Maktabgacha ta`lim


 Maktabgacha yoshdagi bolalar guruxlarida madaniy-gigienik



Download 2,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/160
Sana15.09.2021
Hajmi2,1 Mb.
#175036
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   160
Bog'liq
Raxbarlikkitobipdf

 
11.1. Maktabgacha yoshdagi bolalar guruxlarida madaniy-gigienik 
malakalarini egallash darajalari. 
 
5  -  7  yoshli  bolalar  katta  yoshlilar  mehnatiga  zo’r  qiziqishni,  biror  mehnat 
jarayonini  bajarishda  kattalar  bilan  birga  qatnashish  yoki  biror  narsani  mustaqil 
bajarish  ishtiyoqini  namoyon  qiladilar.  Ularning  faoliyatlari  kichik  maktab 
yoshdagilarga  nisbatan  anchagina  maqsadga  yo’naltirilgan,  e`tiborlari  ham 
maqsadga  qaratilgandir.  Bolalarda  mehnat  malakalari,  mehnat  qilish  odatini 
shakllantirish,  har  bir  ishni  oxiriga  etkazish  ko’nikmasini  tarbiyalash  pedagogik 
jarayonni to’g’ri tashkil etib, quyidagi qoidalarga rioya qilingandagina: 
Katta guruhlarda o’ziga - o’zi xizmat ko’rsatish mehnati, xo’jalik - turmush 
mehnati, tabiatdagi mehnat, shuningdek, qo’l mehnatini tashkil etish. 
Kun  tartib.iga  ko’ra  «Bolalar  maktabgacha  ta`lim  muassasasisi  ta`lim  - 
tarbiya  dasturi»  asosida  mehnat  uchun    nazarda  tutilgan    vaqtdan  to’liq 
foydalanish. Bolalarni har xil sport  turlariga muntazam jalb qilish. 
Mehnatning har xil turlari tashkil etilar ekan, bolalar faoliyatining yakka va 
jamoa turlaridan foydalanish. 
Bolalar mehnatiga rahbarlik metod va usullarini ta`lim - tarbiya vazifalariga 
muvofiq tanlash. 
Xilma  -  xil    mehnat  turlarini  tashkil  etishda,  ularni  bolalar  faoliyatining 
boshqa turlari bilan oqilona biriktirish orqaligina amalga oshirish mumkin. 
Har kuni kun tartibida guruhdagi barcha bolalar uchun va har bir bola uchun 
yakka  mehnatni  nazarda  tutish  kerak.  Bolalar  to’g’ri  tashkil  etilgan  mehnatdan 
katta quvonchni his qiladilar. 


 
118 
Maktabgacha  katta tarbiya  yoshidagi bolalarning kun tartibida o’ziga  - o’zi 
xizmat  ko’rsatish  mehnati  sezilarli  o’rinni  egallaydi.  Tarbiyachilar  mustaqil 
yuvinish,  kiyinish  ko’nikmasini  shakllantirishni davom  ettiradilar,  ular  bolalardan 
yuvinish,  echinish,  ovqatlanish  tartibini  aniq  bilishni,  ularni  o’z  vaqtida  va  aniq 
bajarishlarini  talab  qiladilar.  Tarbiyachi  bu  shakllangan  ko’nikmalardan 
bolalarning o’zaro yordamlarini tashkil etish va axloqiy me`yorlarni tarbiyalashda 
foydalanadi. 
O’ziga  -  o’zi  xizmatni  yaxshi  tashkil  etish  shartlaridan  biri  -  kun  tartibi 
jarayonlarini izchil va bosqichma - boskich o’tkazish va bunda barcha bolalarning 
ishtirok  etishidir.  Bolalar  o’zlariga  qo’yilayotgan  talablarni  tushunishlari  va  o’z 
burchlarini  muntazam  tarzda  bajarishlari  kerak.  maktabgacha  katta  yoshdagi 
bolalarning o’ziga - o’zi xizmatlarini tashkil etishda guruh tarbiyachisi bolalardagi 
malakalarni  hisobga  olib,  shunga  muvofiq  harakat  usulinigina  eslatadi  va  shu 
orqali  ularning  e`tiborini  jalb  qiladi.  Tarbiyachi  shuningdek  bolalarning  o’ziga  - 
o’zi  xizmat  ko’rsatishiga  doir  ish  sifatlarini  hisobga  olib  boradi,  uni  baholaydi, 
nima yaxshi chiqmayotgan bo’lsa, tahlil qiladi. 
Katta  va  tayyorlov  guruhidagi  muhim  vazifa  nonushtagacha  tayyorlanish, 
nonushtadan  so’ng,  shuningdek  tushli  va  kech  -  tushki  ovkatga  tayyorlanish 
vaqtida  navbatchilar  ishini  aniq  tashkil  etishdan  iborat.  Navbatchilik  qilish 
ko’nikmasini  shakllantirish  ishi  davom  ettiriladi,  chunki  navbatchilarning 
vazifalari  kengayib  boradi.  Navbatchilarni  tayinlashda,  bu  ishda  tajribaga  ega 
bo’lganlar qatori yanti bolalarni tayinlash ham e`tibordan chetda qolmasligi kerak. 
Yil  boshida  tarbiyachi  navbatchilarni  o’z  vazifalari  bilan  tanishtiradi,  zaruriyat 
bo’lganda  ayrim  harakatlarni  ko’rsatadi,  topshirilgan  ish  uchun  jamoa  oldidagi 
mas`uliyatni  ta`kidlaydi  (o’z  vaqtida  kelish,  harakatlar  izchilligi,  hamma  narsani 
bolalar  turishiga  tayyorlash,  asbob  -  anjomlardan  to’g’ri  foydalanish  va  shu 
kabilar). 
Navbatchilarning  tabiat  burchagidagi  mehnati  ham  har  kuni  tashkil  etiladi. 
Tabiat burchagida bo’ladigan navbatchilar ertalab baliqchalarni boqadilar, gullarga 
suv  quyadilar,  erlarni  yumshatadilar,  qushlar  qafaslarini  tozalashda  yordam 
beradilar, vaqti - vaqtida ko’chat o’tqazishda ham yordam beradilar. 
Tarbiyachi  va  bolalar  navbatchilar  ishini  nazorat  qiladilar  hamda  uni 
baholaydilar. Oshxona bo’yncha navbatchilar nonushtaga, so’ngra tushlik va kech-
tushki ovqatga tayyorlanishda qatnashadilar. Mashg’ulotlarda navbatchi bo’lganlar 
material  va  qo’llanmalarni  tayyorlaydilar,  mashg’ulotdan  so’ng  ularni  joy-joyiga 
olib qo’yadilar. 
Maktabgacha  katta  yoshdagi  bolalar  mehnati  orasida  alohida  o’rinni  guruh 
xonalarida  doimo  tozalik  va    tartibni  saqlash  ishi  egallashi  lozim.  Tarbiyachi 
bolalardan qaysi biridir kiyimini shkafga tartibli qo’ymaganligini ko’rib, masalan, 
shapka  qaerda  turishi  kerakligini  yoki  koftochkaning  engi  nima  uchun 
chiqarilmaganligini so’raydi. Vaqti - vaqtida (odatda haftada bir) bolalar tarbiyachi 
topshirig’iga  ko’ra  qo’llanma  va  o’yinchoqlarni  artadilar,  yuvadilar,  guruh 
xonasini  umumiy  yig’ishtirishda  qatnashadilar,  Xo’jalik  -  turmush  mehnatini 
yaxshi  tashkil  etishda  bolalarning  yonma  -  yon  ishlab,  umumiy  natijani  tasavvur 
qilishlari  muhimdir.  Ba`zan  umumiy  ishni  bajarish  uchun  tarbiyachi  vazifani 


 
119 
bolalar  o’rtasida  xar  bir  bolaning  tajribasiga  ko’ra  taqsimlaydi  va  u  ishni 
oxirigacha  bajaradi.  Mehnat  vazifalarini  uyushtirishda  tashabbus  va  mustaqillikni 
namoyon  qilganlarni  rag’batlantiradi.  Tayyorlov  guruhiga  tarbiyachi  bolalar 
mehnatini  tashkil  etishning  yana  bir  ko’rinishi  hamkorligidagi  mehnatdan 
foydalanadi.  Bu  holatda  bolalardan  bittasi  ishning  oz  qismini  bajaradi,  ikkinchisi 
uni davom ettiradi. Qo’l mehnati ko’pincha mashg’ulotlarga barcha bolalar uchun 
bir  vaqtda  ulashiladi:  o’yinchoqlar,  qog’oz,  yog’och,  tabiiy  materiallardan 
narsalarni bolalar butun guruh, bo’lib yoki kichik guruhlarga bo’linib bajaradilar. 
Bu  maqsadda  alohida  joy  jihozlanib,  u  erga  material  va  asboblar  joylashtiriladi. 
Yilning  issiq  vaqtlaridagi  sayrlarda  erni  chopish  va  yumshatish,  o’toq  qilish, 
hosilni yig’ishtirish bo’yicha birgalikdagi ish tashkil etiladi. Bu holatda mehnatni 
tashkil  etishning  asosiy  shakli  guruh  (3  -  4  bola)  yoki  zveno  bo’lib  bajariladigan 
davomli topshiriqlar bo’ladi. 
Shunday  qilib,  bolalar  mehnatini  to’g’ri  tashkil  etish  har  bir  bolani  har  xil 
mehnat  turlariga  muntazam  jalb  qilishni  nazarda  tutadi,  bunda  ishning  jamoa  va 
yakka  tartibdagi  shakllaridan  foydalaniladi,  ish  hajmi  nazarda  to’tiladi,  uskunalar 
to’g’ri tanlanadi. 

Download 2,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish