JINSIY A’ZOLAR (ORGANA GENITALIA)
Jinsiy (tanosil) organlar sistemasining fiziologik ahamiyati ikkita asosiy funktciya bilan bog’liq. U bir
tomondan, jinsiy hujayralar - gametotcitlar (tuxum hujayrasi va sper-matozoidlar)ning hosil bo’lishiii
ta’minlasa, ikkinchi tomon-dan, jinsiy gormonlar ishlab chiqarib muhim endokrin funk-tcnyapi
o’taydi. Bu ikki faoliyat o’zaro uzviy bog’langan, chunkn jiisiy gormonlar organizmda gametalar
kupaynish uchun zarur-
sharoitni yaratib beradi. Jinsiy sistema, har ikkala jinsda, jinsiy hujayralar rivojlanadigan a’zolar va
jinsiy yo’llar-dan iborat.
Taraqqiyoti. Jinsiy sistema har ikkala jinsda ham ajra-tish sistemasi va buyrak usti bezlarining
taraqqiyoti bilan uzviy bog’langan holda rivojlanadi. Homiladagi gonadalarning yaratilishi birlamchi
buyrak - Vol’f tanachasining yuzasidagi tcelomik epiteliyning yo’g’onlashuvi bilan boshlanadi. Bir
vaqt-ning o’zida shunday tcelomik epiteliyning yo’g’onlashuvi, buyrak usti bezi po’stloq qismining
paydo bo’lishiga asos hisoblangan birlamchi buyraklar orasida joylashgan interrenal tanani ho-sil
qiladi. Jinsiy bolish epiteliysida yirik gonoblast hu-jayralari paydo bo’ladi.
Bo’lajak jinsiy bezlar kurtagi - gonadaning o’zi esa quyi-dagi tarkibiy qismlardan iborat. 1) ovogoniy
va spermatogoniy-larni hosil qiluvchi maxsus hujayralar; 2) jinsiy bezlarning epiteliysini hosil etuvchi
tcelom epiteliysining hosilasi va 3) bo’lajak biriktiruvchi to’qimaning kurtagi - mezenxima. Qanday
jins shakllanishidan qat’i nazar, homilaning ko’p ming hujayrali davrida gonoblastlar hosil bo’ladi.
Gonoblast-lardan pirovardida, jinsiy hujayralar - gonotcitlar shaklla-kadi. Gonotcitlar yirik, yumaloq
hujayralar bo’lib, o’ziga xos katta yadro tutadi. Ular tcitoplazmasi sariqlik moddasi va glikogenga boy
bo’ladi. Dastlab, gonotcitlar pusht qalqonchasi-ning kranial sohasida paydo bo’ladi, keyinchalik
gonotcitlarning ko’p qismi entodermada, ya’ni sariqlik xaltachasining allan-toisga yondashgan erida
to’planadi. Bu davrda gonotcitlar tezda proliferatciyaga uchraydi. Bir tomondan sariqlik xaltachada
gonotcitlar miqdori ko’paysa, ikkinchi tomondan ular degenera-tciyaga uchraydi.
Gonotcitlar jinsiy bolishlar tomon harakat qiladi. Bu ho-lat homilaning 3-haftasi oxirida boshlanib, 4-
haftasida kucha-yib ketadi. Birlamchi jinsiy hujayralar - gonotcitlar migra-tciyasi qon tomirlar orqali
takomillashayotgan qon elementlari-ning harakati ta’sirida yuzaga keladi. Gonotcitlar orqa nchakning
mezenximasidan o’tib, charvi bo’ylab jinsiy bolishga tomon yo’nalayotgan vaqtida, tcelom egshteliy
xujayralari bo’-lajak jinsiy bolishning o’rnida differentciallashadi hamda ular gonotcitlar va
mezenxima komponentlari bilan tutashadi. Embrion takomilining 4- haftasida birlamchi buyrakning
me-dial tomonini qoplovchi tcelom epiteliyda jinsiy hujayralar aniqlanadi va ular kichik do’mboqcha
hosil qiladi. SHu davrda jinsiy hujayralarning yadrosi och bo’yaladi va ular tcitoplaz-masida ishqoriy
fosfataza aniqlanadi. Bu hujayralarda ste-roidlar almashinishining ayrim belgilari ko’rinadi. Jinsiy
'bolish to’qimasida maxsus oqsil modda ishlab chiqarilishi tax-mnn qilinadi. Gonotcitlarning jinsiy
bolishlar tomon silji-shining asosiy omili ana shu modda tomon yo’nalgan xemotaksis-dir.
Birlamchi jinsiy xujayralar epiteliyga botib
kirish ara-fasida o’z glikogenini yo’qotadi va
378
epiteliydan mezenximaga siljib borayotgan vaqtida qaytadan to’plab oladi. Bu erda hu-jayralar aktiv
ko’payadi. Gonotcitlardagi glikogen miqdorining bunday o’zgarishi shu moddaning birlamchi jinsiy
xujayralar> siljishida energiya manbai ekanligidan dalolat beradi.
Jinsiy bolishlardan birlamchi buyrak stromasiga folli-kulyar hujayra bilan o’ralgan gonotcitlardan
iborat jinsi» iplar - tizimchalar o’sib kiradi. SHuning bilan bir vaqtda birlamchi buyrakdan
kloakagacha davom etuvchi birlamchi buyrak nayidanshu nayga parallel yo’naluvchiparamezonefral
nay (Myul-ler nayi) ajralib chiqadi. Paromezonefral nay ajralishi bi-lan jinsiy sistema taraqqiyotining
indeferent, ya’ni ikkala jins uchun umumiy davr nihoyasiga etadi. SHundan keyin erkak va ayollar
organizmida jinsiy sistema turlicha rivojlanadi.
Erkak organizmining taraqqiyotida birlamchi buyrakning yuqori qirrasi bo’ylab jinsiy bolishlardan
hosil bo’lgan jin-siy tizimchalar - seksual tasmalar o’sib kira boshlaydi. Bu - epitelial tizimchalar
rivojlanishining dastlabki davrida-radial yo’nalishda yotgan bo’lsa, so’ngra bo’yiga zo’r berib
o’sishi< tufayli egila boshlaydi va shu vaqtdan boshlab egri-bugri urug’ tizimchalari nomini oladi.
Boshlanishda bu tizimchalar morfo-logik jihatdan mutlaqo bir xil elementlardan tuzilgan bo’l-sa-da,
keyinchalik bu tizimchalarda differentciallanish boshla-nib, tayanch va birlamchi jinsiy hujayralar
ko’rinadi. Embrio-nal taraqqiyotning to’rtinchi oyidan boshlab, kompakt bo’lgan urug’ tizimchalarida
bo’shliq paydo bo’lib, ular egri-bugri yo’l-larga aylanadi '(tubulus seminifer contortus). Embrional ta-
raqqiyotning so’nggi oylarida erkaklar jinsiy bezi o’zining tuzilishida kam o’zgaradi, faqat bola
tug’ilib, balog’at yoshiga etganda (12-14) yosh spermatogoniydan murakkab o’zgarishlar* yo’li bilan
erkaklarning jinsiy hujayralari paydo bo’lish jarayoni, ya’ni spermatogenez boshlanadi.
Urug’ yo’llarining shakllanishi bilan bir vaqtning o’zida erkaklar jinsiy sistemasining chiqaruv
yo’llari ham shaklla-nadi. Birlamchi buyrak kanalchalari bilan urug’ kanalchalari orasidagi aloqa
epitelial tizimchalar yordamida o’rnatiladi. Bu tizimchalarni Mixalkovich tizimchalari yoki Gofman
kanal-chalari deyiladi. Bu kanalchalar urug’ kanalchalari va birlamchi buyrak kanalchalarini
tutashtirib to’g’ri kanalchalarni (tubulus seminifer rectus) va urug’don to’rini (rete testes) hosil
qiladi. Egri-bugri urug’ kanalchalari bilan Mixalkovich tizim-chalari yordamida tutashgan birlamchi
buyrak oldingi bo’limining kanalchalari olib chiquvchi , kanalchalar (ductus efferentis testis) ga
aylanadi va urug’don boshchasini hosil qiladi.
Birlamchi buyrak kanali yoki Vol’f kanali urug’don ortig’ining nayi (ductus epididymidis) va urug’
chiqaruvchi nay (ductus deferens) ra aylanadi. SHu nayning oxirgi qismi urug’ otuvchi kanal (ductus
eja-culatorius) ni beradi. Birlamchi buyrakning orqa bo’limi inqirozga
shez tutadi, ammo bir qism embrional qoldiqlar, odatda, urug’don to’ri sohasida, urug’don ortig’ining
boshchasi qismida joylashadi.
Urug’ pufakchalari birlamchi buyrak nayi yoki Vol’f nayi-ning pastki qismidan o’simta sifatida
rivojlana boshlaydi. Balog’at yoshiga etish davrigacha ular sust rivojlanadi.
Prostata bezi embrional hayotning uchinchi oyida siydik chiqa-ruvchi kanalning boshlanish qismi
epiteliysining o’simtalari •syfatida paydo bo’la boshlaydi. Kanalning yo’g’onlashgan bu o’simtalari
shoxlanadi va siydik chiqaruv kanali mushak parda-sining ichiga kirib, prostata bezi qismini hosil qila
boshlaydi. Tug’ilish davriga kelganda sekretor oxirlarining ko’pchiligi to’la tizimchalardan iborat
bo’ladi, uning bo’shliqlari faqat postnatal hayotning birinchi yillaridan boshlab shakllana •boshlaydi.
Kupfer bezlari xuddi prostata bezi kabi siydik chiqaruv kanalining o’simtalaridan paydo bo’ladi.
Siydik chiqaruv kana-lining o’ziga kelsak, bu siydik-jins sinusidan hosil bo’ladi. Erkak jinsi hosil
bo’lishida bu sinus uzun tor kanalga ayla-nadi.
Jinsiy olat, kloakaning oldingi qirg’og’ining yoniga joylash-gan mezenximaning o’sib ketishi
natijasida hosil bo’lgan jin-siy olat boshchasining kurtagi (ayol jinsi bo’lsa-klitor) sifa-tida paydo
bo’ladi. Keyinchalik jinsiy do’mboq pastki yuzasidan o’tgan chuqurlik yordamida o’ng va chap jinsiy
burmalarga bo’lina-di, bular orasida jinsiy teshik paydo bo’ladi. Taraqqiyotning so’nggi davrlarida
do’mboq jinsiy olatga aylanadi, jinsiy burmalarning pastki qismi birikib, g’ovak tanani hosil qiladi.
Jinsiy do’mboq bilan bir vaqtda uni o’rovchi
aylana burma-jinsiy bolish hosil bo’ladi. Jinsiy
379
bolishning yon qismlari bitib ketib, moyak xaltasining teri qismini hosil qiladi. Emb-rion hayotining
9-oyida chov kanali orqali urug’ bezlari qorin bo’shlig’idan moyak xaltasiga tushadi. Agar urug’
bezlari moyak xaltasiga tushmasa, kriptorxizm nomi bilan ma’lum bo’lgan anomaliya paydo bo’ladi.
Erkaklar jinsiy sistemasining taraqqiyotida paramezonef-ral nay deyarli to’liq reduktciyaga uchraydi,
shu bilan birga urug’don yuqori qutbida joylashgan kichik tana paramezonefral kanal yuqori
bo’limining rudimenti hisoblanadi. Myuller nayi-ning pastki birikkan oxirlari ham saqlanadi va
erkaklar •bachadonchasini hosil qiladi. Balog’atga etganda bu bachadoncha prostata bezining orasida
urug’ chiqaruvchi yo’lning chiqaruv ka-naliga quyilish o’rniga joylashgan bo’ladi.
Tuxumdonning embriogenezida mezenximaning rivojlanishi birlamchi buyrak tanasining asosida ro’y
beradi va natijada, indeferent davrida hosil bo’lgan jinsiy tizimchalarning erkin oxirlari va birlamchi
buyrakning kanallari parchalanadi. SHunga bog’liq holda birlamchi buyrak nayi atrofiyaga uchraydi,
paramezonefral nay esa rivojlanadi, differentciallashadi.
Jinsiy bolishdan bo’lajak tuxumdonning po’stloq qismiga
jinsiy tizimchalarning o’sib kirishi davom etadi. Ammo mezen-xima asta-sekin jinsiy tizimchalarning
yuqori qismlaridan ham o’sib o’tib, ularni homila epiteliysn tizimchalariga bo’ladi. Ni-hoyat,
mezenximaning keyingi o’sishidan bu tizimchalar bir qa-vatli follikulyar epiteliy bilan o’ralgan,
o’rtasida gonotcit joylashgan kichik komplekslarga - premordial follikullargz bo’linadi. Jinsiy
bolishlardan jinsiy tizimchalarning o’sishi qiz bola hayotining birinchi yili oxiriga qadar davom etadi.
Mezenxima jinsiy tizimchalar boshlanishini jinsiy bolishdan ajratadi. Mezenximaning bu qavati
tuxumdonning biriktiruvchi to’qimali oqliq pardasini hosil qiladi. Bu parda ustida jin-siy bolish
qoldiqlari faoliyatsiz, embrional jinsiy epiteliy holida saqlanib qoladi.
Embrional hayotning oxiriga kelib, barcha jinsiy urug’ ti-zimchalari premordial follikullarga bo’linib
turadi. Hayotning birinchi yillaridan boshlab barcha jinsiy hujayralar tuxum-donda birlamchi yoki
premordial follikul tarkibida birinchi tartibli ovotcit davrida bo’ladi. Tuxum hujayralar organning
po’stloq qismida joylashgan bo’lib, ularning soni 300000- 400 000 taga etadi. Vaqt o’tishi bilan tuxum
hujayralarning soni kamayib boradi. Tug’ilgan vaqtida qiz bola tuxumdonida 50 000-80 000 ta tuxum
xujayrasi bo’ladi. 10 yoshga etganda ular-ning soni 20 000 tagacha kamayadi va organizm balog’at
yoshiga etganda tuxum hujayralarning soni 15 000 tadan oshmaydi. SHun-day bo’lishiga qaramasdan
ko’p sonli hujayralardan faqatgina bir qismi (300-400) rivojlanishda davom etadi va urug’lanish-ga
tayyor tuxum hujayralarni hosil qiladi, qolganlari inqi-rozga yuz tutib, so’rilib ketadi.
Paramezonefral nayning yuqori qismi bachadon naylariga aylanadi va uning voronkasimon
kengaygan oxiri esa tuxumdon-ni qoplaydi. Paramezonefral naylarning pastki qismlari o’zaro
qo’shilib, bachadon va qinning taraqqiyotiga asos soladi. Rivojlanayotgan tuxumdonda mezenxima
bilan to’lgan birlamchi buyrak qoldiqlari uning miya qismiga aylanadi.
Myuller nayining qo’shilmagan joyi o’zining yuqori qismidan bachadon epiteliysini, quyi qismida esa
qin epitsliysini hosil qiladi. Agar shu Myuller naylarining qo’shilishi to’la bo’lmasa, unda ayrim
hayvonlarda odatdagiday hisoblangan, lekin odam uchun anomaliya - ikki shohli bachadon vujudga
keladi. Ayrim vaqtda esa Myuller naylarining umuman qo’shilmasligi natija-sida bir jinsda 2 ta
bachadon va 2 ta qin hosil bo’lishi mumkin
Do'stlaringiz bilan baham: |