58
varaqdan oshmasligi hamda qisqalik va aniqlik bilan ajralib turishi lozim.
Rezyumeda quyidagi asosiy pozitsiyalarni aks ettirish zarur:
mazkur biznes-rejani taqdim etuvchi korxonaning missiyasi, biznes-
rejaning maqsadi, o‘ziga xos jihatlari va tarixini ifodalash;
korxonaning tashkiliy-huquqiy shakli;
korxona shug‘ullanishi kutilayotgan biznesni tavsiflash;
boshqaruv personalining malakasi va korxona kapitalidagi ishtiroki
haqidagi qisqacha ma‘lumotlar;
bozordagi va tarmoqdagi vaziyatni tavsiflash;
korxona mahsuloti (xizmatlari) va uning raqobatchilar mahsulotlaridan
farqi;
loyihaning uzoq muddatli va qisqa muddatli maqsadlari, kutilayotgan
daromad va ishlab chiqarishning o‘sishi;
belgilangan maqsad va vazifalarga erishishning taktik rejasi;
zarur investitsiyalar miqdori va ulardan foydalanish yo‘nalishlari;
investitsiya qo‘yilmalaridan foydalanishning moliyaviy natijalari;
kutilayotgan tavakkalchiliklar va investorlar uchun mukofotlar;
korxonaning ishlash sharoitlari, uni yaratish va ro‘yxatdan o‘tkazish
haqidagi ma‘lumotlar;
korxona rahbariyatining telefonlari.
Rezyume biznes-rejaning «yuzi», barcha g‘oyalar, fikr-mulohazalar va ularni
amalga oshirish yo‘llari «yig‘indisi» ekanligi sababli u birinchidan, batafsil o‘ylab
ko‘rilishi va har tomonlama tekshirilishi, ikkinchidan esa korxonaning asosiy
missiyasini amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lishi lozim.
Rеzyumеni rasmiylashtirishning taxminiy tartibi:
Loyihani mohiyati_______________________________________________________
Taklif etilayotgan biznеsning asosiy ustuvor va nodir
jixatlari, uning rivojlanish
istiqbollari
Biznеs-rеjaning maqsadi va vazifalari________________________________________
Iqtisodiy asoslash va loyiha samaradorligi_____________________________________
Asosiy moliyaviy natijalar va invеstor hamda ishlab chiqaruvchi uchun mo`ljallanayotgan,
bashorat qilinayotgan samaradorligi.
Firma, tadbirkor to`g`risidagi ma'lumotlar_____________________________________
Korxonaning tashkil etilgan va kеngaytirilgan sanasi, tashkiliy huquqiy shakli, kapitalning
tuzilmasi (chiqarishga ruhsat bеrilgan aktsiyalar soni, chiqarilgan va muomiladagi aktsiyalar soni,
ularning nominal qiymati va birja bahosi), korxona hisob raqami ochilgan asosiy bank, korxonaning
ixtisoslashuvi
va rivojlanish tarixi, asosiy istе'molchilar.
Korxona rеsurslari, uning joriy moliyaviy xolati. Tadqiq etilayotgan ishlab chiqarish nuqtai-
nazaridan bozordagi va tarmoqdagi holatining bayoni.
Boshqaruv xodimlari_____________________________________________________
Firma rahbariyati, buxgaltеr va yurist, asosiy mеnеdjеrlar, ularning malakasi, ma'lumoti, ish
staji va boshqa ma'lumotlar.
Firmaning tashkiliy tuzilmasi, undagi asosiy tashkiliy-ishlab chiqarish va boshqaruv
bo`linmalari.
Xarajatlar rеjasi_________________________________________________________
Korxonaning uzoq muddatli va qisqa muddatli stratеgiyasi. Ma'lumotlarni jadval shaklida
kеltirish maqsadga muvofiqdir.
59
Masalan:
Stratеgiya
Stratеgiyani amalga
oshirishning aniq vazi-
falari
Tadbirlar
rеjasi
Amalga oshirish
muddatlari
--------------
---------------
Moliyalashtirish_________________________________________________________
Invеstitsiyalarga bo`lgan talab, ulardan foydalanish yo`nalishlari, taklif etilayotgan
moliyalashtirish
manbalari, invеstitsiyalash xavf-xatarlari (tavakkalchiligi).
Qarzga olingan mablag`larni qaytarish rеjasi___________________________________
Krеditni kafolatlangan qaytarish muddatlari, invеstitsiyalash shartlari, invеstorning kapital
kiritishdan olingan
samarasining shakli
Invеstitsiyaning qaytarish kafolatlari_________________________________________
10.Biznеs-rеjaning yo`naltirilganligi__________________________________________
Invеstor yoki krеditor uchun xamkorlar yoki aktsionеrlar uchun ta'sischilar uchun,
korxona rahbariyati yoki tadbirkorning o`zi uchun, davlat yoki maxalliy xokimiyatdan yordam olish
uchun.
Bo‘limning asosiy vazifasi shundaki, menedjerlarning biznes-rejaning asosiy
qoidalarini tushunishlarini, shuningdek, ularni qisqa, aniq va lo‘nda ifodalay olish
imkoniyatini namoyish etish hisoblanadi. Rezyume rahbariyatning rejaning asosiy
qoidalariga bo‘lgan real munosabatini aks ettirishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: