan 

yozuvchi haqiqatda bo‘lmagan va dunyoning eng zo‘r dramalari  ham u 

tomonidan yaratilmagan, degan taxminlar yuradi. Negaki, V. Shekspirning 

tug‘ilgan joyi, otasi, onasi, oilasi haqida anchagina ma’lumotlar bo‘lgani 

holda uning biror o‘quv muassasasida muntazam  tahsil olgani, aktyorlik 




39 

 

qilgani, badiiy ijod bilan shug‘ullangani haqida kishini qoniqtirishi mumkin 



bo‘lgan dalillar qolmagan. Buning ustiga, Vilyam Shekspir o‘z qo‘li bilan 

yozgan vasiyatnoma uslubiga ko‘ra muallifining u qadar ham savodli 

bo‘lmagan tijoratchi ekanligini anglatar ekan. 

Ayrim adabiyotshunoslar orasida o‘z asarlarini Shekspir nomidan e’lon 

qilgan kishi 1550-yilda Eyfon Stratfordi shahrida tug‘ilib (Buyuk Britaniyada 

kattaroq Stratford va chog‘roq Eyfon Stratfordi singari ikki “adash”  shahar 

bor), 1604-yilda vafot etgan lord Eduard de Ver bo‘ladi, degan fikr ham bor. 

U qirol saroyiga yaqin aslzoda oilalardan birining farzandi bo‘lib,  atroflicha 

bilim olgan, ammo o‘sha vaqtlarda aslzodalarning badiiy ijod bilan 

shug‘ullanishi ayb  sanalgani uchun ham o‘z bitiklarini Vilyam Shekspir 

nomidan e’lon qilgan degan qarashlar yuradi. 

Bunday qarashlardan qat’i nazar, Shekspir nomidan e’lon qilingan 

mislsiz asarlar bor va ularni o‘qish,  o‘rganish har qanday inson ma’naviyati 

shakllanishida muhim ahamiyat kasb etishi aniq. Inson aqli va hislarining eng 

nozik, chigal jihatlari yuksak san’atkorlik bilan tasvirlangan “Otello”

15

 



(1604) fojiasi haqida alohida to‘xtalish joiz. 

Shekspir ijodining cho‘qqisi uning besh tragediyasi: «Romeo va 

Juletta», «Gamlet», «Otello», «Qirol Lir» va «Makbet» hisoblanadi. 

Dunyo adabiyotidagi shoh fojialaridan biri «Otello» tragediyasi bilan 

tanishsiz. Shu asnoda sizga tragediya timsollarining boshqa janrlardagi asar 

qahramonlaridan bir qadar farq qilishi sezilsa kerak. Chunki kundalik 

hayotning mayda-chuydalaridan baland turadigan, turmushi tashvishlarini hal 

qilishi to‘g‘risida emas, balki umr ma’nosini anglasb haqida o‘ylaydigan 

boshqacharoq odamlar fojianing qahramoni yoki qurboni bo‘la oladi. Yuksak 

                                                            

15

 

Qozoqboy Yo‘ldoshev, Valijon Qodirov, Jalolbek Yo‘ldoshbekov. Adabiyot. 9-s.–T.: Yangiyo‘l, 2010. 



 


40 

 

orzular, baland axloqiy muammolar quchog‘ida yashamaydigan, hamma 



qatori kun ko‘radigan kishilar hayotida bam achchiq ko‘rguliklar, dahshatli 

falokatlar bo‘lishi mumkin, lekin ularga fojia deb emas, balki baxtsizlik deb 

qaraladi. 

Fojia buyuk odamlarning buyuk maqsadlar yo‘lidagi omonsiz kurashlari 

va halokatlaridangina tug‘iladi. E’tibor bering: Otello hech qahon ezgulikka 

xiyonat qilmagan buyuk va qudratli inson, lekin o‘zi bilmagani holda 

kechirilmas jinoyat qilgan sho‘rlik odam! To‘g‘ri so‘zligi, odamlarga 

ishonishi, tinimsiz ravishda haqi-qatga intilishi uning fojiasini kuchaytiradi. 

Boshqa jo‘nroq odam Dezdemona haqidagi gaplarning tagiga yetish uchun 

tekshirishlar  o‘tkazgan, odamlardan so‘rab-surishtirgan bo‘lardi. Otello 

bunday maydalikni o‘ziga ep ko‘rmaydi. Chunki u Yagoning yolg‘on 

gapirishi mumkinligini tasavvur ham qilolmaydi. Otello ulug‘ inson bo‘lgani 

uchun ham haqiqatning tagiga yetgach, o‘ziga o‘zi eng og‘ir jazo belgilaydi 

va uni ijro etadi. 

Otello hamisha o‘ylanib, qiynalib yashaydi. O‘zi yuksak ma‘naviyat 

egasi bo‘lgani uchun boshqalardan, hech bo‘lmasa,  o‘z yaqinlaridan poklik, 

tozalik kutadi. Lekin Yagoning gapiga ko‘ra, ayoli ham, ishongan o‘rinbosari 

Kassio ham unga xiyonat qiladi. Otello qasoskor emas, balki nomusli odam. 

U odamlarning bu qadar tubanligi va olamning bunchalar buzuqligidan 

hayratga tushadi, qiynalib ketadi. 

Fojiaviy timsollardagi shu xil boshqachalik ularning xatti harakatlari 

ham, gap-so‘zlari ham o‘zgacharoq bo‘lishini taqozo etadi. Shuning uchun 

ham tragediyalarda, ayniqsa, yirik tragik timsollar tasvirida hayot haqiqatiga 

to‘la amal qilinmasligi, shartlilikka yo‘l qo‘yilishi mumkin. 

Tragik timsollar duch kelgan nohaqlikning ko‘lami yirik bo‘lgani uchun 

bunday obrazlarning halokati tufayli tug‘iladigan fojia ham dahshatli bo‘ladi. 




41 

 

 Vilyam Shekspirning hayoti va ijodi to‘liq  o‘tilgandan keyin, 



navbatdagi darsda o‘quvchilarning tayyorgarligini baholash uchun   «Tasvir» 

texnologiyasidan foydalanish mumkin. Bu usuldan, asosan, adabiyot, nutq 

madaniyati, xalq og‘zaki ijodi fanlarida foydalanish maqsadga muvofiqdir. 

Bunda  o‘qituvchi shoir va yozuvchilarning hayoti va ijodini o‘rganish 

mobaynida, ularning rasmlarini yozuv taxtasiga osib qo‘yadi. Masalan, 

«Shekspir» portreti yuzasidan ish qilinayotgan bo‘lsa,  sinfda o‘tirgan 

o‘quvchilarni ikki guruhga ajratib, Shekspir  haqida bilgan barcha 

ma’lumotlarni to‘plash topshiriladi.  

                                        

 

O‘qituvchi yozuv taxtasining chap tomoniga  birinchi guruh, o‘ng 



tomoniga ikkinchi guruh deb yozib qo‘yadi.  Berilgan vaqt tugagach, 1-

guruhning ma’lumoti eshitiladi: Shekspir  1564-yil  Stratford  shahrida 

tug‘ilgan.   

2-guruh: «Shekspir» so‘zining ma’nosi “nayza o‘ynatuvchi”  demakdir. 

To‘g‘ri topilgan ma’lumotga 1 ball, noto‘g‘ri aytilgan  ma’lumotga 0 ball 

qo‘yib boriladi. Jamoaviy o‘yinda ma’lumot qolmaguncha kurash davom 

ettiriladi. Natija ko‘ra, yuqori ballga ega bo‘lgan jamoa g‘olib hisoblanadi. 

Faol ishtirok etgan o‘quvchilar yuqori baholanadi.  




42 

 


Download 0,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish