4.3. Tikuv mashinalrini qanday tanlash kerak
Zamonaviy maishiy tikuv mashinasi nima ekanligi haqida, klassifikatsiyasi,
bozor tomonidan taklif qilinadigan mashinalar bilan taqqoslaganda va har xil
turdagi mashinalar yordamida nima qilish mumkinligi haqida ma’lumot beriladi.
Qadimgi buvilarimizning "Zinger" mashinasida faqat to`g`ri baxyaqator hosil
qilishda foydalanishgan. Keyinchalik, ignasi chapga va o`ngga siljiy oladigan
mashinalar paydo bo`ldi va mokining konstruktsion ko`rinishi o`zgartirildi.
Bunday mashinalar zigzagni va yanada murakkabroq baxyaqatorlarni hosil qilishga
qodir edi. Eng murakkab va zamonaviy mashinalarda baxyaqatorlar soni faqat
mashina konstruktorining tasavvuriga ko`ra cheklangan. Baxyaqatorlarni hosil
qilish printsipiga ko`ra, zamonaviy tikuv mashinalari mexanik va kompyuter
tomonidan boshqariladigan mashinalarga bo`linishi mumkin.
95
Mexanik tikuv mashinalari. Mexanik tikuv mashinalarida, maxsus shakldagi
tishli g`ildirak (richag)lar va barcha turdagi tutqichlar, g`ildiraklar va boshqa
mexanik detallar ignaning harakatlanishi va mato surgichning harakatlanishi
ta’minlaydilar. Texnologik xususiyatlariga ko`ra mexanik boshqaruvga ega
bo`lgan mashinalar murakkab shakldagi baxyaqatorlarni bajara olmaydi va
cheklangan turdagi baxyaqatorlar hosil bo`ladi. bunday turdagi mashinalarning eng
murakkab va funktsional vakillari Husqvarna Prelude 360,
Janome 6125QS, Pfaff 1546.
Kompyuter yordamida boshqariladigan mashinalar. Kompyuter yordamida
boshqariladigan mashinalarda matoga nisbatan ignaning harakatini mikroprosessor
boshqaradi. Ushbu boshqaruv printsipi choklar va ular shaklining murakkabligi
cheklovlarni bartaraf etadi. Hammasi xotira hajmi va ishlab chiqaruvchi u yoki bu
modelga qo`ygan dastur orqali aniqlanadi. Biroq, tikish printsipi qanday
bo`lishidan qat’iy nazar, uning kengligi va ignaning harakatlanish chegaralari
cheklangan. Eng yaxshi mashinalarda chok kengligi 7 mm ga yetadi. Kengroq
chok olish uchun matoni nafaqat oldinga va orqaga, balki chap va o`ngga ham
harakatlantirish mexanizmi talab qilinadi. Agar bunday mexanizm mavjud bo`lsa,
mato bir necha yo`nalishda harakat qilishi mumkin va kashtado`zlik moslamasi
bo`lmasligiga qaramay, bunday mashinalarni kashtado`zlik qobiliyatiga ega tikuv
mashinalari deb atash mumkin. Kashta tikishda ushbu imkoniyatlardan buyum
chetlaridagi dekorativ choklarni tikishda foydalanish mumkin. Gullarni kashta qilib
tikish, har hil yo`nalishlarda bir nechta choklarni tikib qo`yish, kichik bir yulduzni
kashta qilish, qiya tomonga bir nechta chok tikish mumkin va hokazo. Shunday
qilib, har qanday o`lchamdagi eng murakkab kashtali andozalarni ham tikish
mumkin (ba’zida risolalarda bunday andozalar "maxi andoza" deb nomlanadi).
Tikuv mashinalari uchun matoni u yon-bu yon tomonga siljitish qobiliyati
ekzotikadir. Hozircha, faqatgina Brother va Bernina ushbu texnologiyani ba’zi
qimmat modellarda ishlatmoqdalar. Bunga NX 600 mashinasini misol qilib
keltirish mumkin.
96
Baxyaqatorlar. Zamonaviy tikuv mashinalarida baxyaqatorlar turlari kichik
modellarda 10 tadan boshlab murakkab kompyuterlashtirilgan mashinalarda bir
necha yuzgacha o`zgaradi. Tikuv mashinasining choklari odatda ishchi va
dekorativ choklarga bo`linadi.
Ishchi choklar. Ishchi choklarni an’anaviy tekis va zigzag choklaridan
tashqari, ortiqcha choklarni, qisma matolar uchun choklarni, yashirin choklarni,
tirnoqli choklarni va boshqalarni ham o`z ichiga oladi. Jadvalda foydali ishchi
choklarning namunalari keltirilgan:
To`g`ri chok
Zigzag
Rezinalarni tikish uchun elastik zigzak
Trikotaj uchun elastik chok
Mustaxkamligi oshirilgan to`g`ri chok
Mustaxkamligi oshirilgan zigzag
Chetlarini o`rab tikuvchi choklar (overlok)
Jiyaklar uchun ko`rinmas choklar
Jiyaklar uchun ko`rinmas elastik choklar
Izmalar. Deyarli barcha elektromexanik mashinalar ichki kiyimlar uchun
kesib ochiladigan izmalarni tikishi mumkin. Ba’zi mashinalar bunday izmalarni
yarim avtomatik ravishda to`rt bosqichda matoni aylantirmasdan - izmani chap
tomonini, izmani orqa chetini, izmani o`ng tomonini, izmani oldi chetini tikib
bajaradi. Ushbu klassdagi ko`plab mashinalar tugmachaning o`lchamiga muvofiq
avtomatik ravishda izma ochish imkonini beradi. Elektromexanik mashinalar
uchun boshqa turdagi izmalarni ochish imkoni yo`q. Kompyuter bilan
boshqariladigan mashinalarda izmalar avtomatik ravishda ochiladi. Odatda
Yaponiya kompaniyalarining mashinalari tugmachaning o`lchamiga qarab izma
ochadi - buning uchun unga tugma maxsus o`lchash moslamasiga joylanadi.
Evropa mashinalarida odatda tugmachalarni o`lchash moslamasi yo`q - bunday
mashinalarda kerakli izma o`lchamlarini millimetrga o`rnatish mumkin. Izma
o`lchamlarini to`g`ri ushlab turish uchun Pfaff va Husqvarna o`z mashinalarida
97
izma ochish jarayonida izmani o`zini o`lchab turadigan asbob bilan taminlagan.
Kompyuterlashtirilgan mashinalar o`nta turdagi izmalarni ochish imkoniga ega.
An’anaviy ko`ylak izmalaridan tashqari, kostyumlar uchun ko`zchali
izmalar, trikotajlar uchun izmalar, chetlari yumaloq shaklli va boshqa izmalar
bo`lishi mumkin. Bungan tashqari, bir marta izma hosil qilib, uning
ko`rsatlichlarini xotirada saqlash va shundan so`ng mashina har qanday miqdorda
mutlaqo o`xshash izma ochishi mumkin. Ko`pgina kompyuterlashtirilgan
mashinalar
oddiy
ko`ylak
izmalarini
ochish
tartibi
elektromexanik
mashinalarnikidan farqlanadi. Eng avvalo chap tomondagi to`g`ri chok tikib
chiqiladi (chok maxsus mashinalarda ochiladigan a’lo darajadagi izma hosil
qilishdagi nazorat qilib boriluvchi chiziq vazifasini o`taydi), izmaning shu
tomoniga ip taxlab chiqiladi, izmaning chetiga ip taxlab chiqiladi, so`ngra
izmaning boshqa bir tomoniga yana bir to`g`ri chok tikiladi, bu izmaning bir
98
boshqa chekkasi, o`ng tomoni zigzag bilan ip taxlab chiqiladi va yon va oxirida -
bir nechta qulflash choklari tikiladi. Hammasi bo`lib - 7 ta jarayon bajariladi.
Dekorativ choklar. Mexanik mashinalar uchun dekorativ choklar doirasi
cheklangan. Ehtimol, ushbu sinfdagi mashinalar orasida eng katta imkonyatga ega
deb Pfaff Select 1546-ni aytish mumkin. Barcha kompyuterda boshqaradigan
mashinalar turli xil dekorativ choklarni amalga oshirishi mumkin. Bular turli xil
naqshlar, toshli bezaklar, atlas qoplamasi bilan tikilgan choklar, eng oddiy
kashtado`zlik elementlari – kesishmali choklar, merejkalar, ochiq choklar va
boshqalar. Murakkab modellar uchun bitta yoki bir nechta chok alifbolari xotirada
saqlanadi. Ba’zi modellar (masalan, Husqvarna Platinum 770) o`z zahirasida
nafaqat lotin, balki rus alifbolariga ham ega. Odatda, har qanday chokni uzunligi
va kengligini o`zgartirish imkoniyati bor. Ko`pgina mashinalarda gorizontal va
vertikal ravishda tikilgan aks ko`rinishli choklar, shuningdek, namunani aylantirish
funktsiyasi mavjud. Ba’zi kompyuterlashtirilgan mashinalarda ma’lum bir harf
birikmalarini (masalan, oila a’zolarining ismlarini) yoki dekorativ elementlarning
ketma-ketligini kerakli tartibda tikish uchun kiritish mumkin bo`lgan xotira
mavjud.
99
Bunday
mokilar
barcha
ishlab
chiqaruvchilar
tomonidan
arzon
elektromexanik
mashinalarda
qo`llaniladi.
Ushbu
turdagi
choklarning
kamchiliklari bu ish paytida tebranishning kuchayishi, tikish tezligining pastligi,
chokning kengligini (5 mm dan oshmasligi) va choklarni yuqori sifatli emasligidir.
Moki mexanizmi turlari. Zamonaviy maishiy tikuv mashinalarida moki
tebranma harakat qiladi yoki gorizontal, yoki vertikal tekkislikda aylanadi.
Shuning uchun mokilarni "tebranma", "gorizontal" va "vertikal ikki marta
aylanuvchi" deb nomlanadi. Tebranma mokilar juda sodda tuzilgan. U "Chayka"
tikuv mashinasi orqali ko`pchilikka tanish.
Ikki marta aylanuvchi gorizontal mokilar - bu 250 dollar atrofida qiymatga ega
bo`lgan tikuv mashinalarda keng tarqalgan. Ushbu mokilarda naychalarni
almashtirish juda qulay. Bunday mokili mashinalarda igna plastinkasidagi shaffof
oyna orqali ip miqdori ko`rinib turadi. Bu juda qulay, chunki u naychaning qolgan
ip miqdorini hisobga olishni osonlashtiradi. Bunday mokilar bilan jihozlangan
mashinalar kamroq titraydi, chunki moki tebranmaydi balki aylanadi. Shuni
ta’kidlash kerakki, bunday mokili mashinalarda pastki iplar kamdan kam hollarda
o`ralib qoladi. Gorizontal mokini moylash talab etilmaydi.
100
Bunday mokining kamchiliklari pastki ipning tarangligini sozlash noqulayligi -
buning uchun igna plastinasini yechib olish kerak bo`ladi. Ikki aylanishli vertikal
mokilar qimmatbaho Pfaff va Bernina tikuv mashinalarida (Artista seriyasida)
qo`llaniladi. Shunga o`xshash dizayndagi mokilar maxsus tikuv mashinalarida
qo`llaniladi. Bunda asosiy afzallik - bu yuqori ishonchlilik. Bunday moki bilan
jihozlangan mashinalar arzonroq konstruktsiyadagi mashinalarga qaraganda
kamroq tebranadi va pastki ipni o`ralib qolish ehtimoli kam. Ushbu
konstruktsiyaning gorizontal mokilarga nisbatan muhim afzalligi, bu pastki ipning
tarangligini sozlash qulayligi.
Ip tarangligi. Yuqori sifatli baxyaqatorga ega bo`lish uchun, ustki va pastki
iplar uning yuzasida emas, balki materialning qalinligi orasida o`zaro bog`langan
bo`lishi kerak. To`g`ri tikishni ta’minlash ipning tarangligini sozlash orqali amalga
oshiriladi. Yuqori ipning tarangligi odatda mashinaning dastagida joylashgan
maxsus taranglikni sozlagichi yordamida amalga oshiriladi. Sozlagichning o`rta
holati ba’zan "avto" deb nomlanadi va eng ko`p ishlatiladigan taranglikka mos
keladi. Ba’zi ishlab chiqaruvchilar (masalan, Brother NX 600) matoning
101
qalinligidagi o`zgarishlarga qarab ipning tarangligini avtomatik ravishda sozlash
funktsiyasini tavsiya qilishadi. Pastki ipning tarangligini sozlash uchun mokiga
maxsus sozlovchi vintlar o`rnatilgan.
Lapkaning gazlamaga bosimi. Maxsus tikuv mashinasi uchun materialdagi lapka
bosimini sozlash maqsadga muvofiqdir. Oddiy matolarga yuqori sifatli va ma’lum
uzunlikdagi choklarni olish uchun yuqori bosimni ta’minlash kerak bo`ladi, trikotaj
uchun esa materialni cho`zmaslik uchun bosimni pasaytirish kerak bo`ladi.
Elektromexanik mashinalarda bosim maxsus prujina bilan ta’minlanadi. Ba’zi
mashinalarda prujina ta’sir kuchini oshirish uchun maxsus sozlagichlar o`rnatiladi
va shunga mos ravishda lapkadan gazlamaga beriladigan bosim ta’minlanadi.
Kompyuter boshqaruvli murakkab mashinalarda ba’zan bosimni avtomatik
boshqarish va uning doimiyligini maxsus nazorat qilish ta’minlanadi. Ustki mato
tortgichi bilan jihozlangan mashinalarda bosim regulyatori shart emas. Yuqori
sifatli tikilishni ustki mato tortqichi ta’minlaydi. Mashina loyihachilari qalin
materialni tikish imkoniyatini yaratishga ham axamiyat berishadi - ya’ni lapka
maksimal 12 mm gacha ko`tarilishi mumkin. Quvvat va ignani sanchilish kuchi,
tezlikni boshqarish va tikish nazorati tikuv mashinasining mexanizmi elektr motor
bilan harakatlantiriladi. Arzon elektromexanik mashinalarda odatda 220V
kuchlanishli o`zgaruvchan tokda ishlovchi elektr motor ishlatiladi. Qimmatroq
mashinalar past kuchlanishli o`zgarmas tokda ishlovchi motorlar bilan jihozlangan.
Eng murakkab mashinalarda 10 tagacha elektr motori bo`lishi mumkin.
O`zgaruvchan elektr tokida ishlovchi motoriga ega bo`lgan mashinalarda
zarba kuchi tikish tezligiga bog`liq, bu albatta noqulay. Mashinaning har qanday
zichlik va qalinlikdagi matolarni osonlikcha tikishi uchun elektron vosita,
tezligidan qat’iy nazar, igna matoni teshishi kerak bo`lgan maksimal kuchni
ta’minlashi kerak bo`ladi. Buni amalga oshirish uchun mashinaning loyihasida
ignaning teshish kuchini avtomatik ravishda tartibga solishni inobatga olinadi.
Ushbu qurilma tufayli zamonaviy tikuv mashinasi nozik matolarni ehtiyotkorlik
bilan tikib, qalin va qo`pol ko`p qatlamli choklarni, masalan, jinsa matolarini
osonlik bilan tikish imkoniga ega bo`ldi. Ko`pincha, mashinani tanlayotganda,
102
mijozlar mashina korpusida ko`rsatilgan quvvat qiymatiga e’tibor berishadi, chunki
bu qiymat qanchalik yuqori bo`lsa, mashina shunchalik zich va qalin mato tikishi
mumkinligiga ishonishadi. Bu qisman eng arzon mashinalar uchun to`g`ri keladi va
murakkabroq mashinalar uchun matoni teshish kuchini avtomatik sozlash juda
muhimdir. Bunga qo`shimcha ravishda, iste’mol qilinadigan quvvatning yarmidan
ozroq qismi mexanik quvvatga to`g`ri keladi. Qanday bo`lmasin, Evropa
kompaniyalari - Pfaff, Husqvarna va Bernina tomonidan ishlab chiqarilgan
mashinalar an’anaviy ravishda maksimal mexanik quvvatga ega. Tikish tezligi
tikuv mashinasining muhim xususiyatidir. Bu pedalni bosish orqali amalga
oshiriladi. Qiymati 300 dollardan boshlanadigan ko`plab tikuv mashinalari
maksimal tikish tezligini sozlash imkonini ta’minlaydi. Bir qator NX seriyali
mashinalar va ba’zi Husqvarna modellarini pedaldan foydalanmasdan tikish
mumkin - tikishni boshlash uchun, maxsus tugmachani bosib, mashinani to`xtatish
uchun ham yana tugmacha bosiladi.
Ba’zi mashinalar ignani ko`tarish va tushirish uchun maxsus bosish tugmalari bilan
jihozlangan. Yana bir juda qulay funktsiya - ignani yuqori holatda to`xtatish. Agar
bunday funktsiya bilan jihozlangan mashinadan foydalanilsa, ignani yuqoriga
ko`tarish uchun maxovikni endi burab qo`yish shart emas - igna har doim yuqorida
to`xtaydi. Ba’zida to`xtash paytidagi ignaning holati dasturlashtirilishi mumkin va
mashina ignani quyi holatda to`xtatadi, bu tikilayotgan gazlamani xususiyatiga
qarab tanlanadi.
Tikuv mashinasi to`plamiga nimalar kiradi. Odatda mashinaga juda ko`p
turli xil aksessuarlar keltiriladi - turli xil qalinlikdagi ignalar to`plami, trikotaj
uchun uchi aylanasiga charxlangan igna, juft igna, otvyortka, cho`tka va mashinaga
xizmat ko`rsatadigan boshqa vositalar va, albatta, turli xil lapkalar. Ko`pincha
to`plamda to`g`ridan-to`g`ri tikuv uchun lapkani, dekorativ tikuv uchun lapkani,
tugma tikish uchun lapkani, ko`rinmas etak va overlokli choklarni, bosma
tugmalarni va ilgaklari tikish uchun lapkalarni topish mumkin. Tikuv va maxsus
moslamalar uchun juda ko`p lapkalar mavjud bo`lib, ularning barchasini mashina
bilan to`liq to`plam ichida ta’minlash mumkin emas va bu shart ham emas. Ba’zida
103
kerak bo`lgan lapkani tikuv mashinalari sotiladigan har qanday katta do`konda
sotib olish mumkin. Mayda taxlamalar, burmalar, birikmalar tayyorlash, turli xil
egri choklar tikish, jingalak, qo`pol matolar uchun, ilmoqlar va tugmalar uchun,
yashirin chok va bir vaqtning o`zida bichish bilan tikish, tasmani hatto bir
nechtasini tikish, yoriqlar va yamoqlar tikish uchun maxsus lapkalar mavjud.
Husqvarna
va Pfaff kompaniyalari tomonidan sotiladigan tikuv mashinasiga yana
shu mashinada qo`llash uchun maxsus jihozlash katalogini ham qo`shib beradilar.
Boshqa ishlab chiqaruvchilarning mashinalari uchun aksessuarlarning katalogini
Internetdan topish mumkin.
Tikuvchilik bo`yicha maslahatlari. Ko`pgina zamonaviy kompyuter bilan
boshqariladigan mashinalarda "Tikuvchilik bo`yicha maslahatchi" deb nomlangan
tikish bo`yicha yordam tizimi va maslahatlar mavjud. Oddiy mashinalarda
mashinaning joriy sozlamalari - tanlangan chok, uning kengligi va baxya uzunligi,
ipning tarangligi va boshqalar maxsus displeyda ko`rsatiladi. Murakkabroq bo`lgan
mashinalarda ma’lum bir mato turiga qanday sozlamalar tavsiya etilishini va
muayyan tikuv jarayonini bajarish uchun qaysi lapkani va igna ishlatilishini aytib
berishlari mumkin. Ko`plab mashinalarda tikish jarayonining to`g`riligini kuzatib
boriladi, masalan, qo`sh igna bilan tikishda sizga ortiqcha chok kengligini
tanlashga ruxsat berilmaydi, ular lapkani ko`tarilgan holatida tikmaydi yoki naycha
ipning tugayotganida signal beradi. Eng murakkab mashinalar, ya’ni rasmlar va
hatto qisqa kliplar bilan, qanday qilib u yoki bu tikish jarayonini bajarish kerakligi,
masalan, yubka chetidagi taxlamni ko`rinmas chok bilan tikish kabilar haqida
batafsil ma’lumot berishi mumkin.
Ip o`tkazgich. Bunday foydali vosita igna ipini osonroq o`tkazish uchun
mo`ljallangan, ayniqsa, ipning rangini tez-tez o`zgartirish kerak bo`lganda yoki
tikuvchi ko`zi yaxshi ko`rmasa zarur bo`ladi. Bunday asbob yordamida igna
ko`ziga ip o`tkazish uchun ipni ip o`tkazgich ilmog`i orqali o`tkazib olishni o`zi
yetarli va kichkina tutqichni bosiladi (yoki bosib turiladi). Ip igna ko`ziga
o`tkaziladi va oxirida hosil bo`lgan ip uchini olishgina tortib oladi.
104
Ustki mato surgichi. Mato surgichi har qanday, hatto eng qadimiy tikuv
mashinasining ham ajralmas mexanizmi hisoblanadi.
Ignaning ikki sanchilishi orasida matoni oldinga surib, kerakli chok uzunligini
ta’minlaydi.
Oddiy
mato
surgich
bilan
jihozlangan
mashinalarda
ishlayotganingizda, ipak, shifon, yupqa sintetik matolar kabi nozik materiallarni
tikishda muammolar paydo bo`lishi mumkin - mato qatlamlari bir-biriga nisbatan
siljishi mumkin. Bunga qo`shimcha ravishda, masalan, katakli yoki yo`l yo`l
matolarni tikishda, kataklar yoki rasmlarni bir biriga mos tushirish mushkul.
Bunday muammoni hal qilish uchun ustki mato surgichi ishlatiladi. Odatda bu
bosma lapka bilan birga o`rnatiladi va matoni yuqoridan surilishiga yordam
beradigan qurilmadir. Bunday holda, har ikkala material ham sanoat tikuv
mashinalarida bo`lgani kabi bir vaqtning o`zida suriladi va natijada ular bir biriga
nisbatan siljimaydi. Pfaff o`z mashinalarini IDT (Integrated Dual Transporter) deb
ataladigan yuqori darajadagi mato surgich lapkasi va ustki surgich bilan
jihozlaydigan yagona kompaniya hisoblanadi. O`rnatilgan surgichlar har qanday
lapka bilan ishlashga imkon beradi, shu bilan birga universal lapka bilan
ishlaganda olib tashlanishi mumkin, chunki bu holda ishlash ko`pincha noqulay
105
bo`ladi. O`rnatilgan qo`shimcha surgich tufayli Pfaff mashinalari uy tikuvchilar
orasida ancha mashhurlikka ega bo`ldi.
Ishlab chiqaruvchi mamlakatlar. Texnologiyalar savdosidagi tikuv
mashinalarining xilma xil turlarini Pfaff (Germaniya), Husqvarna Viking
(Shvetsiya), Bernina (Shveytsariya), Brother (Yaponiya) va Janome (Yaponiya)
kabi kompaniyalar tomonidan taqdim etiladi. Ro`yxatda Evropadagi faqat uchta
mashina ishlab chiqaruvchi kompaniya o`rin olgan. Pfaff Chexiyadagi zavodda,
Shvetsiyada Husqvarna va Shveytsariyada Bernina mashinalar ishlab chiqaradi.
Biroq, Evropada faqat qimmat seriyali tikuv mashinalari ishlab chiqariladi. Mazkur
kompaniyalar Tayvanda oddiy va arzon mahsulotlarni ishlab chiqaradilar.
Tayvanda yig`ilgan arzon narxlardagi seriyali mashinalar odatda bir nechta
maxsus nomga ega. Husqvarna uchun bu Huskystar seriyasi, Pfaff uchun Pfaff
Hobby, Bernina uchun Bernettye nomlari bilan ishlab chiqaradilar. Janome va
Brother Yaponiyadagi komraniya faqat eng qimmat tikuv mashinalari va kashta
tikish mashinalarini yig`adi. Asosiy ishlab chiqarish Tayvanda joylashgan. Shunga
qaramay, eng arzon mashinalarni Xitoyda yig`iladi.
Nimani tanlash kerak? Tez-tez va ko`p vaqt tikadigan mutaxasis chevarlar
tavsiyalarga muhtoj emaslar albatta, ammo shunga qaramay, kichik uy atel`yesini
jihozlash uchun eski Pfaff - 2054 va 2046 modellarini tavsiya qilish ma’qulroq.
Albatta, "kichik uy atel`yesi" iborasini tunu kun yotoq choyshablari tikib
chiqadigan yashirin fabrika deb tushunmaslik kerak, va kafolat majburiyatlarida
aytilishicha, ushbu mashinalar faqat uy sharoitida ishlatilishi mumkin. Tikuv
mashinalarining bu modellari yuqori ishonchlilik va ajoyib funktsionallik bilan
ajralib turadi. Mashinalarning o`ziga xos xususiyatlari orasida o`rnatilgan yuqori
surgichi tufayli har qanday matolarda yuqori sifatli baxya hosil qilish imkoni
mavjudligini ta’kidlash kerak. Agar tikish deyarli barcha bo`sh vaqtingizni o`z
ichiga oladigan sevimli mashg`ulotingiz bo`lsa, unda, eng yaxshi havaskor
mashinalardan birini tavsiya qilishingiz mumkin – Husqvarna Platinum 770. Bu
mashina yuqori yevropacha sifatga ega, boy funksionalligi va juda ko`p sonli
aksessuarlari mavjudligi va o`rnatilgan qurilmalar yordamida eng murakkab
106
g`oyalarni osongina amalga oshirish imkonini beradi. Texnologiyalarga yapon
yondashuvi tarafdorlari - zamonaviy elektronika va arzon narxlarda ajoyib
funktsionallik - Brother kompaniyasining eski modellarini ishonch bilan tavsiya
qilishimiz mumkin: NX 600 va NX 400. Agar, “ko`zli” izmalarga va qiziqarli
dekorativ tikilishlarni yaratishga talab bo`lsa, ancha arzon, ammo kompyuter bilan
boshqariladigan mashinalarga e’tibor qaratish kerak. Janome 6260 Quilter ning
hamkori va Brother NX 200. Elektromexanik mashinalar segmentida narxlar
ulardagi funktsiyalarning holatiga bog`liq. Shuningdek, Evropa mashinalari yuqori
sifatli yig`ilgani va ishonchlilik bilan ajralib turadi, shuningdek, yapon mashinalari
arzonroq narxlarda ko`proq funktsiyalarga egaligi bilan farqlanadi. Agar
zamonaviy tuzilishdagi, ikki aylanishlik gorizontal yoki vertikal mokilardan
foydalanilsa bu turdagi mokilarga ega bo`lgan mexanik mashinalardan Husqvarna
Prelude 340 yoki Prelude 360-ni ishonchli tarzda tavsiya qilish mumkin, Pfaff
orasida ustki surgich bilan jixozlangan - Pfaff Classic Style 1525- modelga,
shuningdek biroz murakkabroq Pfaff 1536 modeli alohida e’tibor berish kerak.
Janome juda yaxshi nisbatan yangi 6019 va 6125, shuningdek vaqt sinovidan juda
muvaffaqiyatli o`tgan Janome 18w va Janome 23xe modellariga ega. Brother-dan
Star seriyasidagi eng yosh modelni Star 50-ni - tavsiya qilish mumkin - bu
takomillashtirilgan har qanday elektronikadan mutlaqo xoli bo`lgan eski
modellardan biri hisoblanadi. Bu mashina gorizontal moki bilan jihozlangan va
juda ko`p turli choklarga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |