Usmon Nosir (1912-1944)



Download 25,59 Kb.
Sana04.02.2022
Hajmi25,59 Kb.
#429248
Bog'liq
Usmon Nosir
13- laboratoriya.Pastki kamar muskullari a99ad40be3e3d85ed78e4377a10e05d0, 7.mavzular .ona tili millat ruhi.kumush, 2 5201838361966284732, 2 5201838361966284732, Boshqaruv shakllari, Boshqaruv shakllari, Boshqaruv shakllari, Mazhabsizlik va uning oqibatlari, Mazhabsizlik va uning oqibatlari, eks, Moy kompyuter» (mening kompyuterim) ilovasi b , Astranomiya fani va uning kelib chiqishi, zamonaviy yo’nalish , AHOLI YASHAYDIGAN JOYLARDA HARAKATLANISH QOIDALARI, elektr stansiyalar. energetika tarmo

Usmon Nosir (1912-1944)








She'riyat - Zamonaviy o'zbek she'riyati




U smon Nosir 1912 yil 13 noyabrda Namangan viloyatida tug‘ilgan. Moskvadagi Kinematografiya institutining stsenariy fakultetida (1929— 30) va Alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universitetining til va adabiyot fakultetida bir muncha muddat taxsil olgan (1933—34). «Quyosh bilan suhbat», «Safarbar satrlar» (1932), «Traktorobod» (1934), «Yurak» (1935), «Mehrim» (1936) kabi she’riy to‘plamlari, «Norbo‘ta» va «Naxshon» (1934) dostonlari nashr etilgan. «Atlas» (1935) pesasi o‘z vaqtida xavaskorlar teatri sahnasida ko‘yilgan. A. S. Pushkinning «Bokchasaroy fontani», M. Yu. Lermontovning «Demon» («Iblis») dostonlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan. 1937 yil 13 iyulda «xalq dushmani» sifatida hibsga olinib, dastlab Magadan, so‘ngra Kemerovo viloyatlaridagi qamoqxonalarga yuborilgan va 1944 yil 9 martda o‘sha yerda vafot etgan.
YURAK
Yurak,sensan mening sozim,
Tilimni nayga jo'r etding.
Ko'zimga oyni berkitding,
Yurak,sensan ishqibozim.
Senga tor keldi bu ko'krak,
Sevinching toshdi qirg'oqdan,
Tilim charchar, ajab,gohi
Seni tarjima qilmoqdan.
Sen, ey sen - o'ynoqi dilbar,
Zafardan izla yoringni.
To'lib qayna, toshib o'yna,
Tirikman, kuyla boringni!
Itoat et!
Agar sendan
Vatan rozi emas bo'lsa,
Yoril,chaqmoqqa aylan sen,
Yoril! Mayli, tamom o'lsam!
YANA SHE’RIMGA
(Sonet)

She’rim! Yana o‘zing yaxshisan, 


Boqqa kirsang, gullar sharmanda. 
Bir men emas, hayot shaxsisan
Jonim kabi yashaysan manda.

Yuragimning dardi - naqshisan, 


Qilolmayman seni hech kanda! 
O’t bo‘lurmi ishqi yo‘q tanda? 
Dardimsanki, she’rim yaxshisan.

Sen orada ko‘prik bo‘lding-da, 


Geyne bilan o‘rtoq tutindim. 
Lermontovdan ko‘mak o‘tindim. 
Butun umrim sening bo‘yningda.

Saharda qon tupursam, mayli. 


Men - Majnunman, she’rim, sen –
Layli!
BOG'IM
O, u qanday fusnkor!
Nur bilan to'lgan butun.
Gullari chaman-chaman,
Men ularni ichaman:
Ko'nglimda yashnar bahor...
Nur bilan to'lgan butun.
Bargdek uzilib ketsam,
Unutmas meni bog'im:
Ishimni hurmat qilur,
Gullardan haykal qurur.
Ming yillardan keyin ham
Unutmas meni bog'im!
She'rlarim yangrab qolur -
Bir umrga o'lmayman!
Hayotimning davomi -
Kelajagimga homiy,
O'rnimga bog'bon bo'lur -
Bir umrga o'lmayman!
O, u qanday davomdor!
Nur bilan to'lgan butun.
Gullari chaman-chaman,
Men ularni ichaman:
Ko'nglimda yashnar bahor...
Nur bilan to'lgan butun.
YURGANMISIZ OY BILAN
Yurganmisiz birga oy bilan
Oqshom payti ko'm-ko'k o'rmonda?
Maysalarga shabnam qo'nganda,
Shunday yaxshi tinch bo'lar ekan.
Shitir-shitir o'ynar shabboda,
Barglar musiqasi bir shirin...
Havo go'yo tiniq,sof boda -
Ko'ngil sezar hayotning sirin.
Men mast bo'lib qoldim bu kecha,
Sil o'pkamni ancha yayratdim.
Uxlamasdan to tong otguncha
Dilginamni rosa sayratdim.
DENGIZ OYNA KABI
Dengiz oyna kabi yaltirar,
To'lqinlarga suqim oqadi.
Oqqush mungli-mungli oh urar,
Hazin kuyi dilga yoqadi.
O'tiraman - ko'nglim osuda,
Boshim uzra barglar shitraydi.
Soyalari limmo-lim suvda
Tanga-tanga bo'lib titraydi.
Qanday yaxshi, kechqurun yolg'iz
Yursang, ko'ngil asti to'ymasa,
Oy go'yoki parishonhol qiz,
Sochlarini yozib o'ynasa...

Download 25,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
axborot texnologiyalari
ta’lim vazirligi
zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
guruh talabasi
nomidagi toshkent
O’zbekiston respublikasi
toshkent axborot
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
o’rta maxsus
davlat pedagogika
rivojlantirish vazirligi
pedagogika instituti
Ўзбекистон республикаси
tashkil etish
vazirligi muhammad
haqida tushuncha
respublikasi axborot
toshkent davlat
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
таълим вазирлиги
O'zbekiston respublikasi
махсус таълим
vazirligi toshkent
fanidan tayyorlagan
bilan ishlash
saqlash vazirligi
Ishdan maqsad
Toshkent davlat
fanidan mustaqil
sog'liqni saqlash
uzbekistan coronavirus
haqida umumiy
respublikasi sog'liqni
coronavirus covid
vazirligi koronavirus
koronavirus covid
covid vaccination
qarshi emlanganlik
risida sertifikat
vaccination certificate
sertifikat ministry
o’rta ta’lim
pedagogika universiteti
matematika fakulteti
ishlab chiqarish
fanlar fakulteti
moliya instituti
fanining predmeti