ERKAKLAR JINSIY A’ZOLARI. (ORGANA GEN1TAHIA MASCULINA)
Erkaklar jinsiy sistemasi bir juft bez - urug’don va urug’ olib chiqruvchi naylar, prostata bezi, urug’
pufakchalari vajinsiy olat kabi a’zolardan ' iborat.
URUG’DON (TESTIS)
Anatomik jihatdan urug’don ovalsimon tanachadan iborat. U bir necha qavat pardalar bilan o’ralgan
bo’lib, shulardan ikki-tasi - seroz va oqsil pardalar urug’donning xususiy pardalari hisoblanadi. Seroz
parda mezoteliy hujayralaridan iborat bo’lib, urug’donning asosiy qismini o’rab turadi. U aniq
chegarasiz elastik tolalarga boy bo’lgan zich biriktiruvchi to’qi-madan iborat fibroz, ya’ni oqsil
pardaga (tunica albuginea) o’tadi.
380
Urug’don oqsil pardasining chuqur qatlamlarida tomirlar ko’p bo’ladi, shuning uchun bu qism tomirli
parda (tunica vasculo-sa) sifatida ajratiladi. i Oqsil parda urug’donning bir tomonida qalinlashadi, bu
er urug’don oralig’i (mediastinum
testis) deb nomlanib, uning ichida kapillyarlar va urug’don to’ri (rete testis) joylashadi. SHu oraliqdan
tomirli pardaga qarab radial yo’nalishda biriktiruvchi to’qimali to’siqlar (septulum testis) tarqaladi.
To’siqlar urug’donni bo’laklar (lobulus testis) ga bo’ladi. Bo’laklarning keng asosi tashqariga, uchi
urug’don oralig’iga qarab yo’nalgandir. Bo’laklarning soni odamda 100-250 tagacha etadi. To’siqlar
elastik tolalarga boy bo’lib, ulardan ancha yirik bo’lgan urug’donni oziqlantiruvchi qon tomirlar
o’tadi.
Har bir bo’lakda 1-2 dona egri-bugri urug’ kanalchalari tubulus seminifer contortus) joylashadi. Bu
kanalchalarning uzunligi 70-80 sm gacha etadi. Urug’donda hammasi bo’lib, 300-450 tagacha egri-
bugri kanalchalar mavjud. Urug’don bo’lagiiing uchida egri-bugri urug’ naylari to’g’ri kanallar
(tubulu seminifer rectus) ga o’tib, urug’don to’rini hosil qiladi-da, urug’ olib chiquvchi naylarga
aylanadi.
Egri-bugri urug’ naylarining tuzilishi. Egri-bugri urug’ nay-lari.ingichqa naylardan iborat bo’lib,
ularning devori tayanch hujayralar - sustenototcitlar (Sertoli hujayrasi) hamda ular orasida joylashgan
jinsiy hujayralardan - spermatogen hujayralardan tashki topgan bo’ladi (241-rasm).
Kanalchalarning tayanch va spermatogen epiteliysi plastinka-simon biriktiruvchi to’qima bilan
qoplangan bazal membranada yotadi. Biriktiruvchi to’qima aylana va bo’ylama yo’nalgan kolla-gen
va ular orasida yotgan elastik tolalardan iborat bo’lib, ular urug’ naylarining devoriga anchagina
zichlik beradi.
Sertoli hujayralari yirik konus shaklida bo’lib, uchlari bilan nayning bo’shlig’iga yo’nalgandir.
Ularning keng asosi bazal membranada yotadi. Hujayra tanasidan har tomonga nozik tcitoplazmatik
o’simtalar chiqadi. Bu o’simtalar qo’shni tayanch hujayralarining shunday o’simtalari bilan tutashadi.
Bu hu-jayralarning tcitoplazmasida yog’lar, lipoid tomchilari, oqsil kristallari va boshqa ko’plab trofik
kiritmalar uchraydi. Hu-jayraning uchburchaksimon yadrosi hujayraning pastki qismida joylashadi.
241-rasm. Urug’don. Gematoksilin- eozin bilan bo’yalgan. 06. 10. ok. 10
1 - urug’donning egri- b>gri naychalarn; 2- spermatogen epnteliy hujayralari; 3- naychalar oraliq
to’qimasi; 4 - interstitciy hujayralari.
381
Tayanch hujayralar spermatogen epiteliyning oziqlanishini ta’minlaydi, spermatidlarning metabolitik
mahsu-lotlarini yutadi. Xuddn shu hujayralarning o’simtalari hosil qilgan to’rda spermatogen epiteliy
hujayralari joylashadi. Bazal membrana ustida, tayanch hujayralarining orasida, yosh jinsiy hujayralar
- spermatogoniy hujayralari joylashadi
(242-rasm).
Spermatogenez. Erkaklar jinsiy xujayrasi - spermatozoid-lar urug’donning egri-bugri kanalchalarida
paydo bo’ladi. Sper-matogenez deb nomlanuvchi bunday jarayon balog’at yoshiga et-ganlarda
boshlanadi. Urug’donda spermatozoidlarning ishlab chiqarilishi jinsiy aktivlik so’nguncha davom eta
beradi va eg-ri-bugri nay devorida spermatogenezning turli davriga mansub bo’lgan jinsiy hujayralar
ma’lum bir tartibda joylashadi. Spermatogenez jarayoni 4 davrga bo’lib o’rganiladi: 1) ko’gi^ish; 2)
o’sish; 3) etilish; 4) shakllanish.
K o’ p a y i sh davrida spermatogoniy hujayralari son jiha-tidan ortib boradi. Spermatogoniy
hujayralarining o’lchamlari juda kichik. Ular spermatogen epiteliyning tashqi-periferik qavatini
tashkil qiladi va bevosita bazal membrana ustida yotadi. Bazal membranada yotgan hujayralar qavati
bo’linadi, natijada, hujayralar soni ko’payadi va bu holat sig’ishmagan hujayralarnipg yuqori qavatga
ko’tarilishiga olib keladi. Bu
242-rasm Egri-bugri nay ko’ndalang kesimining elektron mikrofotografiyasi.
x 580.
1 - egri- bugri nay bo’shlig’i; 2 - Sertoli hujayragi; 3 - spermatogoniy; 4 - xremesoma -
larning paxiten bosqichidagi birlamchi spermatotcit; 5-spermatidlar; 6 - Leydig (inter-
stitciy) hujayralari; 7 - naynpng kapillyar va venulalari.
hujlyralar endi mitotik bo’linish qobiliyatini yo’qotadi va sper:,k)togenezning keyingi o’sish davriga
o’tadi.
Usish davriga o’tgan hujayralarning o’lchamlari osha bosh-laydi. Bu davr yirik birinchi tartibli
spermatotcitlar hosil bo’lishi bilan xarakterlanadi. Bu hujayralar egri-bugri nay devorida spermatogen
epiteliydan keyingi ikkinchi qavatni
egallaydi.
382
Etilish davrining boshlanishi bilan birinchi tartibli spermatotcit ikkinchi tartbli spermatotcit
(prespermatidlar) ga bo’linadi. Etilish davrining o’ziga xos xususiyatlaridan biri
shundakk, hosil bo’lgan presperyagatidlar interkinez davrgitg
o’tamasdan qayta ikkiga bo’linadi. Bunday bo’linishi redaktcion bo’linish yoki meyoz deb ataladi.
Reduktcion bo’linish yoki meyoz. Har bir hayvon yoki o’simlik hujayralarining yadrosida
xromosomalarning soni doimiydir. Odamning somatik hujayralari 46 ta xromosomaga ega.
Urug’lanish jarayonida tuxum va urug’ hujayralarining qo’-shilib homila taraqqiy etishida har bir tur
uchun xos bo’lgan xromosomalar soni saqlanib qoladi. Bu esa tayyor bo’lgan jin-siy hujayralarning
xromosomalar soni somatik hujayralarga nisbatan ikki barobar kam bo’lishi bilan ifodalanadi.
Somatik hujayralarda diploid son (46 ta) bo’lsa, jinsiy hujayralarda xromosomalarning soni gaploid
songa (23 taga) tengdir.
Xromosomalar sonining kamayishi (reduktciyasi) spermato-genezning etilish davrida ro’y beradi.
Reduktciya hodisasi shu davrda bo’lib o’tadigan bo’linishning ketma-ket - interkinez davrisiz
qaytalanishi orqasida hosil bo’ladi.
Reduktcion bo’linishga tayyorlanish spermatogenezning o’sish davrida boshlanadi. Birinchi tartibli
spermatotcit yadrolarida o’sish davrida xromosomalar uzun ipchalar sifatida ko’rina boshlaydi, yadro
qobig’i va yadrocha saqlanib qoladi. Bu davr leptogen davr (leptos - ingichka) deb yuritiladi. Leptogen
xro-mosomalarda buralganlik kamroq bo’lib, ular ingichka va uzun-roqdir. SHu belgisi bilan bu
xromosomalar kariokinezning boshlang’ich fazasi - profazada kuzatiladigan xromosomalardan
farqlznib turadi. Leptogen xromosomalarning halqasimon bo’lib egilganligi ko’rinadi. Ularning
umumiy soni diploid songa (46) teng. Leptogen bosqichdan so’ng gomologik xromosoma-lar
juftlapshb yig’iladi (konyugatciya) va uzunasi bo’ylab bir-biriga zichlashadi, ba’zan o’zaro
chirmashishi ham mumkin. Bu davr - sinapten yoki zigoten (synapsis - qo’shilish, zygoo - qo’-shish)
davri, deb yuritiladi. Buning ahamiyati shundaki, o’zaro kon’yugatciyalangan (chirmashgan)
xromosomalar orasida gen al-mashinuvi bo’lib turadi. Uzaro chirmashib, buralish natijasida
xromosomalar kaltalashadi va yo’g’onlashadi. Bu davr paxiten (pachys - yo’g’on) davr deyiladi.
So’ngi davrda kon’yugatlar o’zaro bog’langan holda qisman ajraladi va har bir xromosoma-larda
bo’ylama yoriq ko’rinadi - bu esa diploten (diploos - ikkilangan) davrdir. Xromosomalarning
spiralsimon buralishi davom etadi. Bunda bir-biriga chirmashgan, har biri 2 ga aj-ralgan juft
xromosomalar turlicha shakldagi qisqa tanacha --tetradalarga aylanishini kuzatish mumkin. 23 dona
tetrada hosil bo’ladi, chunki har bir tetrada ikkita o’zaro kon’yugatciya-lashgan xromosomadan iborat.
Har bir tetrada tarkibidagi xro-mosoma uzunasiga ikkiga bo’linganligi uchun bir tetradada to’rtta
alohida xromosoma bo’ladi (tetra - to’rt demakdir). SHu tetrada tutgan xujayra I tartibdagi
spermatotcitdir.
linish metafazasi ketib, o’zaro chirmashgan xromosomalar o’zla-rining yoriqlari bilan ekvatorial
plastinka bo’ylab yotadi. Anafazaga kelib tetrada yoriqlaridan ajralib hosil bo’lgan diadalar deb
nomlanuvchi xromosomalar turli qutbga qarab suriladi va II tartibli spermatotcitlar hosil bo’ladi.
Demak, bitta ikkinchi tartibli spermatotcit tetradaning yarmini, ya’ni diadani oladi. Ikkinchi tartibli
spermatotcitdagi diadalar-ning soni birinchi tartibli spermatotcit yadrosidagi tetrada soniga (23 ga)
teng. Etilish davridagi interkinez davri bo’lma-ganligi uchun xromosomalar keyingi bo’linish uchun
soni oshmagan (reduplikatciyalanmagan) holatda o’tadi. Diada xromosomolari ekvatorial plastinka
bo’ylab o’zlarining o’simtalari bilan joy-lashib oladi. Ikkinchi tartibli spermatotcit diadalari bo’linib
monadalarni hosil qiladi va bu monadalar qutbga qarab aj-raladi. Ykkinchi tartibli spermatotcit
bo’linishidan spermatid-lar hosil bo’ladi. Ularning yadrosidagi monadalar soni ikkinchi tartibli
spermatotcit yadrosidagi diadalar soniga teng, ya’ni gaploid bo’ladi.
Xulosa qilib aytganda, mitozdan meyozning farqi xromoso-malarning kon’yugatciyasi yuz berishi va
etilish davrining bi-rinchi bo’linishi va ikkinchi bo’linishi orasida interkinez davri-ning yo’qligidir.
Bu esa spermatidlarda xromosomalar sonining ikki marta kamayishiga sababchi bo’ladi.
Demak, etilish davrining oxirida boshlang’ich 1
ta
sperma-togen
epiteliydan
gaploid
383
xromosoma tutgan 4 ta spermatid hosil bo’ladi. Spermatidlar boshqa bo’linmaydi va oxirgi shakl-
lanish davriga o’tadi.
SHakllanish yoki spermogenez. Spermatidlar un-cha yirik bo’lmagan yadroli yumaloq hujayralardir.
YAdro atro-fida plastinkasimon kompleksning zichlashgan zonasi, tcentroso-ma va mayda
mitoxondriyalar joylashadi. Spermatidlarning qayta tuzilish jarayoni plastinkasimon kompleks
zonasida yadro yuzasiga tegib turgan zichlashgan granula paydo bo’lishidan bosh-lanadi. Bu
akroblastdir. Keyinchalik akroblastning o’lchamlari kattalashib, g’ilof sifatida yadroni qoplaydi,
akroblastning o’rtasida esa zichlashgan tanacha - akrosoma differentcialla-shadi.
SHakllanayotgan spermatid o’z akrosomasi bilan, odatda, tayanch Sertoli hujayrasining apikal
yuzasiga qarab turadi. Bunda spermatidning qarama-qarshi chetiga, urug’ kanali ichiga qaragan
tomonga ikki tcentrioladan iborat tcentrosoma surila-di. TCentrosomaning tcentrodesmozi yadro
yuzasiga perpendikulyar holda joylashadi. Bundan keyingi o’zgarishlar natijasida proksimal tcentriola
yadro qobig’iga tegib yotadi, distal joy-lashgani esa ikkiga bo’linadi. Distal tcentriolaning old qis-
midan xivich shakllanadi, so’ngra u spermatozoid dumining o’q ipiga aylanadi. Distal tcentriolaning
orqa yarmisi aylana Hosil qiladi. Bu halqacha xivichi bo’ylab surilib, spermatozoid-ning o’rta
qismining orqa chegarasini hosil qiladi.
Spermatidning taraqqiyot jarayonida uning yadrosi asta-eekin zichlashadi va xromatin gomogen zich
massa ko’rinishini oladi. Dum qismining o’sishi bilan spermatidning tcitoplazmasi yadro atrofidan
sirg’alib, shakllanayotgan spermatozoidning o’rta qismiga suriladi. Mitoxondriyalar xivchinchaning
proksimal qismi yonida joylashadi. Spermatid tcitoplazmasi, spermatozo-idga aylanayotganda, kuchli
ravishda reduktciyaga uchraydi.
Spermatogen epiteliy buzuvchi ta’sirlariga o’ta sezgir hisob-lanadi. Turli intoksikatciyalarda,
avitaminozlarda, ochlikda, ayniqsa, radiatciya nuri ta’sirida spermatogenez jarayoni su-sayishi, hatto
to’xtab, spermatogen epiteliysi atrofiyaga uchrashi mumkin.
Egri-bugri urug’ naylarining oralaridagi siyrak birikti-ruvchi qatlamlarda ko’plab qon va limfa
tomirlari hamda nerv tolalari yotadi. Egri-bugri urug’ nayi va bo’lak ichida qon kapillyarlarining
atrofida urug’donning yirik interstitciy bez hujayralari (glandulo cytus testis) - Leydig hujayralarining
to’plami joylashadi. Bu hujayralar yirik, yumaloq yoki ko’p qirrali bo’lib, tcitoplazmasida lipidlar,
glikogen kiritmalari va turli kristalloidlar tutadi. Esh ortib borgan sari hujayra tcitoplazmasida
pigment yig’ila boradi. Trofik kiritmalarning ko’pligi, interstitciy hujayralari spermatogen
epiteliyning oziqlantirishda qatnashadi deyishga imkon beradi. Bundan tashqari, Leydig hujayralari
shu bilan bir qatorda erkaklar jinsiy gormoni ishlanishida ishtirok etadi, deb qaraladi. Urug’donning
faoliyati gipofiz bezining oldingi bo’limida ishlanuvchi gonadotrop gormonining ta’siriga bog’liq.
Urug’donning yoshga qarab o’zgarishi. YAngi tug’il-gan bolalar urug’donining og’irligi 800 mg ga
teng bo’lib, bo’lak-larga bo’linganligi yaqqol ko’rinib turadi. Urug’donlar bu davr-da siyrak tolali
shakllanmagan biriktiruvchi to’qimali stro-mada yotuvchi uncha egri-bugri bo’lmagan, ba’zan bir-
birlariga tegib yotuvchi urug’ kanalchalaridan iboratdir. Urug’ kanalchala-ri tor, bo’shlig’i deyarli
ko’rinmay, ba’zan kanal hujayralari uni to’la bekitib qo’yadi. Kanal hujayralari etilmagan Sertoli
hujayralari, spermatogoniylar va birlamchi gonotcitlardan iborat.
Erkaklar jinsiy sistemasining bola tug’ilgandan so’nggi taraqqiyotining b i r i nch i to’rt yili statik
davrdeb nomlanadi. Bu davrda urug’ kanalchalari kichik o’lchamga ega bo’-lib, ozgina egri-bugridir.
Hujayralar esa bir qavat bo’lib yotadi. Urug’donning maxsus funktciyasi kuzatilmaydi.
4 yoshdan 10 yoshgacha davr urug’don postnatal taraqqiyotining ikkinchi davridir. Bu davr ichida
kanallarda spermato goniy va birinchi tartibli spermatotcitlarni uchratish mumkin. Interstitciyda
Leydig hujayralariga asos bo’luvchi hujayralar paydo bo’lib, differentciallasha boshlaydi. Hujay-ralar
o’lchamlarining oshishi, jinsiy hujayralar sonining ko’-payishi, I tartibli spermatotcitlarning paydo
bo’lishi, tayanch
hujayraning differentcirovkasi bu davrni bolaning organiz-
mida jinsiy sifatlarning paydo bo’lish davri
deyishga asos beradi.
384
Uchinchi davr 10 yoshdan 12-16 yoshgacha bo’lib, taraqqiyot davri deb nomlanadi. Morfometrik
kuzatishlar urug’donning bu davrida intensiv o’sishini tasdiqlaydi. Hujayralar katta-lashadi va soni
oshadi. Ayniqsa, Sertoli hujayralari sezilar-li darajada o’zgaradi. Ularning yadrosi kattalashadi, 1-II
tartibli spermatotcitlar ko’payadi. Ba’zan spermatidlar ham uchraydi. 12-14 yoshlarda kanalda etarli
darajada spermato-tcitlar bo’ladi. Bu davrda urug’ chiqaruv yo’llarining taraqqiyoti ham sezilarli
darajada bo’ladi. Urug’don ortig’i morfologik jihatdan katta yoshdagi odamlarniig urug’don
ortig’idan farq qilmaydi.
Spermatogenezning muntazam ro’y berishi urug’don taraqqi-yotining to’rtinchi davri hisoblanadi.
Spermatogen epiteliyning barcha hujayralari hamda spsrmatozoidlarning kanallarda uch-rashi bu
davrning muhim morfologik belgisidir.
18-20 yoshdan boshlab aktiv spermatogenez davri boshlanadi. YUqori funktcional aktiv holat 50-55
yoshlargacha davom etadi. 50 yoshdan 80 yoshgacha urug’donda atrofik, distrofik va nekrobio-tik
xarakterdagi jarayonlar rivojlanib boradi. Bu o’zgarish-lar involyutciya deb nomlanadi. Bu esa
spermatogenezning susayishi va biriktiruvchi to’qimaning o’sib ketishi bilan xarak-terlanadi. Urug’
kanalchalarining ichi bo’shab qoladi. Ammo shunga qaramasdan 80 yoshlarda ham spermatogenez
ro’y beradigan ka-nalchalar uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |