Илмий муҳаррир: медицина фанлари доктори, профессор Н



Download 18,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/315
Sana12.09.2021
Hajmi18,63 Mb.
#172604
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   315
Bog'liq
Gistologiya Zufarov K. 2005(1)

Retikulyar  tolalar.  Biriktiruvchi  to`qimaning  ba’zi  turlarida,  qon  yaratuvchi  a’zolar 

stromasida, jigarda, qon tomirlar (asosan kapillyarlar), mushak va nerv tolalari atrofida kollagen va 

elastik  tolalardan  tashqari  retikulyar  yoki  retikulin  tolalar  ham  uchraydi.  Bu  tolalar  III  tipdagi 

kollagenga  kirib,  kumush  tuzlari  bilan  impregnatsiya  qilinganda  aniq  ko`ringani  uchun  ba’zan 

argirofil  (yunon.  argyros  -  kumush)  tolalar  deb  ham  yuritiladi.  Retikulyar  tola  (rete  -  to`r)  deb 

nomlanishi ularning to`r hosil qilishini bildiradi. 

Retikulyar  tolalarning  tuzilishi  yaxshi  o`rganilmagan  bo`lsa  ham,  ma’lum  faktlar  bu  tolalar 

oqsildan - retykulindan (kollagenning maxsus turi) tuzilganligini ko`rsatadi. Retikulii oqsili kollagen 

va  elastik  tolalardagi  oqsillardan  serin,  oksilizin  va  glyutamin  aminokislotalarining  ko`pligi  bilan 

ajralib turadi. Oqsil mikrofibrillalari taxminan 40-60 nm qalinlikda bo`lib, ularda ham xuddi kollagen 

protofibrillalaridagi kabi ko`ndalang chiziqlik ko`rinadi. 

Retikulyar tolalar kuchsiz kislota, ishqorlar va tripsin ta’siriga chidamli. 

 

ZICH TOLALI BIRIKTIRUVCHI TO’QIMA 



Siyrak va zich tolali biriktiruvchi to`qimalar orasida keskin chegara o`tkazish mushkul, chunki 

organizmda biriktiruvchi to`qimaning hujayralar va hujayralararo modda nisbati asta-sekin o`zgaradi. 

Tolalarning  joylanish  tartibi  bo`yicha  zich  tolali  biriktiruvchi  to`qimaning  shakllangan  va 

shakllanmagan turlari farq qilinadi. 

Zich  shakllanmagan  biriktiruvchi  to`qima  terining  to`rsimon  qavati  va  bo`g`in  xaltachalari 

biriktiruvchi  to`qimasida  uchrab,  uning  kollagen  va  elastik  tolalari  bir-biriga  zich,  lekin  tartibsiz 

joylashganligi  uchun  to`rsimon  tuzilishga  ega.  Hujayralar  turi  ko`p  bo`lmay,  amorf  modda  ham 

kamdir. Hujayralar asosan fibroblast va fibrotsitlardan iborat bo`lib, ular uzunchoq shaklga ega. 

Zich shakllangan biriktiruvchi to`qima esa tolalarning tartibli joylashishi bilan farqlanadi. Bu 

to`qimada  tolalarning  joylashishi  kuch  chiziqlari  bo`ylab  yo`nalgan.  Shakllangan  birik-tiruvchi 

to`qimaga paylar, bog`lamlar, fibroz membranzlar va plastinkasimon biriktiruvchi to`qima kiradi. Bu 

to`qimaning tarkibiy qismlarining tuzilishiga mukammalroq to`xtab o`tamiz. 

Paylar (tendo). Paylar pishiq tortmalar bo`lib, mushaklar shu paylar orqali suyakka birlashadi. 

Paylar bir-biriga parallel yotuvchi yo`g`on kollagen tolalardan tashkil topgan. Kollagen tolalar orasida 

elastik  to`r  yotadi  (78-rasm).  Ularning  orasida  asosiy  modda  joylashadi.  Biriktiruvchi  to`qima 

hujayralaridan  esa  tolalar  orasida  yotuvchi  fibrotsitlargina  bo`ladi.  Fibrotsitlar  to`rtburchak, 

uchburchak  yoki  trapetsiya  shakliga  ega  bo`lib,  yon  tomondan  tayoqcha  shaklini  eslatadi.  Bu 

hujayralarni pay hujayralari deb ham nomlanadi. 

Payda  har  bir  kollagen  tolalar  tutami  fibrotsitlar  bilan  chegaralangan.  Bu  tolalar  birlamchi 

tartibli  tolalar  deyiladi.  Bu  tolalar  tashqi  tomondan  endotenoniy  deb  ataluvchi  siyrak  tolali 

bi|ljtiruvchi  to`qimaning  yupqa  pardasi  bilan  o`ralgan.  Birlamchi  tolalar  yig`ilib  ikkilamchi  tolalar 

tutamini hosil qiladi. Ikkilamchi tolalar tutami o`z navbatida uchlamchi tolalar tutamini hosil qiladi. 

Bu  tolalar  tutami  tashqi  tomondan  peritenoniy  deb  ataluvchi  siyrak  tolali  biriktiruvchi  to`qimadan 

iborat parda bilan chegaralangandir. Shu pardalarda paylarni oziqlantiruvchi tomirlar hamda paylarni 

innervatsiya qiluvchi nerv tolalari va nerv oxirlari joylashadi. 




Download 18,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   315




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish