87
Hozirgi paytda firma va zavodlarda ishlab chiqarilayotgan tikuv mashinalari
raqamlar va sharflar bilan belgilanadi.
Bu raqam va sharflar orqali mashinalarning texnikaviy va texnologik
parametrlarini aniqlash mumkin.
Rossiyadagi Podolsk tikuvchilik mashinasozlik korxonasi maishiy tikuv
mashinalari sinfi bir raqamli, sanoat tikuv mashinalari esa ikki raqamli tartibda
belgilangan (masalan, 2, 22, 26, 51 va xokazo).
Agar shu mashinalar asosida boshqa variantlari yaratilgan bo’lsa, ularni 22-A, 22-
B, 26-A, 51-A rusumli tikuv mashinalari, deb sharflar ko’shib belgilanar edi.
Keyinchalik yangi yaratilgan yoki takomillashtirilgan mashinalar variantlariga esa
2 raqamidan boshlangan tartib nomeri va 8 raqamini ko’shib belgilashga qaror
qilingan. Masalan: 1276-1, 1276-2 yoki 823, 1823, 2823, 3823 va xokazo. Ayrim
hollarda moki baxyaqator hosil qilib tikuvchi ikki ignali tikuv mashinalari
belgilanishida ignalar orasidagi masofani bildiruvchi raqam ko’paytirish belgisi
orqali kiritilgan. Masalan, 852x38, 852-1x10. Orsha (Belorussiya) yengil sanoati
mashinasozlik korxonasi ham o`z tikuv mashinalariga shu yo`sinda quyidagicha
belgilar qo’ygan:
moki baxyali to’g’ri baxyaqator yuritadigan 97-A rusumli tikuv mashinasi;
ostki gazlamadan solqi hosil qiladigan 297 rusumli tikuv mashinasi; gazlama
chetini qirqishga mo’ljallangan 397-M
rusumli tikuv mashinasi;
materialni differentsial suruvchi 697 rusumli tikuv mashinasi va xokazo.
Rostov-Don yengil mashinasozlik zavodi o’zining tikish va yo’rmashga
mo’ljallangan mashinalarini vazifasiga ko`ra raqam va sharflar bilan belgilaydi
(masalan, 408-AEM, 508-M va xokazo).
"Pfaff" (Germaniya) firmasi tikuv mashinalari 22 ta raqamli belgilanishga
ega. Masalan, 142-732/09-263/02-900/05 BS x 10 tikuv mashinasi belgilanishi
quyidagicha tahlil qilinadi:
1 – ikki ipli moki baxya
hosil qilib tikuvchi,
4 – tekis platformali,
88
2 – tebranma harakatlanuvchi ignali, gazlamani ostki reyka orqali suruvchi ikki
ignali,
732/09 – gazlama
chetini qirquvchi qurilmali,
263/02 – cho`ntak tikuvchi qurilmali,
900/05 – ipni qirquvchi pichoqli,
B – qalinlikdagi,
S – turdagi gazlamani tikuvchi mashina hisoblanadi. Ignalar orasidagi masofa 10
mm ga teng.
«Juki» firmasi (Yaponiya) tikuv mashinalari oldin sharflar, keyin raqamlar bilan
belgilangan. Masalan, DLN-5410H-6-W/EC-321/AK-34 moki baxyali tikuv
mashinasi belgilari firmaning maxsus kataloglaridan qouyidagicha aniqlanadi:
DLN-5410 – tikuv mashinasi modeli,
N – og`ir materiallarni tikishga mo’ljallangan,
6-ipni avtomatik qirqish mexanizmli,
W – ustki ip chetlatgichi bor,
ES-321 – elektron boshqaruvchi sistemali,
AK-34 – tepkini avtomatik ko`taruvchi qo’shimcha mexanizmli mashina.
"Tekstima" (Germaniya) mashinasozlik birlashmasida ishlab chiqariladigan
tikuv mashinalari ikki guruh raqamlar bilan belgilanadi. Masalan, 8332/3355
rusumli tikuv mashinasida 8332 sinfiy belgisi hisoblansa, 3355 texnikaviy va
texnologik ma`lumotlarini bildiradi, ya`ni 3–moki baxyali, ipni naychaga o`rash
mexanizmli, 3–gazlamani ostki surish va gazlamaning chetini qirquvchi pichoq
mexanizmli, 5–ipni qirquvchi, igna holatini ta`minlovchi, tepkini ko`tarish va
tushirish mexanizmli, 5–qalinligi 5 mmgacha bo’lgan gazlamani tikuvchi mashina
ekanligini anglatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: