113
10.4. Uslubchi tomonidan ilk yosh guruxlarida bolalar hayotini tashkil
etishga raxbarligi.
Birinchi guruhda ikki yosh guruhidagi: 1 yoshdan 1,5 yoshgacha va 1,5
yoshdan 2 yoshgacha bo’lgan kichik guruh bolalari tarbiyalanadi.
Ilk yoshdagi bolalarning ikkinchi guruhidagi hayotini to’g’ri tashkil etish
kun tartibiga ikki kichik yosh guruhidagi bolalar kundalik hayotiga muvofiq tarzda
aniq amal qilishni talab qiladi. Bu narsa tarbiya vazifalarini hal etishni, bolalarning
faolligini muntazam tarzda almashtirib turilishini ta`minlaydi.
Bu yoshdagi bolalarning ko’pchiligi yasli - maktabgacha ta`lim
muassasasiga endigina qatnayotgan bo’ladilar. Ular hali ilojsiz, kattalarga to’la
qaram bo’ladilar, atrofdagi narsalarga katta qiziqish bilan qaraydilar. Hayot
faoliyatining qaror topgan ritmi, bedorlikning uzayishi, mustaqil yura olish,
maxsus tanlangan buyumlar bilan harakat qilish, murojaat qilib aytilgan so’zlarni
tushunib olish va o’z xulqini kattalar ko’rsatmasi asosida boshqara olish malakasi
guruhda bolalarning mazmunli hayotini tashkil etish va ularning har tomonlama
tarbiyasini, shuningdek, keyingi birgalikdagi hayotini rivojlantirishning muhim
asosidir.
Ikkinchi yil davomida bolalarda yurish malakalari takomillashadi, ular
maxsus va qurolli harakatlarni bajara boshlaydilar, ko’proq muloqotga kirishadilar,
buyumli - tasviriy o’yinlarni o’ynay boshlaydilar. Shunga muvofiq asosiy binolarni
guruh xonasi, yotoqxona, ayvon, qabulxona, hojatxonani jihozlash va bezashga
yangi talablar qo’yish ikkinchi yildagi rivojlanishning asosiy yo’nalishlari
hisoblanadi. Mebel guruh xonasida shunday qo’yilishi kerakki, xona o’rtasida
yurish uchun ko’proq bo’sh joy bo’lsin. Bolalar yurish paytida tez charchab
qoladilar, shuning uchun ayrim joylarga divancha, stullar qo’yib qo’yiladi.
Devordagi tokchalarda katta - katta obrazli o’yinchoqlar: qo’g’irchoqlar,
ayiqchalar, kuchukchalar joylashadi. Bolalar ularni oladilar va yurish chog’ida
ko’tarib yuradilar. Bu yurish chog’ida qo’l va oyoqning vazifalarini
takomillashtirishga va harakatlarni muvofiqlashtirishga yordam beradi. Harakat
faolligini o’stirish uchun derazaga yaqin joyda sirg’aladigan qiya tepachalar
o’rnatiladi. U ayni paytda tashqarida nima bo’layotganiii kuzatish imkonini ham
beradi. Bolalarda funktsional va qurolli harakatlarni shakllantirish uchun burchak
ajratiladi, unda katta mashinaladi (agar ota - onalar bolalarini guruhga kechroq olib
keladigan bo’lsa, ular uyda engil nonushta qilib olgan bo’ladilar).
Bolalar 1 yil-u 2 oylik - 1 yil-u 3 oylikdan to’rt kishilik stol atrofida o’tirib,
quyuq bo’tqani qoshiqda mustaqil tarzda tanavvul qiladilar. Agar bolalar eyishdan
charchasalar, ular ovqatlantirib qo’yiladi. Buning uchun tarbiyachi yoki enaga bola
yoniga o’tirib, unga yordamlashadi, ayni paytda ular boshqa bolalar harakatini ham
boshqarib boradilar: «Botir qoshiq bilan egin, nondan tishla» kabi.
Bolalarda ovqatni xush ko’rish, berilgan taomning hammasini mustaqil
eyish malakasini tarkib toptirish lozim. Tarbiyachi bolalarning ishtahasini kuzatib
boradi, zo’rlab ovqat edirishdan o’zini tiyadi.
Kichik yoshdagi bolalar birinchi kunduzgi uyqudan uyg’ongach (1,5
yoshgacha bo’lgan bolalar), ovqatlantiriladi, chuiki ularni oxirigacha
114
ovqatlantirishga to’g’ri keladi, shunda ularni stol atrofiga 3 - 4 tadan qilib
o’tqaziladi. Bu yoshdagi bolalar ovqat berilishini uzoq kutib tura olmaydilar,
shuning uchun bolaning qo’li yuvdirilib, stolga o’tqizilgach, darhol birinchi
ovqatni, ikkinchi ovqatni, uchinchisini berish lozim. Ovqatlanib bo’lgach, bola
darhol o’ynagani ketadi, tarbiyachi esa qolganlarni ovqatlantiradi, shuningdek, bu
vaqtda o’ynayotganlarni nazorat qilib boradi.
Ovqatlantirish asnosida bolalarda baholi qudrat mustaqillik malakalari hosil
qilinadi. Ular yoshi 1 yil-u 4 oyga etgach, sho’rvani mustaqil ichishlari va ayni
paytda non burdasini tishlashlari, qo’llarida piyolani ushlab, undan ichishlari
mumkin. Buning uchun ovqatlanishga zarur bo’ladigan harakatlar bola bilan
birgalikda bajariladi va ularning nomi aytiladi. Ovqatlantirish chog’ida bolalar
orastalikka o’rgatiladi. Tarbiyachi va enaga ovqatlanish chog’ida bolalarning qo’li
va yuzining tozaligiga e`tibor berishadi, yuz - qo’li iflos bolalarni yuvib salfetka
bilan artishadi, stoldagi ortiqcha narsalarni o’z vaqtida yig’ishtirib oladilar.
Katta yoshli bolalarning barchasini birga tushlik qildiriladi. 1,5 dan 2
yoshgacha bo’lgan bolalar ovqatlanish chog’ida katta mustaqillik ko’rsatadilar.
Biroq ularda hali suzilgan ovqatni to’la eyishga oid barqaror malaka yo’q, shuning
uchun tarbiyachi va enaga ular xatti - harakatini so’z bilan boshqarish imkonini
hisobga olib, bolalarga qanday harakat qilishni aytib turadilar. Ovqatlanishni
to’g’ri tashkil etish oxir - oqibatda bolalarni o’z vaqtida va to’laqonli
rivojlantirishga hamda ularda baholi qudrat mustaqillikni tarbiyalashga
qaratilgandir. Ovqatlanishdan so’ng bolalar o’yinga kirishadilar.
Uyqu ikki yoshli bolalar hayotida muhim o’rin egallaydi. To’g’ri tashkil
etilgan uyqu butun ta`lim - tarbiyaviy ishning muhim qismi hisoblanadi. Bolalar
uyqusi doimo toza havo kirib turadigan ayvon yoki binoda tashkil etiladi. Uyqu
ochiq havoda, +10 darajadan kam bo’lmagan haroratda o’tkaziladi. Bolalarnn
uyquga yotqizish jarayoni xotirjam kechmog’i lozim. Tarbiyachi va enaga
bolalarga yumshoq muomala qilib, bolalarpi echinishda ham baholi qudrat ishtirok
etishga jalb qilishlari lozim (poychasi berk ishtonni echish, qo’lni chiqarish va
hakazo).
Kattalar bolalar uxlayotgan paytda ularning yotish holatlari qulaymi-yo’qmi,
biror nima bezovta qilyaptimi - yo’qmi kuzatib boradilar, oldinroq uyg’ongan
bolalarga uxlashga yordam beradilar.
Kattalar bolalarning tozaligiga, ularni orastalikka o’rgatishga ko’p e`tibor
berishlari lozim. Buning uchun mazkur yoshdagi bolalarga mo’ljallangan maxsus
bino va jihozlarga ega bo’lish, to’g’ri usullarni qo’llanish kerak.
Bolalarning qo’li ovqatlanish oldidan yuvdiriladi, buning uchun yuvinish
xonasiga bir vaqtning o’zida 2 - 3 bola kiritiladi. 1 yil-u 2 oylik - 1 yil-u 3 oylik
bolalarni qo’lini suvga tutish va ishqalashga o’rgatiladi. Ikki yoshga etgan bolalar
o’z sochig’ini topishga va uni joyiga olib borib ilishga o’rgatiladi. Kattalar
bolalarning mustaqillikka intilishini rag’batlantiradilar: «Qo’lingni tut, Lola, hozir
suv keladi» va hokazo
Tarbiyani to’g’ri olib borganda 1,5 yoshli bolalar tuvakka o’zlari o’tirishlari
kerak, biroq bu odat, hatto 2 yoshda ham barqaror bo’lmasligi mumkin. Bolalarni
uyqudan so’ng, uyqudan oldin, sayrdan oldin va undan so’ng, albatta tuvakka
115
o’tkazish zarur. Bu yoshli bolalarda asta o’z fiziologik ehtiyojlarini nazorat qila
olish malakalarini mustahkamlash lozim.
Bolalarning tashqi ko’rinishini diqqat bilan kuzatib borish, uning kiyimini
o’z vaqtida tuzatib turish va unda toza va chiroyli kiyimdan quvonish hissini
uyg’otish lozim.
1 - 2 yoshli bolalarda birinchi yarim yillikda qo’g’irchoq, mashina va shu
kabilar bilan o’ynaladigan ayrim syujetli o’yinlar rivojlanadi. Buyumlar bilan
qilinadigan harakatlarni umumlashtirish asosida bolalar bir buyum harakatini
ikkinchisiga ko’chiradilar.
Tarbiyachi o’yinchoqlarni tanlar ekan, bolalarni syujetli o’yinlarga jalb
qiladi, harakat usullarini ko’rsatadi, so’ngra bolaning mumkin qadar so’zlarni,
buyum va harakat nomlarini takrorlab natijaga erishishiga intilib, bolaga harakatni
qayta takrorlashni (namunaga ko’ra kubiklardan kuchukcha uchun uycha,
qo’g’irchoq uchun esa stol, stul yasashni) taklif qiladi.
Bolalarning syujetli - tasviriy o’yinlarini tashkil etishning xususiyati
kattalarning doimiy ko’magi, ularning e`tiborini o’yinchoqlarga jalb etishi, o’yin
mazmuiiga ko’ra masla-hatlar berishi, bolalarni bir harakat yo’lidan ikkinchisiga
o’z vaqtida ko’chirishidir. Bolalar qator turib o’ynaydilar va bu o’rinda muhimi
ularning bir - birlariga xayrihohlik hissini bildirib, o’yinchoqlarni bemalol
almashishlaridir.
Tarbiyachi
bolalarda
muomalaning
ijobiy
shakllarini
mustahkamlaydi va salbiy shakllarni yuzaga kelishining oldini oladi. Kichik
bolalarni ular taqlid qilib, harakatlarni takrorlab olishlari uchun katta bolalar
harakatlarini kuzatishga jalb etish mumkin.
Ilk yoshdagi bolalar ikkinchi guruhining kun tartibida bolalarning buyumlar
bilan bo’ladigan xilma - xil harakatlariga funktsional va boshqariladigai harakatlar
mutanosib nisbatini xisobga olib katta o’rin berilishi kerak.
Ertalab, tarbiyachi bolalarni qabul qilish bilan band bo’lgan, enaga esa guruh
xonasida bo’lgan vaqtda kichik va katta guruhlar bolalari diqqatini harakat usullari
o’zlashtirilgan va mustaqil bajarilishi mumkin bo’lgan materiallardan qurilish
materiallari, xalq didaktik o’yinchoqlari: piramidalar, matryoshkalar, bir - birining
ustiga qo’yiladigan kub va shu kabilarga jalb qilish o’rinlidir. Bolalarga asbobli
harakatlarni bajarish uchun qo’llanmalarni ham: yog’ochga mixlarni qoqish uchun
bolg’acha, suvdan sharchalarni tutish uchun to’r va shu kabilarni tavsiya etish
mumkin.
Ertalabki hamma guruhlar uyg’oq bo’lgan qisqa muddatda bolalarning
to’rejab yonma-yon harakatda bo’lishlari muhim-dir. 1 - 1,5 yoshli bolalar yog’och
qoziqqa hajmi bir xil yoki hajmi ikki - uch xil yoki ikki xil rangdagi halqalarni
tizishlari, qutichalarni ochishlari va yopishlari, matryoshkalarni ikki qismdan
yig’ishlari, kubiklardan minora yoki mashinalar uchun yo’lkalar qurishlari mumkin
va shu kabilar.
Kichik guruhlarda kunduzgi uyqudan keyingi mustaqil o’yinlar tarbiyachi
rahbarligi ostida o’tadi. Etarli vaqtga ega bo’lgan tarbiyachi bolaning harakatlarini
to’g’ri bajarilishiga e`tibor beradi va har biriga ko’maklashadi.
Buyumlar bilan harakat katta yoshdagi bolalar bilan muloqotni o’rnatilishiga
yordam beradi. Shaxsan muloqot bolalar faolligini oshiradi va ularni kattalar
116
ko’rsatgan harakat usulini takrorlashga yo’llaydi. Agarda kattalar o’yinchoqlar
bilan bo’ladigai yangi harakatlarni bolalarga qarab turib ko’rsatsa va bolaga
jilmayib murojaat qilsa, bu kichkiitoyning sodir bo’layotgan voqeaga diqqatini
oshiradi hamda harakat usulini yaxshiroq egallanishiga olib keladi.
Nazorat savollari:
1. Bolalar hayotini tashkil etishning vazifalari va ahamiyati.
2. Maktabgacha ta`lim muassasasida pedagogik jarayonni tashkil etishning
asosiy printsplarini tushuntiring.
3. Guruxga moslashishning o’ziga xos xususiyatlarini izohlab bering.
4. Guruxdagi pedagogik sharoitlarni tashkil etishda uslubchining raxbarligi.
Adabiyotlar:
1. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. Toshkent 1992 y
2. Ta`lim to’g’risidagi qonun. Toshkent 1997 y.
3. Kadrlar tayyorlash milliy Dasturi. Toshkent. 1997 y.
4. O.U.Xasanboeva, M.X. Tadjieva, SH.K.Tashpulatova va boshqalar
―Maktabgacha ta`lim pedagogikasi‖ ―Ilm Ziyo‖. T.: 2006 y.
5. B.Ziyomuhamedov, Sh.Abdullaeva ―Pedagogika‖ ―O’zbekiston Milliy
entsiklopediyasi davlat ilmiy nashriyoti‖. T.: 2000 y.
6. Maktabgacha ta`lim muassasasi to’g’risidagi Nizom. Toshkent 2007 y.
7. Maktabgacha yoshdagi bolalar ta`lim-tarbiyasiga qo’yiladigan davlat
talablari. Toshkent 2008 y.
8. J.G’.Yo’ldoshev. Ta`lim yangilanish yo’lida. Toshkent ―O’qituvchi‖ 2000y.
9. R. Mavlonova ―Pedagogik texnologiya‖ Toshkent ―Fan‖ 2009 y.
10. R. Ishmuxamedov ―Ta`limda innovatsion texnologiyalar‖. Toshkent
―Iste`dod‖. 2008 y
11. A. I.Vasileva, L.A. Baxturina, I.I.Kobitina ―Bolalar bog’chasining katta
tarbiyachisi‖ T.: ―O’qituvchi‖1991 y.
12. Maktabgacha ta`lim kontseptsiyasi. Toshkent 2008 y.
13. ―Uchinchi mingyillikning bolasi‖ Dasturi. Toshkent 1999 y.
117
XI BOB. Maktabgacha ta`lim muassasasi tarbiyalanuvchilarini madaniy –
gigienik masalalarini rivojlantirish (amaliy)
Reja:
1. Maktabgacha yoshdagi bolalar guruxlarida madaniy-gigienik va mehnat
malakalarini egallash darajalari.
2. Malakalar mazmunini murakkablashuv jadvalini tuzish.
Mustaqil ish. ―Uchinchi ming yillikning bolasi‖ dasturidan kattalar mehnati
bo’limini guruxdan guruxga o’tkazishdagi mazmunini murakkablashib borish
jadvalini tuzish.
Mavzuning maqsadi: Turli yosh guruxlarida bolalarni madaniy-gigienik
malakalarini egallash bo’yicha o’quvchilar bilimini mustahkamlash.
Mavzuning vazifalari: Dastur asosida mazmunining murakkablashib borishi
to’g’risidagi bilimlar bilan qurollantirish. Dastur bilan ishlash to’g’risida malakalar
hosil qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |