Илмий муҳаррир: медицина фанлари доктори, профессор Н



Download 18,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet307/315
Sana12.09.2021
Hajmi18,63 Mb.
#172604
1   ...   303   304   305   306   307   308   309   310   ...   315
Bog'liq
Gistologiya Zufarov K. 2005(1)

R

--G

OUI 

o’simgl sag\i g - Genzen 

tugunchasi sat.\i; d-birlamchi tasma sathi; (A.G. Knorre, 1969). 

1-pusht ektodermasi; 2 - amnien ektedermzsi; z - chezedvrcha; 4 - engoderaa 5 - prexor-. 

dal plastinka; 6,7 - xordal («besh») o’simta; 8-Genzen tugunchasi (birlamchi chuqurcha bilan ' 

9 -birlamchi tasmacha; 10 - nerv plastinkasi. 




 

408 


day qilib, odam homilasi rivojlanishining bu bosqichida, xud-di qushlardagi kabi, pusht uch varaqdan 

iborat bo’ladi. 

Alantoisning shakllanish jarayoni ham shu davrga tegishlidir. Homila ichak nayining orqa bo’limidan 

barmoqsimon entodermal o’simta hosil bo’ladi. Bu o’simta homiladan tashqari mezenximadan iborat 

amnion oyoqcha bo’ylab o’sib, xorionga etib boradi. Allan-tois mezenximasi bo’ylab xorionga tomon 

qon  tomirlar  o’sib  kirishi  tufayli  homila  va  ona  organizmi  orasida  homilani  oziqlantiruvchi  aloqa 

paydo bo’ladi. SHunday qilib, homilani oziqlantirish va nafas oldirish vazifasini allantois va xo-rion 

bajaradi. Homilaga oziq modda va kislorod ona qoni bi-lan etkazib beriladi. 

Gastrulyatciyaning  oxirida  homilaning  vaqtincha  (provizor)  organlarining  shakllanishi  batamom 

tugallanadi  va  hamma  or-ganlarning  rivojlanishiga  asos  solinadi.  Embrional  taraqqiyog-ning  17-

kunlarida homila o’q organlarining shakllanish davri boshlanadi (257-rasm). 

Ektodermadan  nerv  plastinkasi  ajrala  borib,  avval  ikki  tomoni  yostiqchasimon,  qalinlashgan  nerv 

tarnovchasiga aylanadi. Bo’lg’usi ganglioz plastinkani hosil qiluvchi hujayralar tutgan yostiqchalar 

bir-biriga yaqinlashishi va nerv tarnovchasining ek-todermasiga botib kirishi tufayli nerv nayi hosil 

bo’ladi va ektodermadan ajraladi. YUqori qismi yana ektoderma bilan o’rab olinadi. Ektoderma ostiga 

ko’chgan nerv yostiqchalari nerv nayi-ning ikki yonidagi ganglioz plastinkalarga aylanadi. 

Nerv  nayi  -  neyrulaning  vujudga  kelishi  -  homilaning  ay-rim  qismlarida  bir  vaqtda  yuz  bermaydi. 

Nerv nayining yopilishi dastlab homilaning bo’yin qismida boshlanib, keyinchalik miya pufakchalari 

hosil  bo’layotgan  kranial  tomonga  tarqaladi.  Nerv  nayining  bor  bo’yicha  tutashishi  homila 

rivojlanishining 20-kun-larida tugaydi. Bu vaqtda nerv nayining bo’shlig’i boshqa muhit bilan faqat 

homilaning old qismidagi neyropor va orqa qismi-dagi nerv-ichak kanali orqali bog’langan bo’ladi. 

5-6  kun  ichida  bu  ikki  teshik  ham  bekiladi.  Ayni  shu  davrda  ganglioz  plastin-kalar  segmentlarga 

ajraladi  va  bu  orqa  miya  tugunlarining  ri-vojlanishiga  asos  bo’ladi.  Vegetativ  nerv  sistemasiga 

qarashli organlar ganglioz plastinkalardan ko’chib chiqqan hujayra ele-mentlaridan vujudga keladi. 

Boshqa umurtqalilardagi kabi odamda xordal o’simta ham pro-vizor organ bo’lib, qayta so’rilishga 

uchraydi va uning o’rniga me-zenxima o’sib kiradi. 

Odam organogenezining dastlabki davrida mezoderma diffe-rentciallashishining boshlanishiga qarab 

p r e s o m i t va s o m i t bosqichlari tafovut etiladi. 

Presomit bosqichi odam homilasi taraqqiyotining 14-21, somit bosqichi esa 21-31-kunlariga to’g’ri 

keladi.  Presomit  boe-qichi  mezodermaning  dorzal  qismida  segmentlarning,  ya’ni  somit-larning 

yo’qligi  bilan  xarakterlanadi.  Bu  davrda  homila  avval  ovalsimon  bo’lib,  keyin  bo’yiga  qarab 

cho’ziladi. Homila tanasi- 

ning orqa qismi ingichkadashib, noksimon shaklga keladi. Rivoj--lanishning presomit bosqichidzgi 

homila tanasining turli erla--ridagi embrional kurtaqlarining o’zaro nisbati ham har xildir. 

Tananing kranial qismida prexordal plastinkaning kurtagi paydo bo’lsa, nerv plastinkasining yuzasida 

bo’lama  egatning  pay--do  bo’lishi  nerv  to’qimasi  takomilining  boshlanishidan  darak  beradi. 

Mezoderma homilaning butun tanasi bo’ylab yagona plast-shaklida joylashadi. Unda splonxnotom va 

dorzal sigmentlarga. bo’linish belgilari ko’rinmaydi. 

Rivojlanish  jarayonida  mezoderma  differentciallashishi  va  homila  tanasida  somitlarning  paydo 

bo’lishi boshlangan davr ho-mila taraqqiyotining somit davri hisoblanadi. Bu davr embrioge-. nezning 

21-kunidan  boshlanadi  va  10  sutka  davom  etadi.  Mezoder--mal  varaqlarning  dorzal  qismlari 

xordaning  yonlarida  yotuvchi  zich  segmentlarga,  ya’ni  somitlarga  ajraladi.  Bu  jarayon  dastlab' 

homilaning  bosh  qismida  botcmansa-da,  tezda  kaudal  yo’nalishda  tarqaladi  va  35-kunga  kelib, 

somitlarni  hosil  qiladi.  Mezoder-.  maning  ventral  segmentlari  splanxnotomlar  deb  ataluvchi  ikki 

varaqqa ajraladi. Mezodermaning segmentlari va splanxnotom--lar oralig’idagi qismi ham segment 

oyoqchalar  deb  ataluv-chi  qismlarga  bo’linadi.  Lekin  homilaning  orqa  qismida  mezoder-maning 

bunday  bo’limlari  segmentlarga  ajralmaydi.  Bu  segment--lanmagan  mezoderma  metanefrogen 

to’qima nomini oladi. SHu tariqa differentciallashish jarayonida mezoderma 3 qismga: somitlarga, 

somit  oyoqchalariga  va  yon  plastinkalar  yoki 

splanx-notomlarga  bo’linadi.  SHu  vaqtning 




 

409 


o’zidayoq somitlarni tashkil etuvchi to’qima ham differentciallashadi. Har bir somit materia-li lateral 

dermatomga, m e d-i a l-s k l e r-ot.o mt a va ular, orasidagi miotom kabi 3 bo’lak kurtakka bo’linadi. 

Keyinchalik dermatom g’ovaklashib terining biriktiruvchi to’qima qismi bo’l-mish dermaning hosil 

bo’lishi uchun asos bo’ladi. Sklerotomdan skeletogen mezenxima rivojlanadi. 

Miotom  vaqtincha  zich  kurtak  shaklida  saqlanib,  keyinchalik  undan  ko’ndalang-targ’il  somatik 

muskullar  rivojlanadi.  Bir--lamchi  embrional  biriktiruvchi  to’qima  bo’lmish  mezenxima  mezo-

dermaning differentciallashishi tufayli vujudga keladi. Mezen-. xima umuman mezodermadan hosil 

bo’lsa-da,  uning  shakllanishida  homilaning  boshqa  varaqlari  (ektodermaning  hosilasi  bo’lmish 

ganglioz plastinkalardan ajralib chiqqan hujayralar va ichak nayining entodermasi) ham ishtirok etadi. 

Homilaning  provizor  organlardan  ajralish  davrida  ichak  nayi,  ya’ni  ichak  entodermasi  hosil  bo’la 

boshlaydi  (258-rasm).  Bu-jarayon  rivojlanishning  20-kunida  yaqqol  ko’rinadi.  Tana  bukla-masi 

dastlab  homilaning  ikki  uchidan  boshlanadi.  Buklama  chu-qurlasha  borib,  bo’lg’usi  ichak 

entodermasini sariqlik qopchasi entodermasidan ajratadi. CHuqurlashish natijasida buklama ho-mila 

tanasiga  botib  kiradi.  Uning  qirralari  yaqinlashadi,  birikadi  va  shu  tariqa  nay  hosil  bo’ladi. 

Buklamaning nayga ay-lanish protcessi homilaning oldingi va orqa qismlaridan boshla- 

 

258- rasm. Odam pushti tanasining pushtdan tashqari qismlardan ajralishining dpstlabki bosqichi. 



Uch hafgalik pusht. 

1__teri ektodermasi; 2 - nerz tarnezchasi; 3 - amnion ektodermasi; 4 - amnion mezoder- 

-masi; 5-ichak entodermaei; 6 -sariqlik entodermasn; 7-xorda; 8 - allontsms; 9 - yurak- 

ning endotelial kurtaklari; 10 - perikardial bo’shliq; 11 -qon orolchalari{ 12 - amnioi 

oyoqchasi; 13 - xorial plaotinka; 14 - xornon vorsinkasi (Pztendan). 

nib, medial qismga tarqaladi. Lekin homila  o’rtasida nay hosil bo’lishi to’liq yuz bermaydi, u erda 

nay bo’shlig’ini sariqlik qop-chasi bo’shlig’i bilan hosil bo’lgan teshik tutashtirib turadi. To’r-tinchi 

haftaning boshlarida homilaning oldingi uchi tomonida og’iz chuqurchasi deb ataluvchi ektoderma 

botiqligi  yuzaga  keladi.  Botiqlik  chuqurlashib,  ichak  nayining  old  uchiga  etib  boradi.  Og’iz 



 

410 


chuqurchasi va ichak nayi devorlari bir-biriga tegib turgan .joyda qo’shiladi. Xuddi shu tariqa ichak 

nayining boshqa uchida ham anal teshik vujudga keladi. 

Homiladorlikning ikkinchi oyida bo’lg’usi bolaning deyarli: hamma organlari rivojlanishi uchun asos 

vujudga keladi. SHu davrda umumiy tarzda bosh, tana, qo’l va oyoqlar shakllanadi. 

Homilaning hosil bo’lgan uchta varag’idan etuk organizmning hamma to’qima va a’zolari rivojlanadi. 

Jumladan,  ektoder-m  a  d  a  n  teri  qoplamasi  va  uning  hosilalari,  og’iz  bo’shlig’i  va  uning  barcha 

a’zolari, nerv to’qimasi rivojlanadi. Ento der-m a ichak nayi va yirik hazm bezlari (jigar, oshqozon 

osti be-zi), ayrim endokrin bezlar takomilida ishtirok etadi. Mezo-d e r m a esa barcha a’zolarning 

biriktiruvchi to’qnmali asosining, ko’ndalang-targ’il va silliq mushaklar hamda tayanch-trofik tuzil-

malar (qon, limfa, tog’ay, suyak) ning hosil bo’lishida ishtirok' etadi. 




Download 18,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   303   304   305   306   307   308   309   310   ...   315




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish