Ular kam differensiallangan, yassi yoki duksimon shaklga zga hujayralar bo`lib, qon tomirlar
atrofida joylashadi. Adventitsial hujayralar peritsitlardan farq qilib, hech qachon bazal membrana
bilan o`ralmaydi. Ularning sitoplazmasi sust bazofil bo`yalib, o`zida kam miqdorda organellalar
tutadi. Adventitsial hujayralar kam differensiallangan hujayralar bo`lib, ulardan ma’lum sharoitlarda
fibroblastlar yoki adipotsitlar (yog` hujayralari) hosil bo`lishi mumkin deb hisoblanadi.
Siyrak biriktiruvchi to`qimaning hujayralararo moddasi amorf (asosiy) moddadan va uch turli
tolalardan iborat. Kollagen va elastik tola tolalarning asosiy qismini tashkil etib, unda retikulyar
Amorf modda va tolalar asl biriktiruvchi to`qimaning hamma turlarida har xil nisbatda
uchraydi. Shuning uchun quyida keltirilgan hujayralararo moddaning tuzilishi biriktiruvchi to`qi-
118
ASOSIY MODDA (SUBSTANTIA FUNDAMENTALIS)
Asosiy, amorf yoki sement modda gomogen massa bo`lpb, kolloiddan iborat. Amorf modda
biriktiruvchi to`qima takomilining ilk bosqichlarida hosil bo`lib, avvaliga tolalar ko`proq bo`ladi
keyinchalik amorf modda differensiallashib, biriktiruvchi to`qimaning bir turida, masalan, terida kam,
tog`ayda esa ko`proq glikozaminoglikanlar (mukopolisaxaridlar) tutadi.
Normal sharoitda asosiy modda gel konsistentsiyasiga ega. Uning tarkibiga biriktiruvchi
to`qima hujayralarida sintezlanuvchi moddalar (sulfatlangan glikozaminoglikanlar-xondroitin-sulfat,
geparinsulfat, keratinsulfat, gialuron kislota; fermentlar, immun tanachalar) va qon tomir orqali
keluvchi moddalar (albumin, globulin, vitaminlar, gormonlar, ionlar, suv, fermentlar, immun
tanachalar va metabolitlar) kiradi. Bu komponentlarning miqdori fiziologik va patologik holatlarda
o`zgarib turadi. Glikozaminoglikanlar, xususan, gialuron kislota, xondroitinsulfat va geparinsulfat
asosan oqsillar bilan kompleks holatda bo`ladi. Amorf moddaning miqdori birik-tiruvchi to`qimaning
turli qismlarida turlicha. Qon tomir kapillyarlari atrofida, yog` hujayralari to`plangan joylarda yoki
retikulyar hujayra ko`p bo`lgan qismlarda amorf modda kam bo`ladi. Lekin biriktiruvchi to`qimaning
epiteliy bilan chegaradosh qismlarida amorf modda ko`p. Bu yerda amorf modda kollagen va
retikulyar tolalar bilan birga chegara membranasini (bazal plas-tinkani) hosil qiladi.
Asosiy modda turli moddalarni qon tomirdan hujayraga yoki metabolizm qoldiqlarini
hujayradan qonga o`tishida asosiy tuzilma sanaladi. Uning o`tkazuvchanligi glikozaminoglikanlar
konsentratsiyasiga va boshqa fizik-kimyoviy holatlarga bog`liq. Gistamin va gialuronidaza fermenti
ta’sirida amorf moddaning o`tkazuvchanligi keskin oshadi. Shunday qilib, amorf modda organizmda
modda almashinuvida muhim o`rin tutib, uning o`zgarishi turli kasalliklarga olib kelishi mumkin.
SIYRAK BIRIKTIRUVCHI TO’QIMA TOLALARI
Kollagen tolalar (fibrae collagenosae). Kollagen (yunon. kolla - yelim, genos - yaratmoq,
vujudga keltirmoq, yelim hosil qiluvchi demakdir) faqatgina asl biriktiruvchi to`qimada bo`l-may,
balki suyakda - ossein tog`ayda - xondrin tolalar nomi bilan mavjud. Kollagen tolalar siyrak
biriktiruvchi to`qimada turli yo`nalishda yotuvchi to`g`ri yoki egri-bugri tortmalar holida joylashadi.
(76-rasm). Kollagen tolalar tarkibida fibrillyar oqsil - kollagen bo`lib, u fibroblast hujayralarida
polipeptid zanjirlar (prokollagen) shaklida hosil bo`la boshlaydi.
Har bir zanjir uch turli aminokislotadan iborat bo`lib, ulardan birinchisi xohlagan aminokislota,
ikkinchisi prolin yoki lizin, uchinchisi esa glitsindir. Bu aminokislotalar zanjirda ko`p marta xuddi
shu tartibda qaytariladi. Prolin va lizin darhol gidroksiprolin yoki gidroksilizingacha oksidlanadi.
Hujayra ichida 3 ta kalta polipeptid zanjirlar bir-biriga o`raladi va tripletlar hosil qiladi. Har bir triplet
molekulasi uch polipeptid zanjirdan iborat bo`lib, eni 1,4 nm, uzunligi 280-300 nm ga teng. Bu
tripletlar tropokollagen deb nomlana-i. Uning molekulyar og`irligi 360 000 ga teng.
Tropokollagen oqsili hujayra tashqarisiga sekretsiya qilinadi. Tropokollagen tolalari bir-biriga
ulanib, protofibrillarni hosil qiladi. So`ngra ATF ishtirokida polimer zanjirlar vodorod bog`lar
yordamida yonma-yon ulanib «birlamchi fibrillalarni» (75 nm ga teng) hosil qiladi. Ularda ko`ndalang
chiziqlarni ko`rish mumkin. Ko`ndalang chiziq polimerizatsiya qilish davrida hosil bo`lib,
tropokollagen molekulalarining orasida qoladigan bo`shliqqa bog`liq. Birlamchi fibrillalar birlashib,
eni 5-15 mkm, uzunligi turlicha bo`lgan kollagen fibrillalarni hosil qiladi. Shunday qilib, kollagen
tolalar birlamchi fibrillalardan, ular esa protofibrillalardan, protofibrillalar esa tropokollagenlardan
iborat (77-rasm).
Hozirgi vaqtda kollagenning 12 tipi mavjud. Bu tiplar har xil a’zolarda bo`lgan kollagenning
ximiyaviy tarkibi, joylashishi va xususiyatlariga ko`ra tafovut qilinadi:
I tip-terida, suyakda, ko`z muguz pardasida, sklerada uchraydi.
II tip - gialin va tolali tog`aylarda
joylashadi.
119
76-pacm. Terining to`rsimon qavatidagi kollagen tolalarning bo`ylama kesmasi.
Elektron mikrofotogramma. X87.500.
1- kollagen fibrillalar; 2-ko`ndalang chiziqlar.
III tip - homila terisining dermasida, retikulyar to`qimada va yirik qon tomirlar devorida
uchraydi.
IV tip - bazal membranalarda va ko`z gavharini o`rovchi kapsulada joylashadi. Qolgan V-XII
tipdagi kollagenlarning xususiyatlari hali aniq emas.
Kollagen tolalarda glitsin, prolin, oksiprolin, glyutamin, asparagin kabi aminokislotalar ko`p
bo`lib, oltingugurt saqlovchi aminokislotalar kam. Kollagen tolalar juda
pishiq va cho`zilmaydi. Pay suyultirilgan ishqor va kislotalarda 10 marta
shishadi.
77- rasm. A - kollagen tolalarning tuzilish sxemasi. B - kollagen
makromolekulasining
spiral strukturasi (Rich bo`yicha); kichik oq
doiralar- glitsin, yirik oq doiralar-prolin.
Shtrixlangan
doiralar
-
gidroksiprolin.
I - polipeptid zanjir; II - kollagen molekulalari (tropokollagen); III -
protofibrilla; IV-
ko`ndalang chiziqli ko’rinadigan eng ingichka
fibrillalar; V - kollagen tola (V.G.
Yeliseev va boshqalar, 1972).
Do'stlaringiz bilan baham: