XXI bob
ODAM EMBRIOLOGIYASINING ASOSLARI
Odam pushti taraqqiyoti. Odam embrioni taraqqiyotining bosh-qa umurtqali hayvonlar pushtining
taraqqiyoti bilan taqqoslab o’rganilgandagina u to’g’risida to’la tasavvurga ega bo’lish mumkin.
CHunki odam homilasining taraqqiyoti juda murakkabdir. U umurtqalilar ontogenezining evolyutcion
o’zgarishlari tufayli vujudga kelgan hosiladir. Odam embriologiyasini o’rganishning ikkinchi
murakkab tomoni shundaki, odam homilasining ilk ri-vojlanish bosqichlarining tadqiqotchilar qo’liga
tabiiy holda kelib tushishi juda mushkul. SHu sababli odam pushti taraqqiyo-tining ilk davrnni boshqa
sut emizuvchilar embrionlarining shu davrini tadqiqot qilish asosidagina o’rganish mumkin. Odam
push-tining taraqqiyoti ko’plab hayvon va o’simlik organizmlaridagi kabi urug’lanish tufayli zigota
hosil bo’lishidan boshlanadi. Buning yuz berishi uchun avval ko’rib o’tganimizdek, ayollar tu-
xumdonida ayollar jinsiy hujayrasi - tuxum hujayrasining etilishi (ovogenez) va erkaklar urug’donida
urug’ hujayralari-ning etilishi (spermatogenez) shartdir. Odam jinsiy hujayrala-ri boshqa yo’ldoshli
sut emizuvchi hayvonlarning jinsiy hujayra-lariga juda o’xshash bo’lsa-da, ulardan farq ham qiladi.
Urug’la-nish tuxum yo’lining boshlang’ich qismida yuz beradi. Hosil bo’lgan zigota shu zahotiyoq
embrional taraqqiyotning dastlabkn davriga - maydalanishga kirishadi.
yo’ldosh tutuvchi sut emizuvchilar kabi odam zigotasining may-dalanishi to’liq, asinxron (notekis)
maydalanish bo’lib, mayda-lanish egatlarining notekis joylashishi va blastomerlar so-
255- rasm. Sut emizuvchnlarda maydalanish. Mandalanish bosqich-lari va blastotcpstaniig hosil
bo’lkshi.
1 - och blastomerlar; 2 - to’q hujayralar; 3 - trefoblast; 4 - em5ri-oblast; 5 - blasgotcista bo’shlig’i
(A. A. Zavarzindan).
nining notekis ortib borishi unga xosdir (255-rasm). Dastlabki maydalanishlardan keyinoq 2 xil -
avval yirik p]q va so’ngra mayda, ochroq blastomerlar hosil bo’la boshlaydi. Ochroq maida
blastomerlar yirik va qoramtir blastomerlar atrofida bir qavat hosil qila boshlaydi, ularni qoplab oladi.
Qoplovchi may-da oqish blastomerlar - trofoblastlar qavati homilaning ta-raqqiyot jarayonida faqat
uni oziqlantirish vazifasini o’taydi. Ichky tomonda joylashgan yirik qoramtir blastomerlar to’dasi-
embrioblastlar ham homilani vujudga keltirishda, hamda pro-vizor organlarning rivojlanishida asos
405
bo’ladi.
Maydalanish jarayoni juda ssjin boradi. Taxmin qilinishi-cha, urug’lanish bo’lib o’tgandan keyin
dastlabki 4 kunning har birida maydalanish faqat bir marta bo’ladi. To’rtinchi kunning oxirida homila
8-12 blastomerdan tashkil topadi. Homila tu-
xum yo’lidayoq o’ziga suyuqlik so’rishi tufayli: homila pufakchasi, ya’ni blastotcistaga aylanadi.
Blastotcistani atrofidan bir qa-vat trofoblast hujayralari qamrab turadi. Ichki bo’shlig’i suyuqliq bilan
to’lgan bu pufakchalarning bir qutbiga hujayra-lar to’plami bo’lmish embrioblast yoki homila
tugunchasi birikkan bo’ladi.
Rivojlanayotgan 4-5 kunlik odam homilasi o’z tuzilishi bi-lan boshqa yo’ldoshli sut emizuvchi
hayvonlar blastotcistasini eslatadi. Rivojlanishning birinchi haftasi oxirlarida homila tuxum yo’lidagi
suyuqlikning oqimi, tuxum yo’li muskullarining oldinma-keyin (peristal’tik) qisqarishi va epitelial
hujayra-lar kiprikchalarining hilpillovchi harakati tufayli bachadog’g tomon yo’naladi va uning
devorlariga yopishib, shilliq qavat ichi-ga o’sib kiradi - implantatciya bo’ladi. Trofoblast hujayralari-
ning tcitolitik ta’siri tufayli bachadon shilliq qavatining epiteliy hujayralari parchalanadi va homila
pufakchasi atro-fida yarim suyuq holatdagi muhit yuzaga keladi. Homilaning dast-labki rivojlanishi
davrida bu muhit uni oziqlantirishda mu-him ahamiyatga ega bo’lib, bu davr gistiotrof oziqlanish
davri deyiladi. Homila pufagi tezlik bilan o’sa boshlaydi. Keyincha-lik bachadon devorining shilliq
qavatida, trofoblast va embri-oblastlarda bir vaqtda o’zgarishlar sodir bo’lishi tufayli ho mila
taraqqiyoti jadal davom etadi.
Homila bachadon devorining shilliq qavatiga implantatciya qilingan va o’suvchi pufakka aylangandan
so’ng bachadon devori-ning shilliq qavati o’zgarishlarga uchray boshlaydi. SHilliq par-daning ikkala
qavati yana ham yaqqol ko’rinadi. Uning birinchi zich qavati detcidual hujayralardan hamda bachadon
bezlarining chiqaruv naylaridan iborat. Ikkinchi qavati esa g’ovak bo’lib,uni nihoyatda kattalashgan
bachadon bezlari tashkil etadi. Bachadon-ning bu darajada o’zgargan shilliq qavati emiriladi.
Bachadon shilliq qavati o’zgarishlari avval uning butun devori bo’ylab keng tarqaladi, keyinchalik
esa har xil qismlarida ular turli-cha bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |