Илмий муҳаррир: медицина фанлари доктори, профессор Н


URUG’ OLIB CHIQUVCHI YULLAR VA URUG’DON ORTIG’I



Download 18,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet293/315
Sana12.09.2021
Hajmi18,63 Mb.
#172604
1   ...   289   290   291   292   293   294   295   296   ...   315
Bog'liq
Gistologiya Zufarov K. 2005(1)

URUG’ OLIB CHIQUVCHI YULLAR VA URUG’DON ORTIG’I 

Urug’  olib  chiquvchi  yo’llar  urug’don  to’g’ri  naylari  (tubuli  semini-feri  recti)  dan  boshlanadi  va 

urug’don oralig’ida "joylashgan urug’don to’ri (rete testis) ga o’tadi, bu erdan esa 12--15 ta o’ta egri-

bugri urug’ olib chiquvchi naylar (ductuli efferens testis) chiqadi. Naylar yi-gilib urug’don ortig’ining 

boshchasini hosil qiladi. SHu erdan urug’-don ortig’ining nayi (ductus epididymis) boshlanadi. Bu 

nay ko’p sonli burmalar hosil qilib, urug’don ortig’ining tana va dum qismini tash-kil qiladi. Urug’don 

ortig’ining kanali urug’ olib chiquvchi to’g’ri yo’l (ductus deferens) ga o’tadi va urug’ otuvchi yo’l 

bilan tamom bo’ladi. 

To’g’ri  naylar  va  urug’don  to’ri  oddiy  tuzilishga  ega.  To’g’ri  naylarning  devori  tcilindrik  epiteliy 

bilan, to’r kanallari kubsimon yoki yassi epiteliy bilan qoplangan. Bu hujayralar bazal membranada 

yotadi, kanalning tashqarisidan siyrak bi-riktiruvchi to’qima yupqa qatlam hosil qilib yotadi. 

Urug’don  ortig’i.  Urug’don  ortig’i  boshcha,  tana  va  dum  qism-dan  iborat.  Urug’don  ortig’ining 

boshchasi 12-15 dona egri-bugri urug’ olib boruvchi naylardan iborat. Bu naylar urug’don ortig’i-

ning nayiga yig’iladi va urug’don ortig’ining dum qismida urug’ olib chiquvchi yo’lga aylanadi. 

 

243- rasm. Urug’don ortig’ining nayi. Gematoksilin-eozin bilan bo’yalgan. 



Ob. 10, ok. 10. 

I _ xususiy plastinka; 2 - naycha bo’shlig’idagi spermatozoidlar; 3 - naYAlarare bi- 

riktiruvchn to’q>"Ma. 



 

385 


Urug’ olib boruvchi nayning diametri 0,6 mm va uzunligi 4- 6 mm ga teng. Epitelial hujayralar ostida 

biriktiruvchi  to’qi-madan  iborat  xususiy  parda  yotadi,  so’ngra  muskul  parda  joyla-shadi.  Kanal 

bo’shlig’i bir tekis emas, bu holat uning epiteliy-sining alohida tuzilishi bilan bog’liqdir. Epiteliy har 

xil  kattalikdagi  hujayralardan:  kiprikchalari  bor  bo’lgan  baland  prizmatik  va  kichik  kubsimon 

hujayralardan iborat. Bu hu-jayralar navbatma-navbat joylashgani uchun baland hujayra-lar  yonida 

chuqurchalar  hosil  bo’ladi.  Baland  hujayralarda  ham,  past  hujayralarda  ham  lipid  va  pigment 

donachalari hamda vakuolalar borligi bu hujayralarda sekretor faoliyat borli-gidan darak beradi. 

Urug’don ortig’ining nayi ikki  qatorli epiteliy  bilan qop-langan. Bu epiteliy ikki  xil hujayralardan 

iborat  (243-rasm):  1)  apikal  yuzasida  steriotciliylar  (harakatsiz  tuk  tutamlari-ni)  tutuvchi,  o’zining 

erkin yuzasi bilan jinsiy qoplamaning tekis yuzasini hosil qiluvchi baland prizmatik hujayralar hamda 

2) mayda oraliq hujayralar. Ular o’z yadrolarining joylashuviga ko’ra ikki qatorli epiteliyning pastki 

qatorini hosil qiladi. 

Urug’don ortig’ining nayi yupqa, nozik xususiy qatlamga ega bo’lib, undan keyin nisbatan qalin silliq 

mushak  qavati  yota-di.  Kuchli  ravishda  egilgan  urug’don  ortig’i  nayining  ba’zi  tirsaklari  o’zaro 

biriktiruvchi to’qima yordamida tutashgan bo’-ladi. 

Urug’don  ortig’i nayining  bushlig’g’g  sugoqliq  bjlan  to’la.  Unda  ba’zan  alohida,  ba’zan  yig’ilgan 

holatda spermatozoidlar joy-lashadi. Bu suyuqliq urug’ chiqaruvchi yo’llar epitelmysining sekretor 

faolnyatining mahsulidan hamda bu erga egri-bugri naylardan oqib kelgan suyuqlikdan iboratdir. Bu 

suyuqlik  sper-mani  suyultiradi,  spermatozoidlarning  saqlanishini  ta’min-laydi.  Ayniqsa,  mo’l 

sekretciya  urug’don  ortig’i  naylarining  hal-qalarida  kuzatiladi.  Urug’don  ortig’ini  sperma 

to’planuvchi rezervuar sifatida ham ko’rsatish mumkin. 

Urug’ olib ketuvchi yo’l. Bu yo’l ikki qavatli, ku-tikulasi aniq ko’rinib turgan tcilindrik epiteliy bilan 

qop-langan. SHilliq parda 4-6 ta bo’ylamasiga yo’nalgan burmalar x.osil qilgani uchun ko’ndalang 

kesimi yulduzsimon ko’rinishga ega bo’ladi. 

Kanal shilliq pardasining xususiy qavati siyrak tolali shakllanmagan biriktiruvchi to’qimadan tashkil 

topgan. Bu erda elastik tolalar ko’p. Xususiy pardadan so’ng yaxshi rivojlangan uchta: ichki, va tashqi 

bo’ylama, o’rtasi aylana qavatlardan ibo-rat mushak qatlami yotadi. Mushak pardasidan keyin elastik 

tolalarga mo’l bo’lgan tolali parda -adventitciya qavati joy-lashadi. 

Urug’  olib  ketuvchi  yo’l  mushak  qavatining  peristal’tik  hara-qati  spermani  urug’  olib  ketuvchi 

yo’llarda surilishini va eyaku-lyatciya vaqtida uni chiqarib tashlashini ta’minlaydi. 

Urug’ olib chiquvchi yo’lning oxirlari ampulasimon kengayadi va bu erda muskul parda tololari bir 

tekisda  yotmaydi.  Aylana  bo’ylab  joylashgan  qavatda  qiyshiq  yo’nalgan  mushak  tolalari  paydo 

bo’ladi, bo’ylama mushak to’plamlarining bir butunligi bo’linadi va urug’ otuvchi yo’lga kelganda 

yo’qoladi. Jinsiy yo’l ampula qismining shilliq pardasi juda burmadorligi bilan ajralib turadi, bundan 

tashqari, bezlarni eslatuvchi kubsimon epiteliy bilan qoplangan botiqlik hosil qiladi. Xususiy qa-vat 

ampulyar qismida ham elastik tolalarga boy. Normal holat-da ampulyar bo’shliqda spermatozoidlar 

bo’lmaydi, ammo eyakulya-tciyadan so’ng spermatozoidlarning ma’lum bir qismi ushlanib qolishi va 

qayta eyakulyatciyada ajralishi mumkin. 




Download 18,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   289   290   291   292   293   294   295   296   ...   315




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish