102
Bolalar hayotini tashkil etish va sog’lomlashtirish ishining barcha
bosqichlarida bolalarning yosh guruhlaridagi hayotini tashkil etish takomillashib
kelgan va bunga fiziologlar, psixologlar, pedagoglar, (E. I. Tixeeva, E. A. Flerina,
A. P. Usova, N. M. Shelovanov, N. M. Aksarina va boshqalarning) tadqiqotlari
asos bo’lgan. Maktabgacha ta`lim pedagogikasi bolalar hayoti va faoliyatini tashkil
etishning quyidagi umumiy printsiplarini ishlab chiqqan:
Bolalarning har bir yosh guruhidagi birgalikdagi hayot tarzi. Bu printsip
asosida guruhdagi barcha bolalarni har tomonlama rivojlantirish va ularni
jamoachilik ruhida tarbiyalagani uchun bir xil sharoitni ta`minlash ko’zda to’tiladi.
Guruhlarni komplektlashning yosh printsipi bolalarning har bir guruhida bir
yoki ikki yoshning bo’lishini taqozo etadi va ularning yosh xususiyatlarini
hisobga olgan holda ta`lim va tarbiya jarayonini ta`minlaydi.
Guruhning bolalarning har tomonlama faoliyati va muloqoti uchun zarur
moddiy muhitini yaratish. Bu printsipga ko’ra guruhlar xonalarini va maydonlarini
pedagogik, gigienik va estetik talablarning yagona birligi asosida jihozlash va
obodonlashtirish amalga oshiriladi. Turli maqsadlardagi keng - mo’l xonalar,
yosh - o’sish me`yorlariga muvofiq yasalgan muayyan qolipdagi mebellar, ularni
joylashtirish, o’yin va mashg’ulotlarga mo’ljallangan qurol va materiallarning rang
- barangligi har bir yosh guruhi uchun bolalar imkoniyatlari va tarbiya vazifalarini
hisobga olgan holda ko’zda tutiladi.
Kun tartibining doimiyligi va yosh xususiyatiga bog’liqligi, ilk va
maktabgacha ta`lim yoshda asosiy hayotiy faoliyat ritmi bir xil emas. Bolalarning
o’z - o’zlarini tashkil etishdagi va xulqlaridagi nmkoniyatlari ham bir xil emas. Ilk
yoshdagi birinchi va ikkinchi guruh bolalarining o’z xatti-harakatini idora
etishdagi
ixtiyoriy qobiliyatining mutlaqo yo’qligi, nochorligi ular hayotini tashkil etishda
x.ar bir bolaga parvarish uchun ko’p vaqt ajratish zaruratini keltirib chiqaradi.
YOsh o’ta borishi bilan paydo bo’ladigan mustaqillik, o’z xatti - harakatini
o’zlashtirilayotgan qoidalarga muvofiq idora eta olish qobiliyati asosiy hayot
faoliyatiga ketadigan vaqtni qisqartiradi va bolalar faolligini rivojlantirishga
yordam beradi. Kun tartibini bajarishda o’z - o’zini tashkil eta olish ko’inkmasi
tufayli mashg’ulotga, o’yinga, mehnatga vaqt qoladi. Har bir yosh guruhidagn kun
tartibining o’ziga xosligi umumiy jihatni ham, kun tartibi jarayonlarining
izchilligidagi barqarorlikni ham ko’zda tutadi.
Bolalar hayoti - bu faqat kattalarning bo’lg’usi hayotiga taiyorgarlik emas,
bolalik davri bolalarni qiziqtiradigaa va uni zavqli qiladigan, ular tomonidan
ijtimoiy tajribaning o’zlashtirilishini ta`minlaydigan rang-barang faoliyat bilan
qiziqarlidir.
Turli faoliyat ko’rinishlarini (o’yin, mehnat, ta`lim) joriy etish: ularning kun
tartibidagi o’rni, bolalarning rivojlanish darajasiga ko’ra bu faoliyat turlarini
qo’shib va navbatlashtirib turish, bola shaxsining shakllanishidagi roli.
Kun mobaynida o’yinlar, mehnat va ta`lim uchun vaqt ajratiladi. Ularning
maktabgacha ta`lim muassasasisidagi turli guruhlardagi o’rni bolalarning yosh
imkoniyatlariga yakka tarzda yoki guruh bo’lib harakat qila olish ko’nikmasiga,
bir-birlari bilan muloqotda bo’la olish malakasiga bog’liq. O’yin faoliyati va
103
boshqa faoliyat turlarining asta - sekin kuchaya borishi ham ahamiyatga ega bo’la
boradi.
Yosh guruhlarida bolalar hayotini ular hayoti va sog’lig’iii muhofaza etishga
yo’naltirilgan holda tashkil etish. Mazkur printsip asosida yasli - maktabgacha
ta`lim muassasasilardagi yosh guruhlari uchun xonalar ajratiladi, mebel va jihozlar
tanlanadi, qo’llanma va meteriallar joylashtiriladi, ovqat tayyorlanadi, chiniqish
tizimi va kundalik harakat faoliyati joriy etiladi. Tarbiyachilar, enagalar va bolalar,
shuningdek, bolalar o’rtasidagi munosabatlarda vazminlik, olijanoblik,
insonparvarlik ruhi hukm suradi. Ziddiyatlar oldi olinadi va odilona hal
etiladi, bolalar asabiylignning payi qirqiladi.
Bolalar hayotini tashkil etishda estetik talablarga rioya qilish ulardan faqat
xonalarni jihozlashda foydalanishni emas, balki pedagogik jarayonda
foydalanishni ham ko’zda tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: