60
ham, tadbirkorlik loyihasi uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi. Tanlangan faoliyat
sohasining rivojlanish tendentsiyalarini to‘liq hisobga olmaslik biznes-loyihani joriy
qilishda kutilmagan natijalarga va iqtisodiy samaradorlikning pasayishiga olib kelishi
mumkin.
Tarmoqning jahon mehnat taqsimotida va xalqaro bozorda tutgan o‘rni, uning
eksport imkoniyatlari, shuningdek, xalq xo‘jaligining ushbu tarmoq mahsulotlari
qiziqish uyg‘otuvchi boshqa tarmoqlari bilan ishlab chiqarish-texnik aloqalari haqidagi
ma‘lumotlar foydali hisoblanadi (6.1-rasm).
6.1-rasm
.
Tadbirkorlik faoliyati sohasini tanlashning asosiy omillari.
Tarmoqning kompleks tahlilini va uning jozibadorligini baholashni MDH
davlatlari uchun Jahon tiklanish va taraqqiyot banki tomonidan ishlab chiqilgan in-
vestitsiyaviy
loyihalashtirishda
ma‘lumotlarini
to‘plash,
tahlil
qilish
va
umumlashtirish bo‘yicha takliflarda berilgan uslub orqali amalga oshirish
maqsadga
muvofiqdir.
Nazariyaning kontseptual xulosalaridan biri shundan iboratki, eng yirik korx-
onalar bozordagi kattagina ulush bilan bir tomondan va unchalik katta bo‘lmagan ix-
tisoslashgan kichik korxonalar ikkinchi tomondan ko‘zlagan foydalilik darajasiga er-
ishish uchun imkoniyatga egadirlar.
Har qanday davlatda biznesning taqiqlangan sohalari (kontrabanda,
pornografiya va boshqalar) hamda davlat monopoliyasi bo‘lgan faoliyat turlari
(qurol-yarog‘, zaharli kimyoviy moddalar, narkotik moddalar) mavjud bo‘ladi.
Ko‘plab tadbirkorlar uchun u yoki bu tarmoqqa kirib borishda iqtisodiy va
boshqa turdagi to‘siqlar yuzaga kelib, ular odatda boshlang‘ich kapital darajasining
yuqoriligi, kiritilgan mablag‘larning o‘zini qoplash muddati uzoqligi va foyda
olishdagi noaniqliklarga bog‘liq bo‘ladi.
Shuningdek, tadbirkorlik faoliyatining davriylik (o‘sish turg‘unlik, pasayish)
ta‘siriga uchrashi sababli yuzaga kelgan bozor kon‘yunkturasini ham hisobga olish
lozim.
Biznes-rejani muvaffaqiyatli amalga oshirishda bozorni to‘g‘ri aniqlashdan
tashqari
uning
hali
egallanmagan
yoki
raqobatchilar
tomonidan
to‘liq
Iqtisodiy kon'yuktu-
ra
чеkлanишлar
Huquqiy va iqtisodiy
chеklanish
чеkлanишлar
Tadbirkorning bilimi,
tajribasi
va qobiliyati
Xamkorlik va
koopеratsiyanin
g maqsadga
muvofiqligi
Tanlash
omillari
Faoliyat
sohalari
Biznеsning
maqsadlari
Bozor xolatining
taxlili
Biznеsning
tashqi va
ichki
muxiti
61
foydalanilmagan qismini topish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ya‘ni ma‘lum bir
iste‘molchilarga yo‘naltirilgan va tadbirkorga o‘z imkoniyatlaridan samraliroq
foydalanish imkoniyatini beruvchi tadbirkorlik faoliyati sohasini ifodalovchi «bozor
qismi»ni topish muhim. Uning hajmi bozor segmenti sig‘imidan kichik bo‘lib, unda
raqobatchilar kam bo‘lishi lozim. Bu bozordan joy qidirish va uni egallash
jarayonining mohiyatini aks ettiradi.
Ushbu jarayonni iste‘molchilar doirasi aniq belgilangan holda faoliyat sohasi
miqyosini tanlash sifatida belgilash mumkin bo‘lib, u muayyan tadbirkorning
xususiyatlari va ustunliklariga mos keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: