Илмий муҳаррир: медицина фанлари доктори, профессор Н


ERKAKLAR JINSIY A’ZOLARI. (ORGANA GEN1TAHIA MASCULINA)



Download 18,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet292/315
Sana12.09.2021
Hajmi18,63 Mb.
#172604
1   ...   288   289   290   291   292   293   294   295   ...   315
Bog'liq
Gistologiya Zufarov K. 2005(1)

 

ERKAKLAR JINSIY A’ZOLARI. (ORGANA GEN1TAHIA MASCULINA) 

Erkaklar jinsiy sistemasi bir juft bez - urug’don va urug’ olib chiqruvchi naylar, prostata bezi, urug’ 

pufakchalari vajinsiy olat kabi a’zolardan ' iborat. 

URUG’DON (TESTIS) 

Anatomik jihatdan urug’don ovalsimon tanachadan iborat. U bir necha qavat pardalar bilan o’ralgan 

bo’lib, shulardan ikki-tasi - seroz va oqsil pardalar urug’donning xususiy pardalari hisoblanadi. Seroz 

parda  mezoteliy  hujayralaridan  iborat  bo’lib,  urug’donning  asosiy  qismini  o’rab  turadi.  U  aniq 

chegarasiz  elastik  tolalarga  boy  bo’lgan  zich  biriktiruvchi  to’qi-madan  iborat  fibroz,  ya’ni  oqsil 

pardaga (tunica albuginea) o’tadi. 




 

380 


Urug’don oqsil pardasining chuqur qatlamlarida tomirlar ko’p bo’ladi, shuning uchun bu qism tomirli 

parda (tunica vasculo-sa) sifatida ajratiladi. i Oqsil parda urug’donning bir tomonida qalinlashadi, bu 

er urug’don oralig’i (mediastinum 

testis) deb nomlanib, uning ichida kapillyarlar va urug’don to’ri (rete testis) joylashadi. SHu oraliqdan 

tomirli pardaga qarab radial yo’nalishda biriktiruvchi to’qimali to’siqlar (septulum testis) tarqaladi. 

To’siqlar urug’donni bo’laklar (lobulus testis) ga bo’ladi. Bo’laklarning keng asosi tashqariga, uchi 

urug’don oralig’iga qarab yo’nalgandir. Bo’laklarning soni odamda 100-250 tagacha etadi. To’siqlar 

elastik  tolalarga  boy  bo’lib,  ulardan  ancha  yirik  bo’lgan  urug’donni  oziqlantiruvchi  qon  tomirlar 

o’tadi. 

Har bir bo’lakda 1-2 dona egri-bugri urug’ kanalchalari tubulus seminifer contortus) joylashadi. Bu 

kanalchalarning uzunligi 70-80 sm gacha etadi. Urug’donda hammasi bo’lib, 300-450 tagacha egri-

bugri  kanalchalar  mavjud.  Urug’don  bo’lagiiing  uchida  egri-bugri  urug’  naylari  to’g’ri  kanallar 

(tubulu  seminifer  rectus)  ga  o’tib,  urug’don  to’rini  hosil  qiladi-da,  urug’  olib  chiquvchi  naylarga 

aylanadi. 

Egri-bugri  urug’  naylarining  tuzilishi.  Egri-bugri  urug’  nay-lari.ingichqa  naylardan  iborat  bo’lib, 

ularning devori tayanch hujayralar - sustenototcitlar (Sertoli hujayrasi) hamda ular orasida joylashgan 

jinsiy hujayralardan - spermatogen hujayralardan tashki topgan bo’ladi (241-rasm). 

Kanalchalarning  tayanch  va  spermatogen  epiteliysi  plastinka-simon  biriktiruvchi  to’qima  bilan 

qoplangan bazal membranada yotadi. Biriktiruvchi to’qima aylana va bo’ylama yo’nalgan kolla-gen 

va  ular  orasida  yotgan  elastik  tolalardan  iborat  bo’lib,  ular  urug’  naylarining  devoriga  anchagina 

zichlik beradi. 

Sertoli  hujayralari  yirik  konus  shaklida  bo’lib,  uchlari  bilan  nayning  bo’shlig’iga  yo’nalgandir. 

Ularning keng asosi bazal membranada yotadi. Hujayra tanasidan har tomonga nozik tcitoplazmatik 

o’simtalar chiqadi. Bu o’simtalar qo’shni tayanch hujayralarining shunday o’simtalari bilan tutashadi. 

Bu hu-jayralarning tcitoplazmasida yog’lar, lipoid tomchilari, oqsil kristallari va boshqa ko’plab trofik 

kiritmalar uchraydi. Hu-jayraning uchburchaksimon yadrosi hujayraning pastki qismida joylashadi.  

 

 

241-rasm. Urug’don. Gematoksilin- eozin bilan bo’yalgan. 06. 10. ok. 10 



1  -  urug’donning  egri-  b>gri  naychalarn;  2-  spermatogen  epnteliy  hujayralari;  3-  naychalar  oraliq 

to’qimasi; 4 - interstitciy hujayralari. 




 

381 


Tayanch hujayralar spermatogen epiteliyning oziqlanishini ta’minlaydi, spermatidlarning metabolitik 

mahsu-lotlarini yutadi. Xuddn shu hujayralarning o’simtalari hosil qilgan to’rda spermatogen epiteliy 

hujayralari joylashadi. Bazal membrana ustida, tayanch hujayralarining orasida, yosh jinsiy hujayralar 

- spermatogoniy hujayralari joylashadi 

(242-rasm). 

Spermatogenez. Erkaklar jinsiy xujayrasi - spermatozoid-lar urug’donning egri-bugri kanalchalarida 

paydo  bo’ladi.  Sper-matogenez  deb  nomlanuvchi  bunday  jarayon  balog’at  yoshiga  et-ganlarda 

boshlanadi. Urug’donda spermatozoidlarning ishlab chiqarilishi jinsiy aktivlik so’nguncha davom eta 

beradi va eg-ri-bugri nay devorida spermatogenezning turli davriga mansub bo’lgan jinsiy hujayralar 

ma’lum bir tartibda joylashadi. Spermatogenez jarayoni 4 davrga bo’lib o’rganiladi: 1) ko’gi^ish; 2) 

o’sish; 3) etilish; 4) shakllanish. 

K  o’  p  a  y  i  sh  davrida  spermatogoniy  hujayralari  son  jiha-tidan  ortib  boradi.  Spermatogoniy 

hujayralarining  o’lchamlari  juda  kichik.  Ular  spermatogen  epiteliyning  tashqi-periferik  qavatini 

tashkil qiladi va bevosita bazal membrana ustida yotadi. Bazal membranada yotgan hujayralar qavati 

bo’linadi, natijada, hujayralar soni ko’payadi va bu holat sig’ishmagan hujayralarnipg yuqori qavatga 

ko’tarilishiga olib keladi. Bu 

 

242-rasm Egri-bugri nay ko’ndalang kesimining elektron mikrofotografiyasi. 



x 580. 

1 - egri- bugri nay bo’shlig’i; 2 - Sertoli hujayragi; 3 - spermatogoniy; 4 - xremesoma - 

larning paxiten bosqichidagi birlamchi spermatotcit; 5-spermatidlar; 6 - Leydig (inter- 

stitciy) hujayralari; 7 - naynpng kapillyar va venulalari. 

hujlyralar endi mitotik bo’linish qobiliyatini yo’qotadi va sper:,k)togenezning keyingi o’sish davriga 

o’tadi. 


Usish  davriga  o’tgan  hujayralarning  o’lchamlari  osha  bosh-laydi.  Bu  davr  yirik  birinchi  tartibli 

spermatotcitlar hosil bo’lishi bilan xarakterlanadi. Bu hujayralar egri-bugri nay devorida spermatogen 

epiteliydan keyingi ikkinchi qavatni 

egallaydi. 




 

382 


Etilish  davrining  boshlanishi  bilan  birinchi  tartibli  spermatotcit  ikkinchi  tartbli  spermatotcit 

(prespermatidlar) ga bo’linadi. Etilish davrining o’ziga xos xususiyatlaridan biri 

shundakk, hosil bo’lgan presperyagatidlar interkinez davrgitg 

o’tamasdan qayta ikkiga bo’linadi. Bunday bo’linishi redaktcion bo’linish yoki meyoz deb ataladi. 

Reduktcion  bo’linish  yoki  meyoz.  Har  bir  hayvon  yoki  o’simlik  hujayralarining  yadrosida 

xromosomalarning  soni  doimiydir.  Odamning  somatik  hujayralari  46  ta  xromosomaga  ega. 

Urug’lanish jarayonida tuxum va urug’ hujayralarining qo’-shilib homila taraqqiy etishida har bir tur 

uchun xos bo’lgan xromosomalar soni saqlanib qoladi. Bu esa tayyor bo’lgan jin-siy hujayralarning 

xromosomalar  soni  somatik  hujayralarga  nisbatan  ikki  barobar  kam  bo’lishi  bilan  ifodalanadi. 

Somatik hujayralarda diploid son (46 ta) bo’lsa, jinsiy hujayralarda xromosomalarning soni gaploid 

songa (23 taga) tengdir. 

Xromosomalar  sonining  kamayishi  (reduktciyasi)  spermato-genezning  etilish  davrida  ro’y  beradi. 

Reduktciya  hodisasi  shu  davrda  bo’lib  o’tadigan  bo’linishning  ketma-ket  -  interkinez  davrisiz 

qaytalanishi orqasida hosil bo’ladi. 

Reduktcion bo’linishga tayyorlanish spermatogenezning o’sish davrida boshlanadi. Birinchi tartibli 

spermatotcit yadrolarida o’sish davrida xromosomalar uzun ipchalar sifatida ko’rina boshlaydi, yadro 

qobig’i va yadrocha saqlanib qoladi. Bu davr leptogen davr (leptos - ingichka) deb yuritiladi. Leptogen 

xro-mosomalarda  buralganlik  kamroq  bo’lib,  ular  ingichka  va  uzun-roqdir.  SHu  belgisi  bilan  bu 

xromosomalar  kariokinezning  boshlang’ich  fazasi  -  profazada  kuzatiladigan  xromosomalardan 

farqlznib  turadi.  Leptogen  xromosomalarning  halqasimon  bo’lib  egilganligi  ko’rinadi.  Ularning 

umumiy  soni  diploid  songa  (46)  teng.  Leptogen  bosqichdan  so’ng  gomologik  xromosoma-lar 

juftlapshb  yig’iladi  (konyugatciya)  va  uzunasi  bo’ylab  bir-biriga  zichlashadi,  ba’zan  o’zaro 

chirmashishi ham mumkin. Bu davr - sinapten yoki zigoten (synapsis - qo’shilish, zygoo - qo’-shish) 

davri,  deb  yuritiladi.  Buning  ahamiyati  shundaki,  o’zaro  kon’yugatciyalangan  (chirmashgan) 

xromosomalar  orasida  gen  al-mashinuvi  bo’lib  turadi.  Uzaro  chirmashib,  buralish  natijasida 

xromosomalar  kaltalashadi  va  yo’g’onlashadi.  Bu  davr  paxiten  (pachys  -  yo’g’on)  davr  deyiladi. 

So’ngi  davrda  kon’yugatlar  o’zaro  bog’langan  holda  qisman  ajraladi  va  har  bir  xromosoma-larda 

bo’ylama  yoriq  ko’rinadi  -  bu  esa  diploten  (diploos  -  ikkilangan)  davrdir.  Xromosomalarning 

spiralsimon  buralishi  davom  etadi.  Bunda  bir-biriga  chirmashgan,  har  biri  2  ga  aj-ralgan  juft 

xromosomalar turlicha shakldagi qisqa tanacha --tetradalarga aylanishini kuzatish mumkin. 23 dona 

tetrada hosil bo’ladi, chunki har bir tetrada ikkita o’zaro kon’yugatciya-lashgan xromosomadan iborat. 

Har  bir  tetrada  tarkibidagi  xro-mosoma  uzunasiga  ikkiga  bo’linganligi  uchun  bir  tetradada  to’rtta 

alohida  xromosoma  bo’ladi  (tetra  -  to’rt  demakdir).  SHu  tetrada  tutgan  xujayra  I  tartibdagi 

spermatotcitdir. 

linish  metafazasi  ketib,  o’zaro  chirmashgan  xromosomalar  o’zla-rining  yoriqlari  bilan  ekvatorial 

plastinka  bo’ylab  yotadi.  Anafazaga  kelib  tetrada  yoriqlaridan  ajralib  hosil  bo’lgan  diadalar  deb 

nomlanuvchi  xromosomalar  turli  qutbga  qarab  suriladi  va  II  tartibli  spermatotcitlar  hosil  bo’ladi. 

Demak, bitta ikkinchi tartibli spermatotcit tetradaning yarmini, ya’ni diadani oladi. Ikkinchi tartibli 

spermatotcitdagi diadalar-ning soni birinchi tartibli spermatotcit  yadrosidagi tetrada soniga  (23  ga) 

teng. Etilish davridagi interkinez davri bo’lma-ganligi uchun xromosomalar keyingi bo’linish uchun 

soni oshmagan (reduplikatciyalanmagan) holatda o’tadi. Diada xromosomolari ekvatorial plastinka 

bo’ylab o’zlarining o’simtalari bilan joy-lashib oladi. Ikkinchi tartibli spermatotcit diadalari bo’linib 

monadalarni  hosil  qiladi  va  bu  monadalar  qutbga  qarab  aj-raladi.  Ykkinchi  tartibli  spermatotcit 

bo’linishidan  spermatid-lar  hosil  bo’ladi.  Ularning  yadrosidagi  monadalar  soni  ikkinchi  tartibli 

spermatotcit yadrosidagi diadalar soniga teng, ya’ni gaploid bo’ladi. 

Xulosa qilib aytganda, mitozdan meyozning farqi xromoso-malarning kon’yugatciyasi yuz berishi va 

etilish davrining bi-rinchi bo’linishi va ikkinchi bo’linishi orasida interkinez davri-ning yo’qligidir. 

Bu esa spermatidlarda xromosomalar sonining ikki marta kamayishiga sababchi bo’ladi. 

Demak, etilish davrining oxirida boshlang’ich 1 

ta 


sperma-togen 

epiteliydan 

gaploid 



 

383 


xromosoma  tutgan  4  ta  spermatid  hosil  bo’ladi.  Spermatidlar  boshqa  bo’linmaydi  va  oxirgi  shakl-

lanish davriga o’tadi. 

SHakllanish yoki spermogenez. Spermatidlar un-cha yirik bo’lmagan yadroli yumaloq hujayralardir. 

YAdro  atro-fida  plastinkasimon  kompleksning  zichlashgan  zonasi,  tcentroso-ma  va  mayda 

mitoxondriyalar  joylashadi.  Spermatidlarning  qayta  tuzilish  jarayoni  plastinkasimon  kompleks 

zonasida  yadro  yuzasiga  tegib  turgan  zichlashgan  granula  paydo  bo’lishidan  bosh-lanadi.  Bu 

akroblastdir.  Keyinchalik  akroblastning  o’lchamlari  kattalashib,  g’ilof  sifatida  yadroni  qoplaydi, 

akroblastning o’rtasida esa zichlashgan tanacha - akrosoma differentcialla-shadi. 

SHakllanayotgan  spermatid  o’z  akrosomasi  bilan,  odatda,  tayanch  Sertoli  hujayrasining  apikal 

yuzasiga  qarab  turadi.  Bunda  spermatidning  qarama-qarshi  chetiga,  urug’  kanali  ichiga  qaragan 

tomonga  ikki  tcentrioladan  iborat  tcentrosoma  surila-di.  TCentrosomaning  tcentrodesmozi  yadro 

yuzasiga perpendikulyar holda joylashadi. Bundan keyingi o’zgarishlar natijasida proksimal tcentriola 

yadro qobig’iga tegib yotadi, distal joy-lashgani esa ikkiga bo’linadi. Distal tcentriolaning old qis-

midan xivich shakllanadi, so’ngra u spermatozoid dumining o’q ipiga aylanadi. Distal tcentriolaning 

orqa  yarmisi  aylana  Hosil  qiladi.  Bu  halqacha  xivichi  bo’ylab  surilib,  spermatozoid-ning  o’rta 

qismining orqa chegarasini hosil qiladi. 

Spermatidning taraqqiyot jarayonida uning yadrosi asta-eekin zichlashadi va xromatin gomogen zich 

massa ko’rinishini oladi. Dum qismining o’sishi bilan spermatidning tcitoplazmasi yadro atrofidan 

sirg’alib, shakllanayotgan spermatozoidning o’rta qismiga suriladi. Mitoxondriyalar xivchinchaning 

proksimal qismi yonida joylashadi. Spermatid tcitoplazmasi, spermatozo-idga aylanayotganda, kuchli 

ravishda reduktciyaga uchraydi. 

Spermatogen  epiteliy  buzuvchi  ta’sirlariga  o’ta  sezgir  hisob-lanadi.  Turli  intoksikatciyalarda, 

avitaminozlarda, ochlikda, ayniqsa, radiatciya nuri ta’sirida spermatogenez jarayoni su-sayishi, hatto 

to’xtab, spermatogen epiteliysi atrofiyaga uchrashi mumkin. 

Egri-bugri  urug’  naylarining  oralaridagi  siyrak  birikti-ruvchi  qatlamlarda  ko’plab  qon  va  limfa 

tomirlari  hamda  nerv  tolalari  yotadi.  Egri-bugri  urug’  nayi  va  bo’lak  ichida  qon  kapillyarlarining 

atrofida urug’donning yirik interstitciy bez hujayralari (glandulo cytus testis) - Leydig hujayralarining 

to’plami joylashadi. Bu hujayralar yirik, yumaloq yoki ko’p qirrali bo’lib, tcitoplazmasida lipidlar, 

glikogen  kiritmalari  va  turli  kristalloidlar  tutadi.  Esh  ortib  borgan  sari  hujayra  tcitoplazmasida 

pigment  yig’ila  boradi.  Trofik  kiritmalarning  ko’pligi,  interstitciy  hujayralari  spermatogen 

epiteliyning oziqlantirishda qatnashadi deyishga imkon beradi. Bundan tashqari, Leydig hujayralari 

shu bilan bir qatorda erkaklar jinsiy gormoni ishlanishida ishtirok etadi, deb qaraladi. Urug’donning 

faoliyati gipofiz bezining oldingi bo’limida ishlanuvchi gonadotrop gormonining ta’siriga bog’liq. 

Urug’donning yoshga qarab o’zgarishi. YAngi tug’il-gan bolalar urug’donining og’irligi 800 mg ga 

teng bo’lib, bo’lak-larga  bo’linganligi  yaqqol  ko’rinib turadi. Urug’donlar bu davr-da siyrak tolali 

shakllanmagan  biriktiruvchi  to’qimali  stro-mada  yotuvchi  uncha  egri-bugri  bo’lmagan,  ba’zan  bir-

birlariga tegib  yotuvchi urug’ kanalchalaridan iboratdir. Urug’ kanalchala-ri tor, bo’shlig’i deyarli 

ko’rinmay,  ba’zan  kanal  hujayralari  uni  to’la  bekitib  qo’yadi.  Kanal  hujayralari  etilmagan  Sertoli 

hujayralari, spermatogoniylar va birlamchi gonotcitlardan iborat. 

Erkaklar jinsiy sistemasining bola tug’ilgandan so’nggi taraqqiyotining b i r i nch i to’rt yili statik 

davrdeb nomlanadi. Bu davrda urug’ kanalchalari kichik o’lchamga ega bo’-lib, ozgina egri-bugridir. 

Hujayralar esa bir qavat bo’lib yotadi. Urug’donning maxsus funktciyasi kuzatilmaydi. 

4  yoshdan  10 yoshgacha davr urug’don postnatal taraqqiyotining ikkinchi davridir. Bu davr ichida 

kanallarda  spermato  goniy  va  birinchi  tartibli  spermatotcitlarni  uchratish  mumkin.  Interstitciyda 

Leydig hujayralariga asos bo’luvchi hujayralar paydo bo’lib, differentciallasha boshlaydi. Hujay-ralar 

o’lchamlarining oshishi, jinsiy hujayralar sonining ko’-payishi, I tartibli spermatotcitlarning paydo 

bo’lishi, tayanch 

hujayraning differentcirovkasi bu davrni bolaning organiz- 

mida  jinsiy  sifatlarning  paydo  bo’lish  davri 

deyishga asos beradi. 




 

384 


Uchinchi  davr  10  yoshdan  12-16  yoshgacha  bo’lib,  taraqqiyot  davri  deb  nomlanadi.  Morfometrik 

kuzatishlar urug’donning bu davrida intensiv o’sishini tasdiqlaydi. Hujayralar katta-lashadi va soni 

oshadi. Ayniqsa, Sertoli hujayralari sezilar-li darajada o’zgaradi. Ularning yadrosi kattalashadi, 1-II 

tartibli spermatotcitlar ko’payadi. Ba’zan spermatidlar ham uchraydi. 12-14 yoshlarda kanalda etarli 

darajada  spermato-tcitlar  bo’ladi.  Bu  davrda  urug’  chiqaruv  yo’llarining  taraqqiyoti  ham  sezilarli 

darajada  bo’ladi.  Urug’don  ortig’i  morfologik  jihatdan  katta  yoshdagi  odamlarniig  urug’don 

ortig’idan farq qilmaydi. 

Spermatogenezning  muntazam  ro’y  berishi  urug’don  taraqqi-yotining  to’rtinchi  davri  hisoblanadi. 

Spermatogen  epiteliyning  barcha  hujayralari  hamda  spsrmatozoidlarning  kanallarda  uch-rashi  bu 

davrning muhim morfologik belgisidir. 

18-20 yoshdan boshlab aktiv spermatogenez davri boshlanadi. YUqori funktcional aktiv holat 50-55 

yoshlargacha davom etadi. 50 yoshdan 80 yoshgacha urug’donda atrofik, distrofik va nekrobio-tik 

xarakterdagi  jarayonlar  rivojlanib  boradi.  Bu  o’zgarish-lar  involyutciya  deb  nomlanadi.  Bu  esa 

spermatogenezning susayishi va biriktiruvchi to’qimaning o’sib ketishi bilan xarak-terlanadi. Urug’ 

kanalchalarining ichi bo’shab qoladi. Ammo shunga qaramasdan 80 yoshlarda ham spermatogenez 

ro’y beradigan ka-nalchalar uchraydi. 




Download 18,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   288   289   290   291   292   293   294   295   ...   315




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish